3. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida
makroiqtisodiy barqarorlikka erishish vazifalari
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida, iqtisodiyotni rivoj-lantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo’lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir. Bu vazifalarni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari hamda ustivor yo’nalishlari Prezidentimiz I.A.Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» kitobida ifodalab berilgan.
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ikkita asosiy vazifa hal qilinadi.
Birinchidan, davlat ixtiyorida bo’lgan mulk o’zining haqiqiy egalari qo’liga topshiriladi.
Ikkinchidan, ko’p ukladli iqtisodiyot va rag’batlantiruvchi raqobatchilik muhiti vujudga keltiriladi.
Mulkni haqiqiy egalari qo’liga topshirish tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratilishini bildiradi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish esa, eng avvalo, mulkning davlat monopoliyasi ekanligiga barham berish va bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi (xizmat ko’rsatuvchi), ammo mulkchilikning turli shakllariga-davlat, jamoa, xususiy va boshqa shakllariga asoslangan ko’pdan-ko’p korxonalar tashkil qilishdan iborat.
Xususiylashtirish jarayonida mulkchilik shakllari o’zgarishi bilan birga, yagona xalq xo’jalik kompleksi sharoitida tarkib topgan tor ixtisoslashgan tarmoq monopoliya tuzilmalariga barham berish imkoniyati ham tug’iladi. Monopoliyalashtirilgan tuzilmalarni xususiylashtirishda ishlab chiqarishning o’zini nisbatan ixchamlashtirish, korxonalarni texnikaviy, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan qayta o’zgartirish loyihalarini ishlab chiqish zarur bo’ladi.
Tashabbuskorlikka asoslangan, shuningdek turli xil kooperativlar, shirkatlar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi yangi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan qismini shakllantirishning ikkinchi qudratli jarayonidir.
O’z-o’zidan aniqki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat korxonalari saqlanib qolib, iqtisodiyotda sezilarli rol o’ynayveradi. Shu sababli, bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi, ular tijoratlashtiriladi, ya’ni foyda uchun ishlaydigan korxonalarga aylantiriladi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo’lidagi muqarrar jarayondir. U eng avvalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi. Tanglik holati inqirozga uchrashning oldini olish uchun ishlab chiqarish, chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning sifati va turini o’zgartirish yuzasidan chora-tadbirlar ko’rishga undaydi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste’mol xossalarini yaxshilashga, uning raqobatga bardoshligini oshirishga majbur qiladi. Bularning barchasi pirovard natijada bozorda talab va taklif o’rtasida qulay muvozanatni ta’minlashga olib keladi. Kengroq ma’noda barqarorlashtirish – bu eng avvalo makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo’l qo’ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining oldini olish, to’lov balansini bir me’yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko’zlab olib boriladigan davlat siyosatidir.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil yondoshuvlar tarkib topgan. Bulardan birinchisi monetar yondoshuv deb ataladi. U pulning qadrsizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to’lovga qodir bo’lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yondoshuvning kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va investitsiya faoliyatining to’xtab qolishiga olib keladi.
Ikkinchisi – ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirishga, tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondoshuv. Bunda bir me’yordagi qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo’lmagan ortiqcha talablarni cheklash bo’yicha tadbirlar bilan uzviy bog’lab olib boriladi.
Respublikada o’tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi yondoshuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg’or tuzilmasiga erishish uchun ustunlikka, istiqbolga ega bo’lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har tomonlama rag’batlantirish, eng muhim bo’g’inlarni aniqlash (neft, energetika, don, paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo’yicha amalga oshiriladigan yondoshuvdir. Boshqalardan ustun hisoblangan etakchi tarmoqlar belgilab olinishi bilan birga, ularning ichki tuzilishini qayta o’zgartirish ham hisobga olinadi.
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan monetar siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil qilishni qo’llab-quvvatlash siyosati bilan birga qo’shib olib borilishi zarur.
Ana shu yondoshuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
Ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo’l qo’ymaslik;
Boshqalardan ustun bo’lgan tarmoqlarda ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirish va rag’batlantirish;
Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash;
Pulning qadrsizlanishini to’xtatish;
To’lov balansi va davlat valyuta rezervlarining holatini yaxshilash;
muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi turmush darajasini yaxshilash.
Byudjet intizomiga rioya qilish va uning kamomadini cheklash barqaror-lashtirishning hal qiluvchi omillaridan biridir. Bunda soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi bosqichda iqtisodiyotni barqarorlashtirishda kredit-bank tizimini, pul muomalasini mustahkamlash, valyuta munosabatlarini tartibga solish ham alohida o’rin tutadi.
Bozor munosabatlariga o’tish davrida milliy valyutani mustahkamlash umummilliy vazifa hisoblanadi. Shu sababli milliy valyutaning barqa-rorligi, uning ichki bozorda erkin almashinuvini ta’minlash uchun respub-likada bir qator dasturlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi.
Birinchidan, milliy valyutaning tovar (xizmat) lar bilan barqaror ta’minlanishiga erishish. Bunda bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirish va ularning umumiy hajmida respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish hal qiluvchi o’ringa ega bo’ladi.
Ikkinchidan, etarli barqaror valyuta zahiralariga ega bo’lish. Bunga respublika eksport imkoniyatini kengaytirish, eksport uchun mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar sonini ko’paytirish va ularning jahon bozoridagi mavqeini oshirish orqali erishiladi.
Uchinchidan, ishlab topilgan har bir so’mni qadrlash va xalq xo’jaligiga sarflangan har bir so’mning foyda bilan qaytishiga erishish. Buning uchun qat’iy moliya-kredit siyosatini izchillik bilan o’tkazish zarur.
To’rtinchidan, pul qadrsizlanishiga, inflyatsiyaga qarshi puxta o’ylangan siyosat o’tkazish. Bunda ichki bozorni mollar bilan to’ldirish, naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga, aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo’l qo’ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega.
Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o’tishida iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o’zgartirish vazifasi butunlay yangi milliy xo’jalik majmuasini bunyod etishga qaratiladi. Bu esa iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tuzilishini, ishlab chiqarilayotan mahsulot, eksport va import tarkibini qayta qurish, shuningdek, eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solishni talab qiladi.
Respublikada bozor munosabatlariga o’tish jarayonida: «Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan amalga oshirish va olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’lidagi mavjud to’siqlarni bartaraf etish – bu sohadagi o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlaridir»1.
Shunday qilib, Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish iqtisodiyotda yangi bozor munosabatlariga asos soladi, iqtisodiy faoliyat erkinligi va tadbirkorlikni namoyon etish uchun sharoit yaratib beradi, ijtimoiy-ma’naviy sohadagi ijtimoiy kafolatlarni mustahkamlaydi.
O’zbekistonda iqtisodiyot sohasida erkinlashtirish va islohot-larni chuqurlashtirish oldiga quyilgan vazifalar quydagilardir:
• Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar erkinligi va iqtisodiy mustaqilli-gini oshirish:
davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik vazifalarini qisqartirish; xususiy biznesga ko’proq erkinlik berish; muassasaviy o’zgarishlarni amalga oshirish, moliya-bank tizimini isloh etishni chuqurlashtirish va rivojlangan bozor infratuzilmasini yaratish.
• Xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish va amalda mulqdorlar sinfini shakllantirish.
• Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni, avvalo, bevosita yunaltirilgan sarmoyalarni keng jalb qilish uchun shart-sharoitlar, kafolat va iqtisodiy omillarni kuchaytirish.
• Kichik va o’rta biznesning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o’rin olishiga erishish;
• Mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirish va iqtisodiyotning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasini ta’minlash.
• Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish.
O’zbekisgonda demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shaklantirishning asosiy ustuvor yo’nalishlari sifatida quydagilarni qayd qilib o’tish mumkin:
• Birinchi ustuvor yo’nalish – mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlab borish
Do'stlaringiz bilan baham: |