yunaltirilgan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko’paytirishni rag’batlantirish
yo’naltirilgan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko’paytirishni rag’batlantirish
Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari tijorat banklari depozitlarining
muddatiga bog’lik ravishda quyidagi tartibda tabaqalashtirildi: bir yildan 3
stavkasining 80 foizi (12%), 3 yildan ortiq muddatga jalb qilingan depozitlar
bo’yicha amaldagi majburiy zaxira stavkasining 70 foizi (10,5%) darajasidagi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 iyuldagi PK-1166-sonli “Tijorat banklarining investitsiya
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori. O’zbekiston Respublikasi konun xujjatlari to’plami. - Toshkent,
45
Monetizatsiya koeffitsientining darajasi o’sish tendentsiyasiga ega. Bu esa,
makroiqtisodiy o’sishni ta’minlash, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi
debitor-kreditor qarzdorlikni qisqartirish nuqtai-nazaridan ijobiy holat
hisoblanadi. Lekin, monetizatsiya koeffitsientining amaldagi darajasi uning
xalqaro amaliyotda qabul qilingan me’yoriy darajasidan sezilarli darajada past.
Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, monetizatsiya
koeffitsientining amaldagi darajasi kamida 30% bo’lishi kerak.
Markaziy bankning so’mdagi depozitlar bo’yicha majburiy zaxira
stavkasining yuqori darajada bo’lsada, tijorat banklarining so’mdagi
depozitlarini o’sish sur’atlarini barqaror darajada qolganligi kuzatildi. Bu esa,
aholining banklardagi omonatlarining o’sish sur’atini yuqori ekanligi bilan
izohlanadi. 2013 yilda aholining tijorat banklaridagi omonatlari miqdorining
2012 yilga nisbatan o’sish sur’ati 30,2 foizni tashkil qildi.
Jumladan, 2012 yil davomida banklararo pul bozoridagi operatsiyalar
bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik hisobda 10,9 foizni tashkil etgan
bo’lsa, 2013 yilda ushbu ko’rsatkich 9,9 foizga teng bo’ldi.
Mamlakat yalpi ichki mahsulotining va unga mos ravishda aholi
daromadlarining yildan-yilga yuqori sur’atlar bilan o’sishi, bank tizimiga
bo’lgan ishonchning ortib borishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion
kutilmalarning pasayib borishi kabi omillar ta’sirida 2013 yilda bank depozitlari
bo’yicha foiz stavkalarining pasayishi kuzatildi.
2006-2013 yillarda inflyatsiya darajasining jilovlanishi tijorat banklarining
depozit va kredit foiz stavkalariga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Xususan, tijorat
banklari tomonidan kredit va depozitlar bo’yicha o’rnatilayotgan foiz stavkalari,
banklararo pul bozoridagi foiz stavkalari hamda davlat qimmatli So’nggi
yillarda inflyatsiya darajasining jilovlanishi tijorat banklarining depozit va kredit
foiz stavkalariga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Xususan, tijorat banklari tomonidan
kredit va depozitlar bo’yicha o’rnatilayotgan foiz stavkalari, banklararo pul
bozoridagi foiz stavkalari hamda davlat qimmatli qog’ozlarining daromadlilik
darajasi pasayib bormoqda.