Mavzu boʻyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash
Talabaga muayyan mavzu boʻyicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil boʻlgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos boʻladigan savollar tuzadi.
Bunda oʻqituvchi tomonidan talabaga testga qoʻyiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad koʻzda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishi mumkin. Maslahat jarayonida bajarilgan ishlarning qoʻyilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki toʻldirish taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |