Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtisodiy, texnik,
ijtimoiy va hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashtirish turi bo‘lib, asosan bir yilga
mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi. Mazkur
rejalashtirish turining soddalashtirilgan ko‘rinishi ko‘pincha korxona faoliyatining yillik
rejasi deb ataladi.
Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish texnik-iqtisodiy rejalashtirishning davomi
bo‘lib, korxona faoliyati yillik rejasini yanada qisqaroq muddatga - sutka, o‘n kunlik, oyga
bo‘lib muayyanlashtirish bilan tavsiflanadi. Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish-kalendar
rejalashtirish va dispetcherlashdan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |