21- Mavzu. Venchur shaklidagi innovatsion biznes
1.Venchur kapitalining iqtisodiy vazifalari.
2.Tavakkalchilikka asoslangan biznesni moliyalashtirishning asosiy xususiyatlari.
3.Venchur asosidagi moliyalashtirishning ustivor yo‘nalishlari.
4.Moliyaviy tavakkalchilikni minimallashtirishning asosiy tamoyillari.
5.Venchur asosidagi biznesni davlat tomonidan tartibga solish.
Annotatsiya
Zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyatni me’yoriy-huquqiy tartibga solish
quyidagilarni ta’minlashi lozim bo‘lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va
joriy qilishni nazarda tutadi:
1)
innovatsion faoliyat mahsulotlarini sotishdan olingan foyda va mablag‘larning
bu ulushini imtiyozli soliqqa tortish hisobiga davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar va
xususiy shaxslar o‘z daromadlarining sezilarli qismini innovatsion faoliyatga kiritishdan
manfaatdorligi;
2)
kooperatsiya bo‘yicha barcha hamkorlar va qatnashchilarning innovatsion
g‘oyani tovar ko‘rinishigacha etkazish va soliq to‘lovlarini kamaytirish yoki soliqlardan
ozod qilish hisobiga ularni bozorda tijorat asosida sotish;
3)
innovatsion faoliyat qatnashchilarining kafolatlangan va imtiyozli kredit olish
imkoniyati;
4)
ilmiy jamoalarning ham, alohida olimlar va mutaxassislarning ham
intellektual mulk huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;
5)
innovatsion jarayon qatnashchilari va ijrochilarining ham, bu jarayonlarni
moliyalashtiruvchi investorlarning ham sug‘urta himoyasi va umume’tirof etilgan ijtimoiy
maqomini ta’minlash.
“Ko‘chirib o‘tkazish” strategiyasi mavjud xorijiy ilmiy-texnika salohiyatidan
foydalanish va yangiliklar kiritishni o‘z iqtisodiyotiga ko‘chirib o‘tkazishdan iborat”. Bu
strategiya birinchi navbatda, YAponiyada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda
foydalanilgan, AQSH, Angliya, Fransiya, Rossiya kabi rivojlangan mamlakatlarda xorijda
talab yuqori bo‘lgan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun yuqori
samarali texnologiya litsenziyalar xarid qilingan, kelgusida fundametal tadqiqotlar va
loyihalardan tortib to innovatsiyalarni joriy qilish, ularni mamlakat ichkarisida va jahon
bozorida amalga oshirishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklni ta’minlagan o‘zining ilmiy-
texnik va ilmiy-islomiy salohiyati yaratilgan.
“O‘zlashtirish” strategiyasi shundan iboratki, arzon ishchi kuchiga tayangan
o‘zining yo‘qotilayotgan ilmiy-texnik salohiyati bir qismidan foydalangan holda ilgari
sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotni ishlab chiqarish
o‘zlashtiriladi, kelgusida ishlab chiqarishga muhandislik-texnik hamkorlik qilish hamda
iqtisodiyotning davlat va bozor shakllarini uyg‘unlashtirgan holda innovatsion faoliyatni
kuchaytirishni ta’minlash, o‘zining ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-konstruktorlik ishlarini
o‘tkazishga qodir bo‘lgan ilmiy-texnik salohiyat tiklanadi”.
121
Do'stlaringiz bilan baham: |