Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Tovar va uning xususiyatlari



Download 2,68 Mb.
bet45/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

2. Tovar va uning xususiyatlari

Tovar – pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir.

Tovar deb biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulotga aytiladi. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka va almashuv qiymatiga ega bo’lgan bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.

Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishining qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyumdir.

Buyumning yana bir xususiyati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi sifatida bevosita yoxud ishlab chiqarish vositalari sifatida bilvosita kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi.

Xo’sh, tovarning mahsulotdan farqi nimada? Tovar, eng avvalo, o’z iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir.

Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin u yaratuvchining o’z ehtiyojlari emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar ehtiyojini qondiradi. Naflilik qiymati tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bo’lganligi uchungina, u o’zining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning shu xususiyati, ayirboshlanuvchanligi uning almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx ko’rsatkichi almashuv qiymatini yaqqol ko’rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko’plab buyumlar masalan, buloqdagi suvlar, yovvoyi daraxt mevalari naflilikka ega bo’ladi. Lekin ular har doim ham tovar bo’lavermaydi. Buyumlar tovar bo’lishi uchun, u ayirboshlashga mo’ljallangan, ma’lum miqdorda iqtisodiy resurs sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur.

Almashuv tarafdorlarining xisoblashicha, qiymati nimaga asoslanadi? Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga teng-lashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og’irligi, hajmi, shakli va shu kabilar ayirboshkashga umumiy asos bo’la olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. Almashishning zarur sharti ayirboshlanadigan tovarlarning har xil naflilikka ega bo’lishi hisoblanadi. Lekin iste’mol qiymatlar mehnat qiymati nazariyachilari qarashlaricha miqdoriy o’lchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa ular fikricha hamma tovarlar uchun sifat jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bo’lishini taqozo etadi, bunday umumiy narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.

Bu o’rinda so’z mehnatning muayyan, aniq turlari to’g’risida bormaydi. Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi va shu sababli ular aniq iste’mol qiymatlarining xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, ularning hammasi inson mehnati va iqtisodiy resurs sarflari mahsulidir. Aynan shu sababga ko’ra tovarlar bir xil va o’lchovdoshdir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat ya’ni jonli va buyumlashgan mehnat uning qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun almashuv qiymati qiymat shakli bo’lib xizmat qiladi. Tovarning o’zi iste’mol qiymat, ya’ni naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.

Klassiklar fikricha tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab uni ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, naflilikni (iste’mol qiymatni) yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan. Ikkinchi tomondan, mehnat-aniq shakldan qat’iy nazar umuman sarflangan inson ishchi kuchidir. U o’zining shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa boshqa omillar bilan birga tovar qiymatini yaratishda qatnashadi.

Tovarlar qiymatining miqdori iqtisodiy resurslar unumdorligi, xususan mehnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori bilan yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Unumdorlilining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Unumdorlik ortsi, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi. Tovar birligining qiymatiga barcha iqtisodiy resurslar unumdorligi ta’sir ko’rsatadi.

Mehnat unumdorligiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Bu omillar mehnat qurollarining rivojlanishi darajasi va samaradorligi, ishchining malakasi hamda kasb kunikmasi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish darajasi, ishlab chiqarishning to’planuv qo’lami, tabiiy sharoitlardir.




Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish