O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
KREDIT-IQTISOD FAKULTETI
“BANK ISHI” KAFEDRASI
“BANK MENEJMENTI VA MARKETINGI” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: BI-52-2 guruh talabasi Qulmatova Manzura
Tekshirdi:
TOSHKENT-2021
Variant – 15
Banklararo raqobat muhitini shakllantiruvchi omillar.
Bank mahsulotlari va ularning turlari.
Javoblar
1. Tijorat banklari raqobatbardoshligini marketing konsepsiyasiga tayangan holda oshirish nuqtai nazaridan bank raqobatini uning xizmatlari bozorida oshirish mumkin. Raqobat kurashi tizimsizdek tuyulsa-da, bozor qatnashchilarining manfaatlarini himoya qilish borasida ma’lum bir strategiyaga asoslanadi.
Raqobat to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun avvalo «raqobat» tushunchasi haqida to‘xtalib o‘tish lozim. Eslatib o‘tish joizki, uzoq vaqt davomida «raqobat» tushunchasi bitta maqsadni – maksimal foyda olishdan manfaatdor bo‘lgan ikki va undan ortiq shaxs (raqobatchi)larning mustaqil raqiblik kurashini anglatib kelgan.
Raqobat qator muhim funksiyalarni bajaradi. Ular orasida eng asosiylari – tovar va xizmatlarning jamiyatda bozor qiymatini aniqlash va belgilash, muayyan mehnatni jamiyat uchun zarur mehnatga aylantirish hisoblanadi. Raqobat tufayli individual qiymatlarni tenglashtiri sh va mos ravishda, tashkilotni boshqarishdagi, mehnat unumdorligidagi farqlar asosida foyda hajmini differensiatsiyalash ro‘y beradi.
Raqobat tarmoqlararo nuqtai nazardan o‘rtacha foyda me’ѐrini shakllantiradi, jamiyatga kerakli tarmoqlar foydasiga kapitalning oqib o‘tishiga olib keladi. Raqobat shubhasiz, qachon, qanday va qancha tovar hamda xizmatlar taklif etish va ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatgan holda bozor foydasiga ishlaydi.
«Raqobat» tushunchasi klassik va neoklassik iqtisodiy nazariyada eng muhim va hozirgi sharoitda keng foydalanilaѐtgan tushuncha bo‘lib, ko‘plab iqtisodchilarning jiddiy hamda muttasil e’tiborini jalb etmoqda va ular tomonidan turlicha talqin etilmoqda.
Raqobat muammolariga bag‘ishlangan adabiѐtlarda uni ta’riflashga uch xil ѐndashuv mavjud. Birinchi ѐndashuv raqobatni bozordagi musobaqa
sifatida tavsiflaydi. Klassik iqtisodiy nazariya uchun xos bo‘lgan ikkinchi ѐndashuv raqobatni talab va taklifni muvozanatga keltiradigan bozor mexanizmining elementi sifatida ko‘rib chiqadi. Uchinchi ѐndashuv bozorni tushunishning zamonaviy nazariyasiga asoslanadi va raqobatga tarmoq bozori turlarini belgilab beradigan toifa sifatida qaraydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistikfaoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, «raqobat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari har bir sub’ekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydi».
Ushbu qonunda raqobat faqat tovar bozorlariga tegishliligi belginayapti. E’tirof etish kerakki, mamlakatimiz qonunchiligida bank xizmatlari bozorlaridagi raqobat e’tiborga olinmagan.
Bank xizmatlari bozorida tijorat banklari o‘rtasida raqiblik qilish jaraѐni sifatida belgilanadi.
Raqobat predmetini torroq ma’noda tushunish xuddi shunday xizmatlar ѐki ularning o‘rnini bosadigan xizmatlar ko‘rsatuvchi raqobatchilarni aniqlashga, kengroq ma’noda tushunish esa raqobatchilar to‘plamining ham kengroq bo‘lishiga olib keladi – bunda, ushbu xizmatga ehtiѐjni u ѐki bu darajada qondirishi ѐki uni «boshqa» ehtiѐjga «o‘tkazishi», iste’molchining haѐt faoliyatidan umuman chiqarib tashlashi mumkin bo‘lgan hamma ishtirok etadi.
Bank xizmatlari bozorida raqobat ob’ekti bank xizmatlari iste’molchisi – mijoz hisoblanadi va bu holatda u tanlash imkoniga ega bo‘ladi.
Bank raqobatining mohiyati bozorda bank xizmatlarining eng muhim xususiyati – uning raqobatbardoshligi bilan eng aniq ifodalanadi. Tijorat banklarining raqobatbardoshligi banklararo raqobatning kuchayishi sharoitida bank boshqaruvining dolzarb maqsadiga aylanmoqda.
Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat. Bunda banklararo raqobatda ishtirok etuvchi sub’ektlar nuqtai-nazaridan sotuvchi va xaridorlar raqobati yuzaga keladi.
Sotuvchilar raqobati – ma’lum xizmat turlarini belgilangan bahoda va miqdorda taklif etib yuqori foyda olishga qaratilagan turli bank xizmatlari va operatsiyalarini amalga oshiruvchi sub’ektlar o‘rtasidagi raqobat tushuniladi.
Xaridorlar raqobati –ma’lum xizmatlar bahosini va unga bo‘lgan talabni shakllanishiga ta’sir qiluvchi va natijada zarur xizmatlarni arzon va foydali sharoitda xarid qilish uchun xaridorlar o‘rtasidagi bo‘ladigan raqobatga aytiladi.
Xalqaro amaliyotda banklararo bozordagi raqobat muhitini baholashda bozor konsentratsiyai koeffisientidan foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkichning normativ darajasi 35 % ni tashkil qiladi va uni quyidagi formula orqali aniqlaymiz. BKK
|
=
|
Mamlakatdagi 3 ta yirik tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari
|
*100%
|
Ushbu xizmat turining barcha tijorat banklarida ulushi
|
Ushbu ko‘rsatkichning 35 % gacha bo‘lishi bozordagi banklararo raqobat muhiti normal va erkin bo‘ladi. Agar ushbu ko‘rsatkichning 70 % dan yuqori bo‘lishi bank xizmatlari bozorida raqobat muhitining salbiyligi va monopol xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Banklararo raqobatni quyidagi shakllarga ajratib o‘rganishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1. Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat;
2. Individual va guruhlar o‘rtasidagi raqobat;
3. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat;
4. Baholi va nobaho raqobat;
5. Takomillashgan va takomillashmagan raqobat.
Individual raqobatda bir nechta banklar va boshqa sub’ektlar ishtirok etib ular o‘rtasida raqobat shakllanadi. Guruhlar o‘rtasidagi raqobatda banklar uyushmalari, sindikatlari va boshqa birlashmalar ko‘rinishida o‘zaro raqobatningyuzaga kelishi hisoblanadi.
Raqobatda ishtirok etuvchilarning qaysi tarmoqqa egaligi bo‘yicha tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘lib o‘rganamiz. Tarmoq ichidagi raqobatda bir tarmoqqa tegishli sub’ektlar raqobatga kirishadi va bir xil xizmat va operatsiyalarini taklif etish orqali o‘zaro raqobatlashadi. Masalan, omonat qo‘yish sohasida banklar tomonida bir xil stavkada omonatlarni jalb qilish taklif etilgan bo‘lsa, u holda mijozlar ishonchli va barqaror banklar xizmatidan foydalanadi.
Bank raqobatbardoshligining asosiy ko‘rsatkichlari ѐki tarkibiy qismlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Bankning moliyaviy holati: ishonchlilik, rentabellik, likvidlilik va boshqalar.
2. Bankning strategik salohiyati – bankning barcha turdagi resurslari:
moliyaviy, makonga oid, texnik-texnologik, kadrlar, tashkiliy-boshqaruv, axborot resurslaridan foydalanish samaradorligi va yetarliligi.
3. Bank xarajatlari va narxlar darajasi.
4. Mahsulot assortimenti va sifati.
5. Sotuv tarmog‘i.
6. Bank imidji.
7.Bankning korporativ madaniyati (ichki va tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlar).
8. Bank faoliyati muddati (bankning haѐtiylik davri bosqichi).
Bankning raqobatbardoshligi o‘sishi uchun tashqi sharoitlardan foydalanish imkoniyatini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar qatoriga, fikrimizcha, quyidagilarni kiritish mumkin:
- bankning bozordagi ulushi;
- tizimning o‘sish sur’atlari;
- tashqi muhit qulayligi.
Bankning raqobatbardoshligi o‘sishining ichki salohiyatini aks
ettiradigan ko‘rsatkichlar, bizningcha, quyidagilardir:
- mijozlar kapitali (mijozlar bazasi va mijozlar bilan
munosabatlarning sifati, bankning kommunikatsiya imkoniyatlari);
- texnologik kapital (ichki biznes-jaraѐnlar sifati, ichki-bank
texnologiyalari va menejmenti);
-inson (kadrlar) kapitali (personal sifati);
- raqobatbardosh mahsulot.
Taklif etilaѐtgan ko‘rsatkichlar bankning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi belgilangan omillarga mos keladi. Keltirilgan omillar quyi guruhlari bank faoliyati joriy samaradorligini baholashda asosiy omillar hisoblanadi. Ularning barchasi bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Shunday qilib, har bir ko‘rsatkich uning normativ ѐki optimal qiymati tushuniladigan amaldagi va bazaviy qiymatiga ega bo‘ladi.
Biz tanlab olgan ko‘rsatkichlarni baholashdan kelib chiqib, bank raqobatbardoshligini aniqlash algoritmi quyidagicha taklif etiladi:
Dastlabki bosqichda raqobatbardoshligini oshirish uchun bankning tashqi imkoniyatlari aniqlanadi. Bunda barcha tashqi omillar to‘plamidan faqat bank tarmog‘i va bank faoliyati ko‘rsatkichlari orqali ifodalanishi mumkin bo‘lgan, baholanadigan va istiqbollari baholanishi mumkin bo‘lgan omillargina tanlab olinadi. Ushbu ko‘rsatkichlarning bank raqobatbardosh-ligiga ta’sir ko‘rsatish darajasini aniqlash uchun ekspert baholari usulidan foydalaniladi.
Bank faoliyatining tashqi muhit qulayligi makroomillar va tizim omillarining ta’siri reytingli baholash yo‘li bilan aniqlanadi.
Tizimning o‘sish sur’atlari bank sektori aktivlari va kapital darajasi bo‘yicha trend tahlili yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Batafsilroq baholash holatida bank bozorining har bir quyi tarmog‘i alohida ko‘rib chiqiladi va undagi o‘sish sur’ati aniqlanadi. Agar bank faqat bank bozorining ayrim sektorlaridagina faol ishlashni rejalashtirsa, ulardagi o‘sish sur’atlari aniqlanadi, so‘ngra ustuvor tarmoqlarning o‘rtacha o‘lchangan o‘sish sur’ati hisoblab chiqiladi, vazn sifatida esa bank bozori u ѐki bu segmentining ustuvorligi reytingi namoѐn bo‘ladi.
Raqobat samaradorligini tahlil qilish maqsadida bankning bozor ulushini bozorlar markazlashuv darajasini hisobga olgan holda, bank mahsulotlari barcha bozorlari bo‘yicha birgalikda mutlaq va nisbiy ifodada hisoblab chiqish lozim.
2. Bank marketingi o‘ziga xos yondashuvga ega va iste’molchilarga ta’sir o‘tkazishga oid bo‘lgan keng doiradagi ishlarni o‘z ichiga oladi. Banklararo raqobatda marketing xizmatini o‘rni beqiyosdir. Bank mahsulotining hayot davrini uzaytirishda marketing strategiyasini ishlab chiqish zarur.
Tijorat banklarining mahsulotiini hayotiylik davrini uzaytirishda bozor mexanizmining asosiy elementlari bo‘lgan, tovarlar taklifi, xaridorlar talabi narx-navo, ya’ni bahoni, bir-biri bilan mahkam bog‘langan xolda, marketing tadqiqiotlarini o‘tkazish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |