Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni boshqarish


Tayyor  mahsulotning  maqsadlariga  ko‘ra



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/246
Sana31.12.2021
Hajmi6,91 Mb.
#212375
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   246
Bog'liq
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn

Tayyor  mahsulotning  maqsadlariga  ko‘ra,  barcha  korxonalar  ikkita  katta  guruhga 
bo‘linadi:  ishlab  chiqarish  vositalarini  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’mol  mahsulotlarini 
ishlab chiqaruvchilar. 
Foydalaniluvchi  xom  ashyo  turiga  ko‘ra,  sanoat  korxonalari  qazib  chiqaruvchi  va 
qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi. 
Yil  davomida  ishlash  muddatiga  ko‘ra,  korxonalar  mavsumiy  va  yil  bo‘yi  faoliyat 
yurituvchilarga bo‘linadi. 
Ishlovchilar  soniga  ko‘ra  korxonalar  yirik,  mikrofirma  va  kichik  korxonalarga 
taqsimlanadi. 
Mikrofirmalar.  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga    ko‘ra
8
  ishlab  chiqarish 
tarmog‘ining o‘rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo‘lgan hamda xizmat ko‘rsatish 
va  boshqa  noishlab  chiqarish  sohasidagi  o‘rtacha  yillik  xodimlari  soni  10  kishigacha 
bo‘lgan;  ulgurji,  chakana  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  sohasida  5  kishidan  oshmagan 
korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi. 
 Kichik korxona hisoblanadi: 

 
engil  va  oziq-ovqat  sanoati,  metalga  ishlov  berish  va  asbobsozlik,  yog‘ochni 
qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan; 

 
mashinasozlik,  metallurgiya,  yoqilg‘i-energetika  va  kimyo  sanoati,  qurilish, 
qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan; 

 
fan,  ilmiy  xizmat  ko‘rsatish,  transport,  aloqa,  xizmat  ko‘rsatish  sohasi 
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish xamda boshqa noishlab 
chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar.  
Ixtisoslashuv  darajasiga  ko‘ra,  korxonalar  ixtisoslashgan,  universal  va  aralash 
korxonalarga  bo‘linadi.  Ixtisoslashgan  korxonalar  qatoriga  nomenklaturasi  cheklangan 
mahsulotlar ishlab  chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar  qatoriga turli xil  mahsulot 
ishlab  chiqaruvchi  korxonalar,  aralash  korxonalar  tarkibiga  esa  ixtisoslashgan  va  universal 
korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi. 
Ishlab  chiqarish  jarayonini  tashkil  etish  usullariga  ko‘ra,  korxonalar  ishlab 
chiqarishning  oqim,  partiyali  va  donalab  ishlab  chiqarish  usullari  ustuvor  turuvchi 
korxonalarga bo‘linishi mumkin. 
                                                 
8 «Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисида»ги Ўзбекистон 
Республикасининг Қонуни // Тадбиркорликка оид қонун ҳужжатлари тўплами. 1-том. 
- Т.: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги, 2002.
 


54 
 
Ishlab  chiqarishni  mexanizatsiyalashtirish  va  avtomatlashtirish  darajasiga  ko‘ra, 
korxonalar  to‘liq  va  qisman  avtomatlashtirilgan  yoki  mexanizatsiyalashtirilgan,  qo‘l-
mashina va faqat qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo‘linadi. 
Firma  -    korxona  tushunchasidan  kengroq  tushunchadir,  ya’ni  u  ma’lum  nom  bilan 
biznes olib boruvchi tashkilotdir. Firma - tovar ishlab chiqarish va barcha sohalarda xizmat 
ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun foyda olish maqsadida resurslarni jamlaydigan va undan 
foydalanadigan  tadbirkorlik  shaklidir.  Faktoring  firmasi  -  begona  qarz  majburiyatlarini-
veksellarni sotib olish bilan shug‘ullanadi.  
Lizing firmasi- lizing to‘lovlari bilan shug‘ullanadi. 
Injiniring  korxona  –  muxandislik-maslahat  xizmatlarni  tijoratchilik  qoidalariga 
asoslangan holda amalga oshiradi.  
Konsalting  –  bu  ishlab  chiqarishga  ish  yuzasidan  xizmat  ko‘rsatish  sohasida 
ixtisoslashgan firmalarning o‘z mijozlariga maslahat xizmati ko‘rsatish va texnik loyihalarni 
ekspertiza qilish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyatdir.  
Venchur korxonalar – bu biznes yuritishning bir turi bo‘lib, ular: 
- ilmiy muhandislik ishlarini bajarish; 
- yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; 
- ishlab chiqarishni boshqarish; 
- tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 
 - yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish kabi ishlarni amalga 
oshiradilar. 
Korxonalarni  vaqtinchalik  yoki  doimiy  ravishda  kooperatsiya  yoki  konsentratsiya 
asosida birlashtirish amalga oshiriladi. 
Korporatsiya yirik aksioner jamiyatlar birlashmasi hisoblanib, bir xil mahsulot 
ishlab  chiqaruvchilarni  birlashtiradi.  Natijada  ishlab  chiqarish  monopollashadi. 

Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish