Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiyasi


-mavzu Korxonalarning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv jarayonlari



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/265
Sana16.01.2022
Hajmi4,28 Mb.
#374478
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   265
Bog'liq
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya

 
4-mavzu Korxonalarning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv jarayonlari 
strategiyasi
 
4.1. Tashkiliy tuzilmalarning mohiyati va ularni tuzish bosqichlari. 
4.2. Mahsulot bo‘yicha tuzilma. Iste’molchiga yo‘naltirilgan tuzilma. 
4.3. Korxonalarni boshqarishni tashkil etishning tamoyillari va usullari. 
4.4.O‘zbekistonda aksionerlik jamiyatlarini boshqarish. 
 


 
68 
4.1.Tashkiliy tuzilmalarning mohiyati va ularni tuzish bosqichlari. 
 
Boshqaruv  jamiyat  munosabatlarining  muhim  ko‘rsatkichi  sifatida  jamiyat 
hayotining  barcha  jabhalariga  tegishlidir.  U  insonning  jamiyatdagi  mohiyati,  mehnati 
taqsimoti, kooperatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlardan 
kelib chiqadi. Boshqaruvsiz tabiatni o‘zgartirish,  mehnat qurollari va predmetlarini  yagona 
ishlab  chiqarish  jarayonida  birlashtirishga  yo‘naltirilgan  faoliyat  yuritishning  iloji  yo‘q. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  boshqaruv  ishlab  chiqarishning  barcha  qatnashchilari  va 
elementlari  o‘rtasida  kelishuvni  yo‘lga  qo‘yib,  yuzaga  kelgan  munosabatlarning  mazmuni 
va  me’yorini  tartibga  soladi  hamda  resurslardan  foydalanishning  samarali  yo‘llarini 
topishga o‘z hissasini qo‘shadi.  
Boshqaruvning mohiyati va ob’ektiv zaruriyatini yanada osonroq va tezroq tushunish 
uchun  adabiyotda  mashhur  bo‘lgan  misol  -  orkestr  va  dirijerga  murojaat  qilish  lozim. 
Orkestr  va  dirijerning  o‘zaro  aloqasini  ilg‘ab  olish  uchun  musiqiy  qobiliyat  talab 
qilinmaydi. 
Konsert  tomoshalarida  bo‘lgan  har  bir  kishi  dirijerning  sahnada  paydo  bo‘lish 
chog‘ini  ko‘rgan,  albatta.  Orkestr  tomon  o‘girilgach,  dirijer  tayoqchasini  ko‘taradi  va 
musiqachilar musiqa chalishni boshlaydilar. SHunga o‘xshash holat boshqaruvda ham ro‘y 
beradi - yo‘lga qo‘yilgan tashkilotchilik tizimi boshqaruv komandalari asosida ishlaydi. 
Bundan kelib chiqqan holda 
boshqaruv -
 ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish 
rivojlanishining  ob’ektiv  qonunlari  asosida  yo‘naltirilgan  tarzda  ta’sir  o‘tkazish  tizimi,  har 
bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o‘zida nazorat qilish, motivatsiya 
va  tartibga  solish  usulidir.  Moddiy  boyliklar  va  ne’matlar  hamda  ularga  tenglashtirilgan 
qadriyatlarni taqsimlash, iste’mol qilish va ayirboshlash ham boshqaruvni talab qiladi. 
Hozirgi  paytda,  iqtisodiy  va  ilmiy-texnik  o‘zgarishlar  davrida  boshqaruv  usullari, 
tamoyillari  va  texnikasida  sezilarli  o‘zgarishlar  ro‘y  bermoqda.  Boshqaruv  alohida  tizim 
sifatida tobora ko‘proq tajriba almashish sohasi, reklama, ishlab chiqarish vazifalarini tezkor 
hal qilish vositasi bo‘lib bormoqda. Bunga esa boshqaruvni professionallashtirish, biznes va 
tadbirkorlik  maktablari  hamda  maslahat  markazlarining  ochilishi  sabab  bo‘lmoqda. 
Ma’muriy-buyruqbozlik  tizimi  borgan  sari  xo‘jalik  yuritishning  iqtisodiy  usullariga 
asoslangan boshqaruv tizimiga o‘rnini bo‘shatib bermoqda. 
Boshqaruvga yondashishdagi zamonaviy usullarning muhim ahamiyati inson omilini 
faollashtirish,  o‘z-o‘zini  boshqarish  va  tashabbuskorlikni  rivojlantirish,  bozor  iqtisodiyoti 
talablariga  javob  beruvchi  yangi  tashkiliy  tuzilmalarni  yaratishda  namoyon  bo‘ladi. 
Ma’lumki, o‘z korxonasi yoki sexida, o‘z ish yoki xizmat joyining “xo‘jayini” bo‘lmay turib 
iqtisodiyotning  har  tomonlama  rivojlanishini  talab  qilib  bo‘lmaydi.  Insoniyat  hayotida  shu 
narsa  isbotlab  berilganki,  moddiy  to‘kin-sochinlik  o‘zidan-o‘zi  paydo  bo‘lmaydi,  uni 
mehnat faoliyati va oqilona boshqaruv  yordamida  yuzaga keltirish mumin. Bu holatni aniq 
tushunish va unga to‘g‘ri baho berish zamonaviy menedjmentni boshqaruv to‘g‘risidagi fan 
sifatida qabul qilishni asoslab beradi. 


 
69 
 
4.1.-chizma. Boshqaruv ob’ekti va sub’ektining o‘zaro aloqasi. 
Boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari doimo o‘zaro aloqada bo‘lib, bunda asosiy o‘rin 
boshqaruv  ob’ektiga,  ya’ni  boshqaruvchi  tizimga  ajratiladi.  Boshqaruv  ob’ektining 
mazmuni,  unda  yuz  berayotgan  o‘zgarishlar  boshqaruv  sub’ekti  vazifalari  va  harakatlarini 
belgilab  beradi.  Bu  esa  boshqaruv  shakllari  va  usullarini  mukammallashtirishda  aks  etadi. 
Albatta,  bu  boshqaruv  sub’ektlarining  passivligini  anglatmaydi,  aksincha,  boshqaruv 
tizimining bo‘limlari shu boshqaruv tizimining eng faol qismini tashkil etadi va tavsiflaydi. 
Aynan  boshqaruv  sub’ekti  ishlab  chiqarish  resurslari  va  asbob-uskunalardan  foydalanish 
siyosatini  belgilaydi,  ishlab  chiqarish  vositalarining  ishchi  kuchi  bilan  birlashuviga 
ko‘maklashadi.  YA’ni  korxonaning 

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish