Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni boshqarish



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/246
Sana31.12.2021
Hajmi6,91 Mb.
#212375
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   246
Bog'liq
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn

Miqdor  ko‘rsatkichlari  korxonaning  ishlab  chiqarish  va  xo‘jalik  yuritish  faoliyatini 
hajm  o‘lchamida  izohlaydi.  Bunday  ko‘rsatkichlar  qatoriga  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulotlar miqdori, ishlayotgan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi, mashina va 


69 
 
asbob-uskunalar  parki,  ishlab  chiqarish  dasturini  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan 
materiallar miqdori, sex hamda ish joylari soni va hokazolarni kiritish mumkin. 
Sifat ko‘rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidagi o‘zgarishlarni nisbiy 
kattaliklar: mehnat mahsuldorligining o‘sishi, mahsulot tannarxining bazis davrga (yoki reja 
hisobotiga) nisbatan foizlarda kamayishi, mahsulotning to‘liq tannarxiga nisbatan foizlarda 
daromad  hajmi,  korxona  rentabellik  darajasining  o‘sishi  va  shu  kabilar  yordamida 
tavsiflaydi. 
Rejalashtirish korxonani boshqarish jarayoni sifatida o‘z texnologiyasiga ega bo‘lib, 
bu  texnologiya  korxonaning  rejalashtirilayotgan  davrdagi  maqsad  va  vazifalarini  aniqlash, 
bajaruvchilarga muayyan  vazifalarni belgilash, vazifalarni turi, kattaligi va muddatiga ko‘ra 
aniqlashtirish,  shuningdek,  ishlab  chiqarish  faoliyati  natijasi  -  daromad  yoki  foyda  olishni 
o‘z ichiga oladi.  
Biznes-reja  yangi  korxona  tashkil  qilish  yoki  biron-bir  tijorat  loyihasini  amalga 
oshirish  uchun  mo‘ljallanayotgan  asoslangan  xatti-harakatlarni  o‘z  ichiga  oluvchi  hujjat 
hisoblanadi.  Uning  asosiy  vazifasi,  korxonaga  o‘z  imkoniyatlarini  baholash,  bozordagi 
istiqbolni,  zaruriy  xarajatlarni  aniqlash,  korxona  faoliyatining  birinchi  yillarida  “suv 
ostidagi  toshlar”ni  aniqlash  hamda  mazkur  faoliyat  turining  foydali  yoki  zararli  ekanligini 
baholash ko‘rsatkichlari yordamida hisoblashga yordam berishda deb belgilanadi. 
Rejalarning  har  bir  turi  kabi,  biznes-reja  ham,  bo‘lim  va  ko‘rsatkichlardan  iborat 
bo‘ladi.  O‘ntagacha  bo‘limni  o‘z  ichiga  oluvchi  biznes-reja  mazmuni  va  tuzilishiga  ko‘ra, 
eng  maqbul  hisoblanadi.  Mavjud  adabiyotlarda  quyidagi  bo‘limlarni  o‘z  ichiga  oluvchi 
biznes-rejalar taklif qilinadi: 
1. Tanlangan biznes konsepsiyasi. 
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar). 
3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari tavsifnomasi. 
4. Boshqaruv (menedjment). 
5. Bozor tadqiqoti va tahlili. 
6. Marketing harakatlari rejasi. 
7. Ishlab chiqarish rejasi. 
8. Tavakkalchilikni baholash. 
9. Moliyaviy reja. 
10. Biznes-loyihaning samaradorligi. 

Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish