Ta’sischilik foydasi. Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ta’sischilik foydasi sotilgan aktsiyalar summasi va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo’yilgan mablag’ miqdori o’rtasidagi farqdan iborat.
Dividend. Hissadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi shakllanadi.
Dividend (lotincha dividendus – bo’lishga tegishli) – aktsiya egasiga to’lanadigan daromad. Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli qog’ozning shu turiga qo’yilgan pul mablag’lari (kapital) ning tegishli qismiga o’zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat hissadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg’arishga, soliq to’lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog’liq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo’ladi.
Odatdagi aktsiyalar bo’yicha dividend miqdori hissadorlik jamiyati joriy yilda olgan foyda miqdoriga bog’liq. Imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividend miqdori esa joriy yildagi foyda miqdoridan qat’iy nazar qayd qilingan foiz shaklida o’rnatiladi. Jamiyat tugatilgan taqdirda imtiyozli aktsiya egasiga aktsiyaga qo’yilgan mablag’ uning nominal qiymati bo’yicha qaytariladi.
Hozirgi kunda bizning respublikamizda korxonalarni aktsionerlash-tirishning ikkita yo’nalishi tarkib topdi: birinchi yo’nalishda o’zining huquqiy maqomini o’zgartirmaydigan, davlat mulki bo’lib qoladigan korxonalar, ikkinchi yo’nalishda o’zining huquqiy statusini o’zgartirib to’liq hissadorlik jamiyatiga aylangan korxonalar aktsiya chiqaradi.
Respublikada hissadorlik jamiyatlarni rivojlantirishning asosiy yo’nalishi davlat mulkchiligidagi yirik va o’rta korxonalarni keng ko’lamda hissadorlikka o’tkazish, ular negizida ochiq hissadorlik jamiyatlarini tuzish hisoblanadi. Shu bilan birga ilgari tuzilgan yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari ochiq turdagi jamiyatlar qilib qayta tuzilishi ko’zda tutilgan. Buning ma’nosi shuki, hissadorlikka o’tish jarayoni respublika aholisining keng qatlamlari uchun, shuningdek, horijiy jismoniy va huquqiy shaxslar uchun ochiq bo’lishi lozim. Bunga qimmatli qog’ozlarning ochiq savdosini o’tkazib turish, fond birjasining faoliyatini kengaytirish, investitsiya kompaniyalari, investitsiya fondlari, kliring va agentlik tarmoqlarini tashkil qilish orqali qimmatli qog’ozlar bozori infratuzilmasini vujudga keltirish orqali erishiladi.
Tadbirkorlikning tamoyillari mavjud bo’lib tadbirkor unga amal qilishi juda muhim. Bular quyidagilardan iborat:
1) Mulkiy munosabatlarni ishtirokchisi bo’lish, ishlab chiqarish omillariga va yaratilgan tovarlarga egalik qilish.
2) Iqtisodiy erkinlik ya’ni mustaqil ish olib borish, ishlab chiqarishni boshqarish.
3) Iqtisodiy xatti harakatlar uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olish va ishni natijasiga javob berish.
4) Foyda olishga intilish va uni chora-tadbirlarini ko’rish.
5) Tijorat sirini saqlay bilish.
6) Halol raqobat va bozorda mavjud qoidalarga amal qilish.
7) Imidjga ega bo’lish ya’ni boshqalar ishonchini oqlab obro’-e’tibor orttirish, firmaning obro’sini ko’tarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |