Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 2,68 Mb.
bet44/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

Natural ishlab chiqarish. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish bo’lgan, bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Iste’mol ko’pincha ishlab chiqarishga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bevosita ushbu xo’jalikning o’zida ro’y bergan. Bunday xo’jaliklar ibtidoiy jamoada hukm surgan. Patriarxal dehqon xo’jaligini va feodal pomestelari ham asosan natural xo’jalik bo’lgan. Natural ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy mehnatdan uning u yoki bu turi endigina ajrala boshlagan. Bunday sharoitda biqiq yoki o’z ehtiyojlarini o’zi qondiradigan ishlab chiqarish organizmlari paydo bo’lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yo’l ochilmaydi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo’jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchan bo’lib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyat cheklab qo’yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’ysunadi. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o’tadi.

Natural xo’jalikning asosiy belgilari quydagilar:



  • Mexnat taqsimoti etarlicha rivojlanmagan;

  • Ishlab chiqarish biqiq xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqaruvchilarning o’z ehtiyojlarini qondirishga bo’ysindirilgan;

  • Ishlab chiqarish bilan iste’mol o’zaro mos kelib, bevosita xo’jalik ichida bir-biri bilan bog’langan;

  • Mehnat tor doirada ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan;

  • Ishchi kuchining harakatchanligi cheklangan.

Tovar ishlab chiqarish. Tovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivojlanishi natijasida paydo bo’ldi.

Tovar xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsullarini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi shundaki, bunda tovar yoki xizmat o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorga sotish uchun yaratiladi.

Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivoj-lanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo’lib boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash qonuni tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. Tovar ayirboshlashga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga tobora ko’proq bog’liq bo’lib qola boshlaydi.

Tovar xo’jaligining va umuman ayirboshlash vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari qanday? Bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir, bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z navbatida, qiyosiy ustunlik printsipi buyicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi. Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jihatdan bir-biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o’z mehnat natijalarini o’zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish zarurligi va yaratilgan mahsulotlarni kimga va qaerga sotishni faqat ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.

Nihoyat, bozor vujudga kelishining muhim shart-sharoitlaridan biri erkin ayirboshlash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va iqtisodiy alohidalik erkin ayirboshlash va xo’jalik sub’ektlari faoliyatining eng samarali yunalishini ko’rsatib beradigan erkin baholarning shakllanishiga yordam beradi.

Shunday qilib tovar xo’jaligining belgilari sifatida qo’ydagilar chiqadi:



  • Ijtimoiy mehnat taqsimotining mavjud bo’lishi;

  • Ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida bir-biridan alohidalashuvi;

  • Mahsulotlarning bozor uchun erkin ayriboshlash maqsadida ishlab chiqarilishi.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish