Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi
.
Bitiruv malakaviy ishining
ishi tarkibi kirish, uch bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar
ro‟yxatidan iborat.
I bob. Kredit bahosi va uning nazariy-huquqiy asoslari
1.1.
Kredit bahosimexanizmining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Kredit (lotincha "creditum" – ishonish - verit, doveryatsyadegan ma‟noni
anglatadi) deganda o‟z egalari qo‟lida vaqtincha bo‟sh turgan ayrim qiymat yoki
pul mablag‟larining boshqalar tomonidan ma‟lum muddatga xaq to‟lash sharti
bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar
tushuniladi.
Ko‟pchilik fikricha sudxo‟rlik bu kreditni ilk ko‟rinishi deb hisoblaydi.
Sudxo‟rlik qaysidir jihatdan kreditga o‟xshab ketishi mumkindir lekin kredit
sudxo‟rlik bilan qarzga berish, foiz olish funksiyalari jihatdan o‟xshash bo‟lishi
mumkin xolos. Kreditni vujudga kelishiga sudxo‟rlikni cheklash, oldini olish
maqsadida ko‟rilgan choralardan biri deb qaraladi. Buyuk olimlardan biri Frensis
Bekon ” sudxo‟rlikni yo‟q qilmasdan, uni cheklash zarur” degan fikri kredit
ishining rivojlanishi, kapitalistik banklarning paydo bo‟lishi sudxo‟rlikka qarshi
yo‟naltirilganligini tasdiqlaydi.
Kredit qadimdan ma‟lum bo‟lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida
paydo bo‟lgan bo‟lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog‟lik. Bunga
sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo‟lmaydi, u tovar
sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda
tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin). Shu va boshqa holatlar
tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar
muomalasining ajralmas qismi bo‟lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan
bog‟lik. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo
bo‟ldi.
8
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiyotning real sektorini kreditlash
tijorat banklarining muhim daromad manbai hisoblanadi. Tijorat banklari
faoliyatining natijalari va banklar tamonidan iqtisodiyotning real sektoriga
yo`naltiriladigan kreditlarning hajmi ularga belgilangan baho darajasiga bog`liq.
Tijorat banklarida kredit bahosining shakllanishini nazariy jihatdan tadqiq
qilish va uning xususiyatlarini o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Kredit
bahosi to`g`risida fikr yuritishdan avval unga oid ilmiy yondashuvlarni tadqiq
qilish muhim hisoblanadi.
Biz bilamizki, qadimdan zadogonlar tamonidan berilgan resurslar uchun
ularga yirik foiz ko‟rinishida mablag`lar berilgan. Foiz nazariyasi
iqtosodiyotda pulning vujudga kelishi bilan shakllana boshlagan va avvalo
foizni iqtisodiy tushuncha sifatida o`rganila boshlagan. Bir qancha asrlar
davomida katolik cherkovi Aristotelning obro`yi ta`sirida foizning gunohkor
tabiati haqidagi fikrlarni olg`a surdi. Natijada qonun bilan tasdiqlangan foiz
shartnomalari Angliyada 1571-yilda, Fransiyada esa 1789-yildagina bekor
qilindi. Quronda ham foiz juda qattiq muxokama qilinadi va ribo deb ataladi.
Foiz bu – iqtisodiy aktivlardan vaqtinchalik foydalanilganlik uchun to`lov
sifatida e`tirof etiladi. Kreditor qarz oluvchiga kredit beradi, qarz oluvchi
ssudadan foydalanadi va o`sgan qiymatni oladi hamda shu foydadan
kreditorga kredit uchun to`lov sifatida to`laydi.
Kreditor va qarz oluvchi o`rtasida amalga oshirilgan shartnoma kredit
bozoridagi foiz stavkasining darajasiga asosan belgilanadi. Kreditor uchun foiz
bu vaqtinchalik iste`molni chegaralagani uchun rag`batlahtirish hisoblanadi.
O`z navbatida kredit taklifi milliy daromad hajmi, likvidlilik va risklarga
bog`liq hisoblanadi.
Kredit bahosi xususidagi fikrlar dastlab Qadimgi Yunonistonda paydo
bo`lgan. Platonning fikricha, “ … kreditning faqat ishonch asosida va foizsiz
9
berilishi maqsadga muofiq”. Aristotel ham shunday fikrlarni bildirib, “ … pul
pulni yaratmaydi va foiz daromad keltirmaydi” deb yozadi. Uning fikri ham
pulni foizga emas, balki vaqtinchalik foydalanish uchun berishni yoqlaydi.
Aniq bilamizki, o`sha davrga mos bunday yondfashuvlar sudxo`rlik
rivojlangan davrda jamiyat rivojlanishida tabaqalashni cheklash uchun xizmat
qilgan. Biroq jamiyat rivojlanishi va taraqqiyotini ta`minlovchi manba bo`lgan
kredit va uning bahosini to`g`ri talqin qilish kerak.
10
Iqtisodiy lug`atda kredit bahosi kreditdan foydalanganlik uchun foiz
to`lovlari yig`indisi sifatida qayd etilgan. Aynan shu manbada kredit foiz
stavkasi kredotorning ssudadan foydalanganligi uchun qarzdordan olinadigan
to`lov ekanligi hamda foiz miqdori bank tamonidan o`rnatilishi ham
ko`rsatilgan
2
. Ammo kredit bahosining shakllanish jaroyoni va uning boshqa
tarkibiy qismlari xususida fikrlar bildirilmagan.
K.Marksning fikricha, “… foiz qarzga beriladigan kapitalning
o`sishidir”. U qarzga beriladigan kapitalning o`sishidan iborat bo`lgan foiz
qarzga beriladigan kapitalning qarz beruvxhi va qarz oluvchi o`rtasidagi
shartnoma bilan belgilanadigan bahosi shaklida namoyon bo‟lishini ta`kidlaydi.
Bundan tashqari, foiz miqdori xususida to`xtalib, “… foizning faqat yuqori
chegarasi bor, u ham bo`lsa – o`rtacha foydadir”, deb tushuntiradi
3
.
Aslida esa, kredit foiz stavkasining quyi va yuqori chegarasi bo`lib,
uning yuqori chegarasi kreditdan foydalanish natijasida olinadigan o`rtacha
foyda miqdoridir. Kredit foiz stavkasining quyi chegarasi bankning kreditdan
berishdan olishi mumkin bo`lgan minimal foydasi hisoblanadi. Chunki foiz
stavkasi quyi chegarasining bo`lmasligi mablag` egalarining mablag`larni
joylashtirishidan naf bo`lmasligini anglatadi.
Klassik nazariyada foiz stavkasi va uning me`yori haqida J.Keyns:
“Foiz me`yori bozorda kapitaldan foydalanganlik uchun to`lanadigan baho
sifatida aniqlanadi”
4
, degan fikrni bildirgan. Muallif tamonidan foiz
stavkasining makroiqtisodiy jihatdan shakllanish mexanzmi o`rnatilgan va
iqsodiyotdagi investitsion jaroyonlarga bevosita ta`sir etish qobiliyatiga ega
ekanligi asoslab berilgan.
2
Borisov A.B. Bolshoy ekonomicheskiy slovar. “Knishniy mir”. 2006. S. 860.
3
Rozenberk D.I. K.Marks “Kapital” iga sharhlar. Toshkent: “O`zbekiston”. 1989. 709 b.
4
Keyns J. Obshaya teoriya zanyotosti, prosenta I deneg. “Progress”, 1978. s. 34
11
J.Keyns “Likvidlilikni afzal ko`rish” quyidagilar bilan bog`liq ekanligi
ko`rsatib o`tadi:
- Ishlab chiqarish – joriy shartnomalar uchun naqd pul mablag`lariga
bo`lgan extiyoj.
- Extiyotkorlik motivi resurslarni yo`qotish riskining oldini oluvchi eng
ishonchli shaklda saqlash.
- Chayqovchilik motivi – pul kapitalidan kelajakda foydalanishdan kata
daromad olish rejalashtiriladi.
O`z kapitalini pul shaklida saqlovchi shaxs “likvililikni afzal ko`rish” dan
voz kechib, pullarni ssudaga berishi uchun “mukofot”, yani foiz olish kerak.
Keyns umumiy xulosa qilib, foiz me`yori likvidlilikdan voz kechish evaziga
mukofot bo`lish bilan birga, pul egalari o`zining likvidli mol-mulkidan voz
kechishni xohlamasligi darajasining o`lchovi sifatida qaraydi. Foiz me`yori
boylikni pul ko`rinishida saqlab turishni xohlab, mavjud pul hajmi darajasini
tenglashtirib turuvchi “baho” hisoblanadi.
Keyns fikrisha, investitsiyaga bo`lgan talab ikkita sababga ko`ra samarali
bo`lmagan:
- O‟sha “asosiy psixologik qonunning” amal qilish tufayli iste`molchining
sarflagan investitsiyaga foyda ololmay qolishidan qo`rqishi;
- Kredit uchun yuqori ssuda foizining amal qilishi.
Keyns yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun davlat va hukumatning
quyidagi faoliyat yo`nalishlarini taklif qiladi:
- Davlat uchun yuqori bo`lmagan iste`mol talabini davlat xarajatlarini va
iste`molni ko`paytirish orqali konpensatsiyalashi kerak;
- Hukumat ssuda foizini ilmiy asosda tartibga solish yo`li bilan xususiy
investitsiyani rag`batlantirish siyosatini yurgizishi kerak;
12
- Bozordagi vaziyatga qarab,ayrim hollarda, aholi jamg`armasining haddan
tashqari ko`payib ketishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida, oholidan olnadigan
soliqlarni ko`paytirish lozim; shu maqsadda vaqti-vaqti bilan ish haqi darajasini
muzlatib qo‟yish o‟rinli hisoblandi;
Rossiyalik iqtisodchi olim O.I. Lavrushinning tadqiqotlarida uchratish
mumkindan . U “Ssuda foizi ssudadan vaqtinchalik foydalanishdan olinadigan
o`ziga xos to`lov hisoblanadi”
5
, degan fikrni bildirib suda foizining tarkibiy
qismi sifatida bank foiziga urg`u bergan, uning farqli jihati sifatida kredit
munosabatlarida bank ishtirok etishni ta`kidlab, kredit bahosining makrodarajada
va mikrodarajadagi omillar ta`sirida shakllanishini taxlil etishga va ularni
guruhlashga o`z e`tiborini qaratgan.
Kredit bahosi va kredit foiz stavkalari xususida mamlakatimizda iqtisodchi
olimlari qarashlari muhim hisoblanadi. Jumladan kredit bahosi va uning
shakllanishi xususida SH.Z.Abdullayevaning qarashlari ilmiy asoslangan va aniq
yo`nalishga ega ekanligini ta`kidlash lozim. SH.Z.Abdullayeva kredit bahosini
belgilashda kredit mablag`larining bahosi va kredit amaliyotlari xizmatining
qiymati asosiy mezon bo`lib xizmat qilishini ta`kidlaydi
6
. Shuningdek, muallif
kredit narxi bozor iqtisodiyoti talablari asosida kredit mablag`lariga bo`lgan talab
va taklifga qarab shartnoma asosida belgilanishi, bank foiz stavkalarini
o`rnatishda ichki va tashqi bozorlarda yuzaga keladigan o`rtacha foiz
stavkalarining, mamlakatdagi inflatsiya darajasi, bank daromadliligiga qarab ish
tutishi lozimligini e`tirof etgan.
5
Bankovskoe delo: Uchebnik. Lavrushin O.I., Mamonova I.D., Velentseva N.I. – M.: “KNORUS”. 2008. 577 c.
6
Abdullayeva SH.Z. Bank risklari sharoitida tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiyash. Avtoref . – T.:
2000. 36 b.
13
B.T.Berdiyarov bu xususida quyidagi fikrlarni qayd etgan: “…. Berilgan
kreditlar uchun olingan foizlar kreditlar bo`yicha daromad hisoblanadi va foiz
stavkasi kreditning daromadliligini aniqlab beradi”
7
.
Bir
tamonlama
yondashganda
kredit
operatsiyalaridan
olinadigan
daromadning kredit summasi nisbati uning daromadliligini aniqlab beradi. Bundan
tashqari, kredit foiz stavkasi darajasiga ham to`xtalib, kreditlar bo`yicha foiz
stavkasi bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida shakllanib kreditdan foydalanilganlik
uchun to`lanadigan foiz darajasi iqtisodiy jihatdan belgilangan o`z chegaralariga
ega ekanligini ta`kidlaydi. Fikrimizcha, bu yerda kredit bahosi kredit
qo`yilmalarining daromadliligi nuqtai nazaridan talain qilingan.
X.A.To`xsanov o`z ilimiy izlanishlarida bank foiz siyosatining bir
yo`nalishi sifatida kredit bahosi va kredit siyosatiga oid fikrlarni bildirgan.
Xusasan, “bank foizi – bu bir tamondan o`z bahosiga ega jalb qilingan kapital
o`zlashtirilgani uchun to`lov, ikkinchi tomondan turli yo`nalishlarda (investitsiya,
kredit, lizing va boshqalar) kapitalni taqdim qilshdan yoki moliyaviy, ishlab
chiqarish
xarakteridagi
investitsiyalaridan
olinadigan
dariomad
hisoblanadi”
8
.Muallifning fikricha, bank foiz stavkasi moliyaviy resurslarni
oluvchi va sotuvchi o`rtasida aniq munosabatlarni o`rnatish vositasi bo`lib
xizmat qiladi. Shu bilan birga, bank foiz stavkalarini tasniflash, ularning
umumiy jihatlarini tadqiq qilib ma`lum bir tizimga keltirgan.
T.M.Qoraliyev fikricha, “… pul bozorida pulga bo`lgan talab va taklif
mujassamlanadi va uning zamirida baho, yani ssuda foizi aniqlanadi”
9
. Olimning
ta`kidlashicha ssuda foizining darajasi pul-kredit siyosati instrumentlari ta`siri
ostida shakllanadi yani, foiz me`yoriga ta`sir ko`rsatish orqali muomiladagi pul
7
Berdiyarov B.T. Tijorat banklari aktivlarining daromadliligi. Toshkent . 2002. 17 b.
8
Tuxsanov X.A. Prosentnaya politika bankov I voprosi regulirovanie v usloviyax rinojniy ekonomika. Tanskent. 2005. 20 b.
9
Qoraliyev T.M . va bosh. Pul – kredit orqali muofiqlashtirish. Toshkent. 2008. 187 b.
14
massasiga ta`sir ko`rsatadi. Albatta, makrodarajadagi kredit resurslari bahosi
shakllanishida ushbu omil o`z o`rniga ega bo`lishi mumkin, lekin, tijorat
banklarida kredit bahosi vujudga kelishida boshqa ichki omilar mavjudki, ularning
ta`sirini kreditlar bahosini shakllantirilishida hisobga olish muhim hisoblanadi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati orqali tijorat banklari kreditlarning
foiz satavkalariga ta`sir ko`rsatish masalasi T.I.Bobaqulov tomonidan tadqiq
qilinib, “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarini kreditlash
hajmini oshirish hisobidan bank kreditlari foiz stavkalarining darajasiga real ta`sir
etishi lozim”
10
, degan fikr bildirgan.
Olimning banklararo raqobat muhiti to`la shakllanmagan hozirgi sharoitda
faqat Markaziy bank ssuda kapitallari bozoridagi talab va taklif muvozanatida
bevosita ta`sir ko‟rsata olishi to`g`risidagi fikri muhin amaliy kasb etadi.
I.Y.Qulliyev esa kredit bahosiga quyidagi ta`rifni keltirib o`tadi : “… qarz
oluvchi tamonidan shartnoma shartlariga muofiq kreditorlarga mablag`lardan
vaqtinchalik foydalanganlik uchun to`lanadigan to`lovdir”
11
deb ta`rif berib
o`tadi.
Umumiy jihatdan, kredit bahosi tarkibiy jihatdan kredit shartnomasida
belgilangan kredit foiz stavkasi va bank tamonidan belgilangan qo`shimcha
to`lovlardan tashkil topadi.
Kredit bo`yicha to`lovlar:
Kredit buyurtmasini ko`rib chiqish va kreditni rasmiylashtirish uchun haq;
Kredit berganlik uchun vositachilik haqi;
Kredit hisobvarag`ini yuritish va uni boshqarish uchun to`lov;
Kredit bo`yicha o`tkaziladigan to`lovlar bo`yicha komission haq;
10
Bobaqulov T.I. O`zbekiston Respublikasida milliy valyuta kursining barqarorligini ta`minlash borasidagi
muammolar va ularni hal qilish yo`llari. i.f.d. ilm.dar.ol.uchun.yoz.diss.avtoref. Tashkent: BMA, 2008. 30 b.
11
I.Y.Qulliyev Tijorat banklarida kredit bahosining shakllanish amaliyoti va uni takomillashtirish. Monografiya.T., “Iqtisod-
Moliya”. 2013. 13 b.
15
Mijoz majburiyatlari bajarilmagan hollarda to`lanadigan penya va boshqa
shu kabi to`lovlarni o`z ichiga oladi.
Kredit bahosi va kredit foiz stavkasi o`rtasida kuzatishimiz mumkin bo`lgan
farqlarni tadqiq qilib ko`ramiz:
-
Bank krediti bo`yicha foiz stavkasi shartnomada belgilanadi va foiz
hisoblash usullariga muofiq hisoblanadi hamda shartnomada belgilangan davriylik
asosida mijozlar tamonidan to`lanadi;
-Kredit bahosi kredit bo`yicha foiz stavkasidan tashqari qo`shimcha
to`lovlarni ham o`z ichiga oladi. Mijoz to`laydiagan barcha to`lovlar (foiz va
komission to`lovlar) yig`indisi, yani bankning kredit xizmatini ko`rsatishdan
oladigan daromadlari umumlashgan holda kredit bahosida mujassamlashadi.
Tijorat banklari tamonidan mijozlarga kredit liniyasini ochish yo`li bilan
kredit berish mumkin. Mijoz shartnomada kelishilgan barcha mablag`larni
o`zlashtirsa, u holda kreditning umumiy miqdoridan kelib chiqib foiz to`lovlarini
to`laydi.
Agar
mijoz
olingan
kreditni
to`la
o`zlashtirmagan
holatida,
o`zlashtirilmay qolgan qismiga shartnomada belgilangan miqdorda komission haq
to`laydi. Chunki bank mijoz uchun o`z likvidligini ta`minlangan holda kreditni o`z
vaqtida ta`minlash majburiyatini oladi. Bunday sharoitda tijorat banklarida
likvidlilik riski yuzaga keladi. Likvidlilik riskini pasaytirish maqsadida bank
tamonidan
qo`shimcha
komission
haq
to`lanadi.
Shuningdek,
mijoz
majburiyatlarini o`z vaqtida bajarmagan taqdirda shartnomada belgilangan tartibda
penyalar ham to`lashi mumkin. Shu nuqtai nazardan bunday to`lovlarni kredit
bahosi tarkibiga kiritishni maqsadga muofiq deb o`ylaymiz
12
.
Do'stlaringiz bilan baham: |