Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiyasi



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/250
Sana01.01.2022
Hajmi4,28 Mb.
#288655
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   250
Bog'liq
Korxonaning riv. strat

 
 
 
 
 
 
 
________________________________________________ 
 
MAVZULAR BO‘YICHA MATN ANNOTATSIYASI VA 
OXIRGI YANGILIKLAR 
 
 
 
 
 


 
43 
 
 
 
 
 
 
 
1-mavzu “Korxonalarning rivojlanish strategiyasi” fanining predmeti va vazifalari 
1.1. “Korxonalarning rivojlanish strategiyasi”- fan va o‘quv kursi sifatida.  
1.2. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o‘rni hamda boshqa 
o‘quv fanlari bilan bog‘liqligi. 
1.3. Kursning bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos vazifalari. 
 
1.1. “Korxonalarning rivojlanish strategiyasi”- fan va o‘quv kursi sifatida
 
 
“Borliq  ongni  belgilaydi”  iborasi  ma’lum  bir  jihatlari  bilan  har  bir  inson  hamda 
jamiyat  hayoti  va  iqtisodiyotning  tuzilishini  anglatadi.  SHu  sababli  iqtisodiyotning  oila 
o‘chog‘i miqyosida, shuningdek, korxona, tarmoq va butun xalq xo‘jaligi miqyosida ko‘rib 
chiqilishi  bejiz  emas.  So‘nggi  holatda  gap  makroiqtisodiyot  haqida,  uning  tendensiyalari, 
qonuniyatlari  haqida  borib,  unda  ko‘rib  chiqiladigan  muammolar  ba’zi  hollarda  korxona 
iqtisodiyotidan sezilarli ravishda farqlanadi. 
 “Iqtisodiyot” atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning 
tovar  ishlab  chiqarish  va  ayirboshlashdagi  xo‘jalik  faoliyatini  anglatgan.  Tovar  ishlab 
chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo‘lsa, 
iqtisodiyot  ko‘rsatkichlari  va  aholining  turmush  tarzi,  resurslarsdan  oqilona  foydalanish, 
bahoni shakllantirish, soliqqa tortish, samarali qo‘llanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni 
hisobga olgan holda, shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga o‘z vaqtida  A.Smit 
yuqori  baho  berib,  u  insonni  “homo  economicus”  -  “iqtisodiy  odam”  deb  atagan. 
Haqiqatdan ham, har bir odam iqtisodiyotning mohiyatini, hayot ne’matlari nimalar evaziga 
berilishini  anglamaguncha,  mablag‘larni  ishlab  topish  va  ulardan  samarali  foydalanishni 
o‘rganmaguncha,  oila  miqyosi  va  undan  yuqori  darajadagi  iqtisodiyot  uchun  ma’qul 
keluvchi  sifat  va  miqdor    parametrlariga  ega  bo‘ladi,  deb  o‘ylash  noto‘g‘ri  bo‘lar  edi. 
Demak,  iqtisodiyot  parametrlari  (ham  salbiy,  ham  ijobiy)  avvalo  insonlar  harakati  va 
faoliyatining, oqilona ho‘jalik yuritish, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va 
taqsimlashni samarali olib borish qobiliyati natijasida yuzaga keladi. 
Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma’naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan 
bog‘liq  bo‘lgan  har  bir  jabhasini  qamrab  oladi.  Oila  qurish,  kelajak  avlodni  tarbiyalash, 
zaruriy  turmush  tarzini  ta’minlash  uchun  odamlarga  oziq-ovqat,  kiyim-bosh,  turarjoy  va 
boshqa  vositalar  kerak  bo‘ladi.  Bu  predmetlar,  qoidaga  ko‘ra,  iqtisodiyotning  turli 
tarmoqlaridagi  korxonalarda  ishlab  chiqariladi.  SHu  sababli  iqtisodiyotning,  ayniqsa, 
avvalgi  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimidagi  rejali  iqtisodiyotdan  farq  qiluvchi  bozor 


 
44 
iqtisodiyotining  rivojlanish  tendensiyalari  va  qonunlarini  bilish,  ro‘y  berayotgan  ijtimoiy-
iqtisodiy    jarayonlarni  tushunish  va  istalgan  xo‘jalik  muammolarini  hal  qilishda  muhim 
shart hisoblanadi. 
«Iqtisodiyot» fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga 
keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash 
bo‘yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham, butun jamiyat uchun ham 
zarur bo‘lgan moddiy va nomoddiy ob’ektlarning  katta qismini hamda moddiy va ma’naviy 
ne’matlarni  tayyorlash  va  taqsimlash  usullari  va  jarayonlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Agar 
«Iqtisodiyot»  fanining  normativ  jihatlari  korxona,  firma  va  davlatning  iqtisodiy  siyosatini 
ta’minlasa,  pozitiv  jihatlari  esa  real  voqelikni  baholaydi  va  tahlil  qiladi  hamda  uning 
rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi. 
SHu  bilan  birga  «Iqtisodiyot»  fani  barcha  hayotiy  muhim  savollarga  tayyor  javob 
bermaydi,  chunki  iqtisodiyot  ishlab  chiqarish,  boshqaruv,  tartibga  solish,  bashorat  qilish 
sohasi  sifatida  oddiy  fan  tushunchasidan  ko‘ra,  murakkabroq  kategoriyani  anglatadi.  U 
faqatgina ilmiy vosita bo‘lib, iqtisodiy voqelikni anglash usuli xizmatini o‘taydi. Iqtisodiyot 
iqtisodiy  fanning  o‘ziga  xos  sinov  maydoni,  asossidir.  Iqtisodiyotning  rivojlanish 
tendensiyalari  va  qonunlarini  ilmiy  jihatdan  o‘rganish,  «Iqtisodiyot»  fani  va  uning  alohida 
tarmoqlarining muhim vazifasi hisoblanadi. 
Bozor  munosabatlariga  asoslanilgan  hozirgi  davrda  iqtisodiyotni  ko‘tarish  uchun  bu 
va  boshqa  imkoniyatlar  avvallardagiidek  faqatgina  davlatning  qo‘lida  mujassamlangan 
emas,  balki  iqtisodiyotning  asosiy  ishlab  chiqarish  bo‘g‘inini  tashkil  qiluvchi  xo‘jalik 
yurituvchi  sub’ektlar  -  korxona,  firma,  kombinat  va  boshqa  ishlab  chiqarish  strukturasi 
vakillariga ham katta imkoniyatlar berilgan. 
 

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish