Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining



Download 2,68 Mb.
bet103/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

2. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining

o’zgarish tamoyillari

Korxona foydalanadigan ko’plab resurslar miqdori, ya’ni jonli mehnat, xom-ashyo, yonilg’i va energiya sarflari tovar hajmining o’zgarishiga tez va oson ta’sir qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar hajmi o’zgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, og’ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oralig’ida mahsulot miqdori o’zgarishiga ta’sir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o’tgan davr sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.



Korxona ishlab chiqarish hajmini o’stirish uchun qisqa davrda faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo’lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o’zgartirish uchun etarli bo’lishi mumkin.

Boshqacha aytganda qisqa davr oralig’ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o’zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini ko’paytirish orqali o’zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo’lgan resurslari miqdorini o’zgartirish uchun etarli bo’lgan davrdir.

Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zga-rishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiya-tidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Masalan, engil sanoat tarmog’ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qo’shimcha tikuv mashinasi o’rnatish bilan o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirishi mumkin. Og’ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.

Biz bilamizki, qisqa muddatli vaqt davomida korxona o’zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o’zgaruvchi resurslar miqdorini qo’shib borish yo’li bilan ishlab chiqarish xajmini o’zgartirishi mumkin. Bu erda shunday savol tug’iladi: korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) ko’proq va yanada ko’proq miqdorda o’zgaruvchi resurslarni qo’shib borish yo’li bilan ishlab chiqarish hajmi qanday o’zgarib boradi?

Bu savolga javobni eng umumiy holda samaraning kamayib borishi qonuni beradi. Bu qonunga binoan, ma’lum davrdan boshlab; korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki erga) o’zgaruvchi resurslar birligini (masalan, jonli mexnat) ketma-ket qo’shib borish, har bir keyingi o’zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo’shimcha mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko’rsatuvchi ishchilar soni ko’payib borsa, ishlab chiqarishga ko’proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmini o’sishi tobora sekinlik bilan ro’y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan erning doimiy miqdori (masalan 20 ga) ega bo’lib, unda don etishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, bir gektar erdan 40 tsentner hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo’shimcha bir marta ishlov berilsa, hosil 50 ts.ga ko’tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosilni 57 ts. ga, uchinchisi - 61 ts.ga, to’rtinchisi, aytaylik 63 ts.gacha ko’tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar faqat juda kam yoki nolga teng bo’lgan qo’shimcha hosil beradi.

Bu erda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, samaraning kamayib borish qonuni, o’zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatdan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni har bir qo’shimcha jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi.

Demak qo’shimcha mahsulot, keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo’lgani uchun emas, balki kapital (fondlar) ning mavjud miqdoriga nisbatan ko’p miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi.

Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to’xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o’rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday o’zgarish ro’y beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig’ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o’rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxiri oqibatda ko’proq va yanada ko’proq quvvatlarni ishga tushirish o’rtacha umumiy xarajatlarning o’sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o’zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o’zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar bahosi doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o’rtacha xarajatlarning o’zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o’sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin.

Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo’ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o’sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o’rtacha xarajatlarining pasayishiga ta’sir ko’rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodim-larining ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish.

Korxonada ishlab chiqarish xajmi o’sib borishi bilan qo’llaniladigan mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoniyati ortib boradi. Ishlab chiqarish jarayonida besh yoki oltita operatsiyani bajarish o’rniga, endi har bir ishchi bitta yagona vazifani oladi. Bitta vazifani bajarish imkoniyatini oshirish esa, ishchining mehnat unumdorligini o’stiradi. Bu ishlab-chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.

Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo’yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.

Korxonaning iqtisodiy ahvoli u ishlab chiqarayotgan tovarlarning narxiga bog’liq bo’ladi. Agar narx o’rtacha iqtisodiy xarajatlarini qoplasa bunda iqtisodiy (sof) foyda nolga teng bo’ladi. Agar o’rtacha iqtisodiy xarajatlar mahsulot narxidan past bo’lsa, korxona iqtisodiy (sof) foyda oladi. Ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyati mavjud bo’ladi. Shuning uchun har bir tadbirkor menedjer doimo xarajatlarni o’rtacha narxlarga nisbatan past bo’lishiga erishish yo’llarini qidiradi.

Hozirgi paytda mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni asosiy qismini xom-ashyo materiallar sarfi egallaydi. 100 dollarlik mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan hamma sarf xarajatlarni AQSh da 60%, Yaponiyada 57%, Germaniya, Angliyada 54%, Frantsiyada 52%, Italiyada 49%, Rossiyada 50% dan ortig’ini xom-ashyo tashkil etsa, qolgani mehnat, elektr energiya va yoqilg’ sarflari hamda, amortizatsiya tashkil etgan. Bizning respublikamizda ham xarajatlar tarkibi shu ko’rsatkichlardan unchalik katta farq qilmaydi. Xulosa qilab aytish mumkinki, xom ashyo xarajatini kamaytirish imkoniyati kattaroqdir. Isrofgarchilikka yo’l qo’ymay, resurslardan tejab-tergab foydalanish xarajatlarni kamayishiga sabab bo’ladi.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish