Jismoniy eskirish
-
asosiy fondlarning ekspluatatsiya jarayonida yoki bekor
turish natijasida o‘zining dastlabki xarakteristikalarini asta-sekin yo‘qotishidir.
Amortizatsiya me’yori
- yillik amortizatsiya summasining asosiy fondlar
qiymatiga nisbati (foizlarda).
Dastlabki qiymat
- asosiy fondlarni sotib olish paytidagi harajatlar summasi
(etkazib berish, o‘rnatish yoki montaj harajatlari bilan birga).
Tiklash qiymati
- asosiy fondlarning bugungi kundagi inflyasiya, qayta
baholash va hokazolarni hisobga olgan holda hisoblangan qiymati.
Qoldiq qiymat
- bu asosiy fondlarning dastlabki yoki tiklash qiymati bilan
eskirish summasi o‘rtasidagi farqdir.
Ekstensiv ko‘rsatkichlar
-
asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning
vaqt bo‘yicha ko‘rsatkichlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |