Ish davri – ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu vaqt davomida mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida bo’ladi. Ish davrining uzunligi ishlab chiqariladigan mahsulot xarakteriga, qo’llaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi darajasiga bog’liqdir.
Tanaffuslarni ikki sabab: tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta’sir ko’rsatish zarurligi va tashkiliy xarakterdagi sabablar taqozo etadi. Birinchi holda, mehnat buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik jarayonlarning ta’siri ostida bo’ladi. Buning natijasida muayyan foydali samaraga erishiladi yoki iste’mol qiymatlarining shakli o’zgaradi. Bunda mehnat jarayoni qisman yoki to’liq to’xtaydi, ishlab chiqarish jarayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko’ra tanaffuslar vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, shuningdek ishlab chiqarishni tashkil qilish xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo’lish vaqti bu, ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan davrdir. Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik jarayonlarni tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo’llanilishi tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport shoxobchalarini rivojlantirish, xo’jalik aloqalarining samarali tizimini belgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir kiladi. Aylanish tezligi muayyan davr ichida (A) kilingan aylanishlar soni (p) yoki bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: P=A/a; a=A/P
Agar kapital aylanish uzunligi uch oyni (90 kunni) tashkil etsa, u vaqtda p=12/3=4; a=360/4=90 kun bo’ladi.
Turli sohalarda kapitalning aylanish vaqti ularning ishlab chiqarish va muomaladagi sharoitiga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, engil sanoatda band bo’lgan kapitalning aylanish vaqti, kemasozlik va mashinasozlik sanoatlaridagi kapitalning aylanishiga nisbatan qisqa bo’ladi.
Avanslangan qiymatning aylanish tezligi ko’pgina omillarga bog’liq. Bulardan eng muhimlari: unumli kapitalning qanday nisbatda asosiy va aylanma kapitalga bo’linishidir. Shu sababli asosiy va aylanma kapital tushunchalari iqtisodiy mazmunini qarab chikamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |