2. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni.
Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar
Taklif deb, narxning har bir darajasida ishlab chiqaruvchilarning ma’lum vaqt ichida tovar yoki xizmatning ma’lum turini ishlab chiqarib, bozorga sotishga chiqaradigan miqdoriga aytiladi. Narx o’zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o’zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi.
Taklif har xil narxlarda sotishga qancha miqdorda mahsulot chiqarilishini ko’rsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovar (taklif) miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Bu o’zaro, to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik taklif qonuni deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |