Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni boshqarish



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/246
Sana31.12.2021
Hajmi6,91 Mb.
#212375
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   246
Bog'liq
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn

Annotatsiya 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Ixtirolar,  foydali  modellar  va  sanoat  namunalari 
to‘g‘risida”gi  Qonuni  06.05.1994-yilda  qabul  qilingan  va  mazkur  qonunga  30.07.2008  da 
o‘zgartirish  kiritilgan.  Ushbu  Qonunning  asosiy  maqsadi  O‘zbekiston  Respublikasidagi 
ixtirolar, foydali  modellar va sanoat namunalarini huquqiy  muhofaza qilish hamda ulardan 
foydalanish  sohasidagi  munosabatlarni  tartibga  solishdan  iborat.  Sanoat  mulki  obektlari 
to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  va  boshqa  hujjatlardan  iborat.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Davlat  patent  idorasi  sanoat  mulki  obektlarini  huquqiy  muhofaza  qilish  sohasidagi  davlat 
siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. 
Patent idorasi sanoat mulki obektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni ko‘rib 
chiqish  uchun  qabul  qiladi,  ular  bo‘yicha  davlat  ekspertizasini  o‘tkazadi,  ularni  davlat 
ro‘yxatiga oladi, sanoat mulki obektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, 
sanoat mulki obektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishiga doir qoidalar qabul 
qiladi  va  tushuntirishlar  beradi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
tomonidan  tasdiqlanadigan  Patent  idorasi  to‘g‘risidagi  nizomga  muvofiq  boshqa 
vakolatlarni amalga oshiradi. 
Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi: 
– ilmiy nazariyalar va matematika usullari; 
– tashkil etish va boshqarish usullari; 
– shartli belgilar, jadvallar, qoidalar; 
– aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari; 
– elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar; 
– binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari; 
–  estetika  talablarini  qanoatlantirishga  yo‘naltirilgan,  buyumlarning  faqat  tashqi 
ko‘rinishiga oid echimlar; 
– integral mikrosxemalarning topologiyalari; 
– o‘simlik navlari va hayvon zotlari; 
– jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar. 
 “Ishlab  chiqarish  texnikasi  yoki  yangi  jarayon  ko‘rinishidagi  texnik  o‘zgarishlar 
texnik  ixtirolar  va  kashfiyotlarni  ta’riflash  uchun  ishlatiladi.  Bunday  kashfiyotlar  ishlab 
chiqarish  va  xarajatlarni  firma  va  sanoat  tarmoqlari  darajasida  o‘zgartirishi  mumkin. 
Soluning  neoklassik  o‘sish  modelida  texnologik  rivojlanish  kashfiyotlar  tufayliligiga 


131 
 
to‘xtalib o‘tilgan. Texnologik jarayonning bir nechta pog‘onaga ega ekanligiga ham batafsil 
to‘xtalib o‘tilgan”.  
Kashfiyot  deb  bilim  darajasiga  tubdan  o‘zgartirish  olib  kiradigan  ilgari  noma’lum 
bo‘lgan,  ammo  obektiv  mavjud  moddiy  nuqtaning  hodisa,  xossa  va  qonuniyatlarini 
tushuntirib beruvchi ta’limotga aytiladi. 
Kashfiyotni himoya qilish maqsadi: 
• 
Ilmiy mazmun ishonchliligini tasdiqlash uchun; 
• 
Muallif va davlat ustunligini o‘rnatish; 
• 
Kashfiyot  muallifining  xususiyatlarini  tan  olish  va  unga  tegishli  imtiyozlar 
berish; 
• 
Kashfiyot 
bilan 
bog‘liq  ilmiy-texnologik  masalalarni  hal  qilishda 
ko‘maklashish; 
• 
Fan  va  texnikada,  foydalanish  uchun  kashfiyotlarni  davlat  tomonidan 
ma’lumot uchun qabul qilinishi va hisobga olinishi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Elektron  hisoblash  mashinalari  uchun  yaratilgan 
dastur  va  ma’lumotlar  bazalarining  huquqiy  himoyasi  to‘g‘risida”gi  Qonuni  06.05.1994-
yilda  qabul  qilingan  va  05.04.2002  va  30.08.2002-yillarda  o‘zgartirishlar  kiritilgan.  Ushbu 
Qonun EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning huquqiy himoyasi va 
ulardan  foydalanish  bilan  bog‘liq  munosabatlarni  O‘zbekiston  Respublikasida  tartibga 
soladi.  
Qoraqalpoiston  Respublikasida  EHM  uchun  yaratilgan  dasturlar  va  ma’lumotlar 
bazalarining  huquqiy  himoyasi  borasidagi  munosabatlar  Qoraqalpoiston  Respublikasining 
qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.  
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu Qonunda 
nazarda  tutilganidan  o‘zgacha  qoidalar  belgilangan  bo‘lsa,  xalqaro  shartnoma  yoki  bitim 
qoidalari qo‘llaniladi.  
Ushbu  Qonun  EHM  uchun  yaratilgan  dastur  va  ma’lumotlar  bazalarini  mualliflik 
huquqi obektlari sirasiga kiritadi.  
Vazifasi va afzalliklaridan qat’i nazar, obektiv shaklda ifodalangan, bosib chiqarilgan 
hamda  bosib  chiqarilmagan,  muallif  (hammualliflar)  ijodiy  faoliyatining  natijasi  bo‘lgan, 
EHM  uchun  yaratilgan  har  qanday  dastur  va  ma’lumotlar  bazalariga  nisbatan  mualliflik 
huquqi  tatbiq  etiladi.  EHM  uchun  yaratilgan  dastur  yoki  ma’lumotlar  bazasiga  mualliflik 
huquqi aksi isbotlanmagunga qadar saqlanib qolaveradi. 
Bugungi  kunda  kompyuter  insonlarning  o‘zaro  munosabatlari,  axborot  bilan 
almashishning bosh vositasiga aylandi. 
Kompyuter  har  qanday  ishda  insonning  eng  yaqin  yordamchisidir.  Lekin 
kompyuterning  o‘zi  to‘laqonli  yordamchi  emas.  Uning  qandaydir  masalani  hal  qilishdagi 
foydaliligi to‘laligicha  u ishlaydigan dasturga bog‘liqdir.  Dasturiy  ta’minot kompyuterning 
jonidir. 
Har qanday EHMni ikki qismga bo‘lish mumkin:  
1. 
Apparat-texnik (hardware)  
2. 
Dasturiy ta’minot (software).  
Dasturiy  ta’minot  yoki  EHM  uchun  dastur  bu  EHM,  uning  tarmoqlari  va  boshqa 
kompyuter  vositalarining  muayyan  natijalar  olish  maqsadida  ishlash  uchun  mo‘ljallangan 
ma’lumotlar va buyruqlar majmuidir. 
Mualliflar  mulkiy  huquqlari  shaxsiy  nomulkiy  huquqlar  kabi  o‘zining  huquqiy 
tabiatiga  ega.  Agarda,  muallifning  shaxsiy  nomulkiy  huquqlari  uning  ajralmas  huquqlari 


132 
 
toifasiga  kirsa,  mulkiy  huquqlar  esa  o‘zga  (uchinchi  shaxs)larga  ma’lum  muddatlarda  va 
ma’lum harakatlarni amalga oshirish sharti bilan vaqtincha o‘tkazib turilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi 
Qonunining  “Muallifning  mulkiy  huquqlari”  nomli  19-moddasida  muallif  asardan  har 
qanday  shaklda  va  har  qanday  usulda  foydalanishda  mutlaq  huquqlarga  ega  ekanligi 
mustahkamlangan.E.P.Gavrilov muallifning huquqlarini ikki guruhga bo‘ladi:  
a)  shaxsiy  nomulkiy  huquqlar.  Bu  huquqlar  jumlasiga  u  asarga  muallif  bo‘lish 
huquqini;  asarni  nomlash  huquqini,  asar  daxlsizligi  huquqini  va  asarni  nashr  qilish 
huquqlarini kiritadi;  
b) mulkiy huquqlar. 
Ayrim olimlar mualliflik huquqlarini shaxsiy va mulkiy huquqlarga ajratilish zarurati 
va  imkoniyatlarini  tan  olishmasa,  ba’zilari  muallif  huquqlarining  bunday  ajratilishini 
shartligi, ba’zilari esa huquqlarni bunday turkumlashni nisbiy ekanligini ta’kidlashadi, yana 
bir  guruh  mutaxassislar  muallif  shaxsiy  huquqlarini  intellektual  huquqlar  jumlasiga 
kiritishadi. 
Muallifning  huquqlari  o‘zining  tarkibiga  bir  vaqtning  o‘zida  ham  shaxsiy,  ham 
mulkiy  huquqlarni  birlashtiradi,  shu  ma’noda  uning  intellektual  huquqlari,  deb  yuritish 
unchalik  to‘g‘ri  bo‘lmaydi.  Muallif  mulkiy  huquqlarining  tabiati,  muallifning  shaxsiy 
huquqlari tabiatidan keskin farq qiladi. 
 

Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish