Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Tadbirkor (korxona) lar sektori –



Download 2,68 Mb.
bet56/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

Tadbirkor (korxona) lar sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir. U ish yuritish uchun o’z kapitalini yoki qarzga olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi va undan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi.

  • Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.

    Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: baho, raqobat, talab va taklif.

    Baholar nisbati o’zgarib turadi, shuning uchun baho, ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish xajmining o’zgarishi zarurligini aniqlashda yo’l ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o’zgarishlar, o’z navbatida, baholardagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.

    Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:


    • Turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va tengligi hamda xususiylik ustivorligi;

    • Tadbirkorlik, tanlov va narxlar erkinligi;

    • Raqobat kurashining mavjudligi;

    • Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;

    • Bozorni xaridor izmiga bo’ysunishi;

    • Korxona va firmalarning ichki hamda tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlarga moslashuvchanligi.

    Ana shu belgilar mavjud bo’lganda, bozor mexanizmi yaxshi ishlay boshlaydi, xaqiqiy raqobat vujudga keladi, iqtisodiyotni o’z-o’zidan tartibga soladigan, muvozanatga keltiradigan mexanizmi vujudga keladi.

    Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixda tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning birinchi ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllandi, g’arbdagi rivojlangan mamlakatlarda X1X asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va istemolchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotining talab va taklif, erkin bozor bahosi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.

    Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko’rinishi hozirgi zamon rivojlangan aralash iqtisodiyot deb atalib, XIX asrning va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:


    • Mulkchilikning turli shakllariga, yani xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanib, iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi;

    • Kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi monopoliyalar va davlat qo’lida to’planib, milliy va xalqaro miqyosida umumlashganligi;

    • Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;

    • Xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish);

    • Ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda turli xil davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli ijtimoiy taminot va ijtimoiy sug’urta fondlarining vujudga kelishi.

    Bu ikkala turdagi bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyat-lari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi.

    Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishini taqozo qiladi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish, ishlab chiqarishni ixtisoslashishi va kooperatsiyasi; pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy vositalarning qo’llanishi.




    Download 2,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish