Bozor rivojlanish strategiyasi — bu asosan yangi iste’molchi segmentlarga, yangi
hududiy bozorlarga va yangi sotish tarmoqlariga chiqish.
Mahsulot rivojlanish strategiyasi yaxshilangan yoki yangi tovarlarni tayyorlash
(innovatsiya, yangi marka, assortiment modifikatsiyasi, mahsulot parametrlarini yaxshilash,
instrumental va emotsional tavsiflarni rivojlantirish) hisobiga sotuv o‘sishiga yo‘naltirilgan.
Diversifikatsiya strategiyasi yangi bozorlar uchun mo‘ljallangan yangi mahsulotlar
bilan bog‘liq. Albatta, bu strategiya qiyin va hatarli, chunki u korxonani yangi sohalarga
olib chiqadi. Ularning muvaffaqiyati uchun yirik kadr va moliya resurslarini jalb qilish talab
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |