Ii-Ii harfi. Bu harf kirill alifbosida “i” shaklida berilgan. Katta “I” harfi, kichik “i” harfi
pastki tugallanish qismidan tutashtiriladi: I I i i
1. ish, inflyasiya, import, ishlab chiqarish, investor, jarima, lizing, bilan, ikki, ixtisos,
piramida, qimmat, chegirma, mijoz, ehtiyoj, depozit, ming kabi so‘zlarda old qator tor unlini
ifodalash uchun yoziladi;
2. bo‘lim, o‘rin, o‘timli, o‘ttiz kabi oldingi bog‘ininda o‘ unlisi keladigan so‘zlarning
keyingi bog‘ininda i aytiladi va yoziladi.
Uu-Uu harfi. Bu harflarning katta va kichik harflarining har ikkalasi ham pastki tutash
qismidan tutashtiriladi: U U u u
1) uy-joy, ulgurji, ustav, unumdorlik, Buxoro, sug‘urta, butun, pul, ssuda, usul, aluminiy,
yutuq, yubiley, yevrovaluta kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) tovush, sovurmoq, yovuz, qirg‘ovul kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘ininda o unlisi kelsa,
keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |