129
innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur’ati yuqori bo‘lgan tarmoqlarda asosiy raqobat quroli
hisoblanadi. Texnik taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi institutlarga
alohida e’tibor qaratgan. XX asrning birinchi yarmi iqtisodchisi Yozef Aloiz SHumpeter
(1883-1950) innovatsiyalarni olg‘a suruvchi va unda normal darajadan katta bo‘lgan
daromadning asosiy manbasi bo‘luvchi raqobat mexanizmini ko‘rsatib bergan.
“Martekingning uchta asosiy aspekti sanoatning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchisi innovatsion musobaqadir. Firmalar musobaqasida birinchi bo‘lib innovatsiyaga
erishgan firma marteking sohasida ham etakchi hisoblanadi. Ikkinchisi, yirik firmalar
bozorda innovatsiyalarni izlash bilan bog‘liq ishlarni doim takomillashtirishga harakat
qilishlaridir. Uchinchisi, Kristensen (1997) bozor talabi asosiy innovatsiyalarga bo‘lgan
talabni aniqlashtiruvchi omil ekanligini ta’kidlab o‘tgan”.
XX asrning ikkinchi yarmida G‘arbda kuzatilgan o‘ziga xos bashorat shov-shuvi
Rossiya bashoratchilk maktabi etakchisi I.V.Besstijev-Lada tomonidan tuzilgan klassik
bashoratchilik antologiyasida yaqqol tasvirlab berilgan. Intellektual va siyosiy doiralarda
qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan o‘nlab fundamental asarlarda jahon
rivojlanishining istiqbollari turli ssenariylarda — eng yorkin ranglardan to katastrofik
holatlargacha asoslab berilgan. Uzoq muddatli u yoki bu bashorat ssenariylarini asoslab
berish uchun foydalaniltan ko‘plab global modellar yaratilgan. Ushbu bashoratchilik shov-
shuviga BMT ham qo‘shilgan bo‘lib, uning Sekretariatida bashorat va istiqbolli tadqiqotlar
bo‘limi tashkil qilingan. Nobel mukofoti sovrindori V.V.Leontev rahbarligidagi BMT
ekspertlar guruhi tomonidan o‘tgan asrning 70-yillarida o‘ziga xos tarmoqlararo balansning
mintaqalararo modeli asosida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining 2000 yilgacha bo‘lgan
bashoratlari ishlab chiqilgan.
Biroq 80-yillar oxirlariga kelib G‘arbda ham, sobiq Ittifoqda ham bashoratchilik
to‘lqini pasaya boshladi. Buning sababi oddiy edi: jahon industrial jamiyatdan postindustrial
jamiyatga o‘tib, tendensiyalar o‘zgardi va chuqur bifurkatsiyalar klasteri vujudga keldi.
Avvalgi bashoratlar va ularning metodologik asoslari bu muhitda o‘z ta’sir kuchini
yo‘qotgan bo‘lib, yangi metodologiya esa hali rivoj topmagan edi.
O‘tish davrida ijtimoiy va texnologik tizimlar traektoriyasi keskin o‘zgaradi.
Ularning ayrimlari o‘tmishda qolib ketib, ularning o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi va jahon
miqyosida keng tarqaladi. Bu davrda oldindan ko‘ra bilishning qiyinligi an’anaviy inqilobiy
paradoks — e’lon qilingan maqsadlar va amalda erishilgan natijalar o‘tasidagi farqlar bilan
ham izohlanadi. Lekin shunga qaramay XX asrning yirik olimlari qalamiga mansub bo‘lgan
eng oxirgi asarlardan birida insoniyatning rivojlanishiga doir asosli bashoratlar, ekologik va
sivilizatsiya inqirozlarining bartaraf etilishi, uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish
zarurligi haqida asoslangan fikrlarni o‘rgatamiz: «Sivilizatsiya strategiyasining paydo
bo‘lishi hayotiy ahamiyatga ega. U tabiat strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi
lozim. Bu esa insoniyat tarixida uning kuch-quvvati o‘sishi bilan birga kuzatiluvchi sifat
yangiligidir. Bizni nafaqat ekologik, balki sivilizatsiya inqirozi kutib turibdi. O‘z
mohiyatiga ko‘ra biz sivilizatsiya tarixining butkul yangicha bosqichi, balki antropogenez
oldida turibmiz, bunda esa butun xalqlar oldida kun ko‘rish strategiyasini ishlab chiqish
bo‘yicha umumiy vazifa turadi». Bunday strategiyani uzoq muddatli bashoratlarsiz, tabiat
va jamiyat rivojlanishining muqobil yo‘llarini oldindan ko‘ra bilmasdan turib amaliy
jihatdan ishlab chiqish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: