Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi



Download 419,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana25.02.2022
Hajmi419,37 Kb.
#461835
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
Mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash amaliyotini tahlil qilish davomida
iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotganligi,
tijorat banklari asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining iqtisodiyotdagi ulushi ortib
borayotganligiga guvoh bo‘ldik va tijorat banklari kreditlarining keng miqyosda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yo‘naltirilayotganligi va buning
natijasida bu sohada yaratilayotgan tovar va xizmatlarning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi ortib borayotganligini ijobiy holat sifatida baholasak bo‘ladi.
Tijorat banklarimiz kredit portfeli sifat jihatdan ham me’yoriy talablarga javob
berib kelmoqda va muammoli kreditlar miqdori yuqori emasligi quvonarli
hol, albatta.
Tijorat banklarimiz kreditlash sahkllaridan foydalanishda asta sekin
jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribasini qo‘llashi va zamonaviy kreditlash
shakllaridan foydalanishni kengaytirishi va resurs bazasini oshirib borishi lozim.
Shu orqali tijorat banklari moliyaviy xizmatlarining jozibadorligi va
ommabopligini ta’minlash mumkin.
III bob. TIJORAT BANKLARI KREDITLASH AMALIYOTINI
TAKOMILLASHTIRISH
3.1. Tijorat banklari kreditlash amaliyotidagi mavjud muammolar
58


Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish barcha davrlarda
ham va hozirgi kunda ham dolzarb masalalardan biri sifatida qaraladi. Zero, tijorat
banklarining kreditlashdan maqsadi bankning biznes rejasiga muvofiq mavjud
resurslarni iqtisodiyotning real sektorini moliyalash va ularga tenglashtirilgan
jarayonlarga joylashtirish yo‘li bilan tegishli yil uchun daromadlarni ta'minlash,
xatarlarni diversifikatsiyalash va ularni kamaytirish vositalaridan foydalanish,
kredit portfeli sifatini oshirish, amaldagi qonunchilik, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki me'yorlariga rioya qilishdan iborat bo‘ladi. 
Albatta, sohani takomillashtirish zamirida avvalo undagi mavjud
muammolarni aniqlash va puhta o‘rganish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun
dastlab tijorat banklarimiz kreditlash amaliyotidagi bir qator kamchiliklar va
muammolarga nazar tashlasak, demak, hozirda quyidagi muammolar mavjud:
1. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarni kreditlash
amaliyotining takomillashma gani. 
Malakaviy amaliyot o‘tash davomida va olib borilgan ishlar asosida
jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyoti tahlil etildi. Shuningdek, mamlakatimiz
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga kredit xizmatlarini ko‘rsatish bilan
bog‘liq quyidagi muammolarni alohida ko‘rsatib o‘tish zarur:
- aholi ayrim toifasining to‘lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar
etarli darajada emasligi;
- olingan kreditlarning ko‘pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi;
-
.
tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash
bo‘yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi;
- banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi;
-
.
iste’mol krediti ob’ekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining
sun’iy ravishda oshirilishi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda aholining asosiy qismi bank kreditlarini
olib foydalanish uchun etarli daromadga ega emas. Respublikamizda aholi
daromadlari yildan-yilga oshirilib borilmoqda, ammo shunga qaramay aholi real
59


daromadlari darajasi bank kreditlaridan foydalanish darajasiga salbiy ta’sir
qiladi.Ushbu muammolar tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash
amaliyotiga salbiy ta’sirini yuzaga keltirmoqda. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iste’mol kreditiga mamlakat
iqtisodiyotidagi ham ijtimoiy ham iqtisodiy muhim vosita deb qarash mumkin.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan hisoblangan YaIMning yuqori sur’atda o‘sishi,
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar realizatsiyasi
hajmining ko‘payishi bilan ta’minlanadi. Iste’mol krediti iqtisodiyotda naqd pul
aylanishini qisqartirish hisobiga naqdsiz to‘lovlar salmog‘ini oshiradi. Ushbu
natijalar mamlakatda inflyatsiya darajasini jilovlash, ishsizlikni oldini olish va
yashirin iqtisodiyotning qisqarishini ta’minlaydi. Bundan tashqari bank kreditlari
tarkibida istemol krediti o‘ziga xos daromadli va risk darajasi bo‘yicha past riskli
aktiv hisoblanadi. Chunki iste’mol kreditida iste’mol omonatining
rasmiylashtirilishi kredit riski darajasini pasaytiradi.
2. Respublikamiz tijorat banklari iqtisodiyotning real sektori korxonalarini
kreditlash
 
amaliyotida kredit shakllaridan to‘laqonli foydalanilmayotganligi.
Tijorat banklari faoliyatida kreditlash shakllaridan optimal foydalanish muhim
hisoblanadi. Chunki, kreditlash shaklining to‘g‘ri tanlanishi kreditlash
samaradorligini oshiradi, mijoz va bankning kreditlardan ma’lum darajada naf
ko‘rishini ta’minlaydi. 
Xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan kreditlash shakllaridan
mamlakatimiz bank amaliyotida foydalanish maqsadga muvofiq. Xususan,
kreditlashning kontokorrent, overdraft, forfeyting va faktoring kabi shakllaridan
keng miqyosda foydalanilmayapti. Bu esa tijorat banklari kreditlaridan foydalanish
imkoniyatini pasaytirib, ularning iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirishda
muammolarni keltirib chiqaradi.
3. Respublikamiz tijorat banlarik amaliyotida mijozlar faoliyatiga taalluqli
ma’lumotlar bazasining to‘la shakllanmaganligi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari amaliyotida mijozlarni kreditga
60


layoqatligini baholash va ularni kreditlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan omillar bo‘yicha informatsion baza shakllantirilmagan. Bu esa,
banklarning kreditlash amaliyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, kreditlash
samaradorligini pasaytiradi va bank kreditlarining muammoli aktivlarga
aylanishiga olib keladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qarz oluvchilarning
kredit tarixi to‘g‘risidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004 yil 23 apreldagi 197-sonli Qaroriga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Kredit axborotlari milliy instituti
tashkil qilindi. Bunga asosan banklarni kreditlash amaliyotida kredit tarixini
hisobga olish va kredit riskini belgilash zarur. 
4. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‘rsatkichlarini baholash
tizimining takomillashmaganligi.
Respublikamiz tijorat banklarining kreditlash amaliyotida mijozlarning
kreditga layoqatliligini baholashda kamchiliklarning mavjudligi kreditlashning
samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Mijozlar toifalari bo‘yicha, ya’ni jismoniy va
yuridik mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash bilan bog‘liq quyidagi
kamchiliklar mavjud: 
Tijorat banklarida yuridik mijozlarning kreditga layoqatligini baholashda 3
ta asosiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bunda korxonaning faoliyat turi,
ixtisoslashuvi va uning oboroti hisobga olinmaydi, ya’ni fermer xo‘jaligi, savdo
korxonasi, to‘qimachilik va oziq-ovqat korxonasi yoki og‘ir sanoat
korxonalarining kreditga layoqatligi bir xil usul asosida baholanadi. Fikrimizcha,
bunday yondashuv mijozlarning kredit to‘loviga layoqatligini etarli darajada
baholash imkonini bermaydi. Shu bilan birga, yuridik mijozlarning kreditga
layoqatliligini pul oqimi tahlili asosida baholashning tartibi mavjud emasligi,
tijorat banklarida 
kredit ta’minlanganligining ikkilamchi manbalariga suyanib qolishiga sabab
bo‘lmoqda, bundan tashqari kreditlash amaliyotiga tijorat banklari xodimlarining
61


kredit oluvchi xo‘jalik sub'yektlari moliyaviy hisobotini to‘g‘ri va haqqoniy tahlil
etish uchun malaka va tajribasining yetishmasligi ham ta'sir ko‘rsatadi. Bu
shubhasiz, muammoli kreditlarni va kredit mablag‘larini o‘z vaqtida unmaslik
holatini vujudga keltiruvchi bosh omillardan biridir. Chunki xo‘jalik sub'yektlari
bilan amaliy ishlash tajribasiga ega bo‘lmagan bank xodimi tomonidan
tayyorlangan kredit yig‘ma jildi doimo qo‘shimcha nazoratni talab etadi. Lekin
banklarda xizmat turlarining ko‘pligi va eng asosiysi, xo‘jalik sub'yektlari bilan
ishlashda amaliy tajribasi bo‘lmagan xodimlarga murabbiylik qiluvchi ustoz
xodimlarning yetishmasligi natijasida malaka va tajribasiz xodimlar xulosasi
asosida moliyaviy ahvoli nochor bo‘lgan korxonalarga kredit berish holatlari
yuzaga kelmoqda. Chunki, xo‘jalik sub'yektlari bilan ishlashda malaka va tajribasi
bo‘lmaganxodimlar kredit oluvchining hisobotlarini tahlil etishda ko‘proq
kompyuterga joylashtirilgan dasturlardan foydalanadilar. Bu esa, ularning o‘z
malakalarini oshirishdan manfaatdorligiga putur yetkazadi
Mijozlar tomonidan ko‘pincha o‘zlarining kredit to‘loviga layoqatlilik
darajasini yuqori qilib ko‘rsatish maqsadida hisobotlardagi ko‘rsatkichlarni asossiz
o‘zgartirib taqdim etish hollari ham uchramoqda. Kompyuter bank xodimlari ishini
ancha yengillashtirdi. Lekin kompyuter inson mehnatining mahsuli ekanligini
unutmasligimiz kerak. Chunki kompyuterdagi dasturlardan ongli ravishda
foydalanilgan taqdirdagina ish unumli bo‘ladi. Bank xodimlari korxonaning balans
hisobotlari to‘g‘ri tuzilganligini aniqlaganlaridan so‘nggina kompyuter dasturidan
foydalanishlari zarur. Lekin bank xodimlari balans hisobotlaridagi
ko‘rsatkichlarning haqqoniyligini, aktiv va passiv qismdagi qiymatlarning o‘zaro
bog‘lanish asoslarini tekshirmay turib, kompyuter dasturlari orqali korxonaning
to‘lov qobiliyatini, kredit to‘loviga layoqatliligini aniqlaydilar. Natijada, korxona
tomonidan ko‘rsatkichlari haqqoniy bo‘lmagan hisobotlarning taqdim etilishi
mijozlarni kredit to‘loviga layoqatlilikning asossiz ravishda birinchi yoki ikkinchi
sinf toifasiga kiritilishiga olib kelmoqda. Bank xodimi esa, kompyuter dasturida
aniqlangan natijalar asosida kredit qo‘mitasiga ijobiy xulosa beradi.
62


Kredit qo‘mitasi ham bank kredit nozirining mazkur xulosasiga tayangan holda
kredit berish yuzasidan ijobiy qaror qabul qiladi. Natijada, bank krediti aslida
moliyaviy ahvoli qoniqarsiz yoki nochor bo‘lgan xo‘jalik sub'yektiga «ishonch»
asosida yoki nolikvid ta'minot asosida beriladi. Demak, berilayotgan kredit
mijozga rasmiylashtirilayotgan davridayoq muammoli kredit mazmuniga ega
bo‘ladi. Tijorat banklarida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashni
takomillashtirish, kreditlash samaradorligini oshirib banklarning barqarorligini
ta’minlaydi. Natijada mamlakat bank tizimi barqarorligi oshiriladi va milliy
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.
5. Byurokratiya ya’ni qog‘ozbozlik hujjatbozlik ishlarining ko‘p ekanligi
Tijorat banklari faoliyatida mijozlarni kredit olishdan qaytaradigan jihatlardan biri
ham aynan shu byurokratiyaning ko‘pligidir. Hozirgi vaqtda banklar garovga
olinayotgan mulklarni rasmiylashtirish uchun xaddan ziyod ko‘p hujjatlar taqdim
etilishini talab qilmoqda. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan ko‘pgina norozilik
va ovoragarchiliklarga olib kelmoqda. Xozirda mamlakatimiz banklari garovni
tanlab olish va baholash bo‘yicha ikki xil usulni qo‘llashmoqda:
1- usul bu - ko‘pgina tijorat banklari tomonidan garov ob'yektini xususiy
baxolash kompaniyalari tomonidan baholanishini talab etmoqda va kompaniya
tomonidan baholangan obyekt hisoboti asosida garov mulki summasini
aniqlamoqda.
2- usul bu - xususiy banklarimiz tomonidan qo‘llanilayotgan usul bo‘lib,
bunda bankning o‘zining garovga olish bo‘yicha mutaxassisi tomonidan baholanib
va uning xulosasi asosida ish qo‘llamoqda. Bu o‘z navbatida mijozga ko‘pgina
qulayliklar yaratmoqda.
6. Mamlakatimizda tijorat veksellari muomalasining mavjud emasligi.
Mamlakatimizda tijorat veksellarining muomalasi 1997 – yilda tugatilgan
edi ammo undan keyin mana qariyb 20 yildan ortiq vaqt o‘tdi hamki qayta
tiklanmadi. Tijorat veksellari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga pul mablag‘larisiz
ham o‘z faoliyatini amalga oshirish, tovar va xom-ashyolar sotib olish yoki
63


xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi va o‘tkazma veksellar, ya’ni
trattalar ularga asoslangan kreditlash shakli forfeytingning amaliyotda
vujudga kelishiga va faktoringning kengayishiga sabab bo‘ladi. Bundan
tashqari jahon amaliyotida markaziy banklarning asosiy stavkalaridan biri
hisob stavkasining ham amalda qo‘llanilishiga imkon yaratadi va
veksellarni qayta hisobga olish yo‘li bilan tijorat banklariga Markaziy
bankning kredit berish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi, buning
natijasida esa tijorat banklarining likvidliligi oshishi mumkin.
Yuqoridagi sanab o‘tilgan tijorat
banklarining iqtisodiyotning real sektori korxonalarini kreditlash amaliyoti
bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda ularning kreditlash salohiyatini
oshirish yo‘llarini takomillashtirish ijobiy natijalarga olib keladi hamda
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan real sektorni moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlarida ularning
ishtirokining faollashuviga olib keladi.

Download 419,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish