REJA
Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari.
Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va o’ziga xosligi.
Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi.
Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.
Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari
Jamiyat taraqqiy etgan sari iste’mol o’sib, ehtiyojlar to’laroq qondirila boradi. Ehtiyojni qondirish usullari ham o’zgaradi. Iste’mol ne’matlari turi ko’payadi.
Inson ehtiyojlari turli-tuman bo’lib, u bularni turli usullar, vositalar orqali qondirishga harakat qiladi.
Insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirikchilik, hayot kechirishni ta’minlashning vosita va usullari majmui iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Iqtisodiy faoliyat inson hayotining asosini tashkil etadi. U juda murakkab, turli hodisa va jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kishilik jamiyati mavjud bo’lar ekan, bu jarayonlar uzluksiz davom etadi. Iqtisodchilar iqtisodiy faoliyatni to’rt fazaga bo’lishadi: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol. Insonlarning xo’jalik yuritish faoliyatining natijasi yalpi mahsulot bo’lib, uning harakati ana shu to’rt fazani bosib o’tadi va uzluksiz takrorlanadi.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. Bu jarayonda ishlab chiqarish omillari birikib, insonlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlar yaratiladi.
Iqtisodchilar ishlab chiqarishda uch marta yirik inqilob yuz bergan va shunga muvofiq tarzda iqtisodiy taraqqiyotda uch marta yangi davrni boshlab berganini e’tirof etadilar.
Bular: industrial ishlab chiqarishga qadar bo’lgan toindustrial, industrial (sanoat) va postindustrial ishlab chiqarishlardir.
Ishlab chiqarishning industrial rivojlanishiga qadar bo’lgan (toindustrial) bosqichi quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan:
Iqtisodiyotning dastlabki sohasi – qishloq xo’jaligi ustuvor o’rinni egallagan.
Aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan band bo’lgan.
Ishlab chiqarish qo’l mehnatiga tayangan.
Mehnat taqsimoti nihoyatda past, natural xo’jalik yuritishga asoslangan.
Aholi ehtiyojlari nisbatan turg’un holatda bo’lgan.
Ishlab chiqarishning bu bosqichi hozir ham ayrim Afrika mamlakatlari (Mali, Gvineya)ga xos.
Er shari aholisining ko’payishi, ehtiyojlarning o’sishi, ularning qondirish yo’llarini qidirishga majbur qildi. Bu oxir-oqibat sanoat to’ntarishiga olib keldiki, u Angliyada XVIII asrning 60-yillarida boshlanib, AQSh da XIX asrning 50–60-yillarida yakunlandi. Qo’l mehnati mashinalar zimmasiga yuklatildi.
Industrial bosqich quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
Iqtisodiyotda asosiy rolni mashinalashgan sanoat ishlab chiqarishi o’ynaydi.
Sanoat rivojlanishi boshqa muhim tarmoqlar (qishloq xo’jaligi, qurilish, transport)ni ham qayta qurishga olib keladi.
Aholining aososiy qismi industrial tarmoqda band bo’ladi.
Mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ro’y berib, ko’plab yangi tarmoqlar vujudga keladi. Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil qilishning murakkab shakli – tovar ishlab chiqarish rivojlanadi.
Aholi urbanizatsiyasi ro’y beradi.
Aholining ko’pchilik qismi shaharlarda yashay boshlaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi turli tuman ehtiyojlarni qondirish uchun yo’l ochadi.
Ikkinchi «demografik portlash» iqtisodiyotni industriallashtirish bilan bog’liq. Keyingi 350 yillarda dunyo aholisi 7 marta ko’paygan. Dunyo aholisining, ayniqsa oxirgi 50 yil ichida tez sur’atlar bilan o’sishi kuzatilgan.
Buning natijasida ehtiyojlarni qondirish bilan cheklangan ishlab chiqarish imkoniyatlari o’rtasida qarama-qarshilik kuchayib bordi. Bu qarama-qarshilik XIX asrning 50-yillarida ro’y bergan fan-texnika inqilobi natijasida echilmoqda. U xo’jalik rivojlanishi uchun kelajakda nihoyatda katta imkoniyatlar yaratadi.
Postindustrial bosqich quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
Iqtisodiyotning muhim sohasi – xizmat ko’rsatish nihoyatda tez rivojlanadi. Unda ishlovchilarning 50–70% i band bo’ladi.
Fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi. Fan yutuqlari asosida ishlab chiqarishda tabiatda mavjud bo’lmagan mahsulotlar yaratiladi.
Xo’jalikning barcha tarmoqlarida va maishiy maqsadlarda informatika va hozirgi zamon hisoblash texnikasi yutuqlaridan keng foydalaniladi. Jismoniy va aqliy mehnatni avtomatlashtirish kuchayadi.
Korxonalarda fan xodimlari va yuqori malakali mutaxassislarning roli tezlik bilan oshib boradi.
Barcha turdagi resurslarni iqtisod qiladigan, mahsulotni yuqori sifatli bo’lishini ta’minlaydigan yuqori texnologiyaga o’tish amalga oshiriladi.
Barcha kishilarning eng zarur ehtiyojlarini to’la qondirishni ta’minlash, yuqori darajadagi ehtiyojlarni kengaytirish imkoniyatlariga ega bo’linadi.
Ishlab chiqarishdan maqsad iste’mol, lekin bozor xo’jaligida pirovard maqsad bilan tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi mos kelmasligi mumkin. Pirovard maqsad iste’mol ya’ni, ehtiyojni qondirish bo’lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi xarajatlarini qoplab, foyda olishdir. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilinmay, bozorda ayirboshlanadi va keyin iste’molga kelib tushadi.
Ayirboshlash jarayonida mahsulotlar ma’lum miqdoriy nisbatda bir-biriga almashtiriladi. Ayirboshlash moddiy ne’mat va xizmatlarning bir sub’ektdan ikkinchisiga o’tish jarayonini bildiradi. Tarixan olib qarasak, ayirboshlash ikki xil: mahsulot va tovar ayirboshlash shaklida yuz beradi. Mahsulot ayirboshlash barter deyiladi.
Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi, rivojlanishi bilan tovar ayirboshlash amal qiladi.
Bir mahsulotni ikkinchisiga pul vositasida, ma’lum narx asosida, ya’ni oldi-sotdi yo’li bilan ayirboshlash – tovar ayirboshlash deyiladi. Bunda tovar pulga ayirboshlanadi, keyin esa bu pulga xohlagan boshqa tovarni sotib olish mumkin bo’ladi.
Hozirgi paytda neoklassik yo’nalish vakillari tomonidan ayirbosh-lashning unumli ekani, uning jamiyat boyligi ko’payishiga ta’sir ko’rsatishni ta’qidlaydilar.
Bu xususda A.Marshall shunday fikrni ilgari suradi. Umuman olganda inson moddiy ne’matlar yaratadi, deyishimizning o’zi to’g’rimi? Vaholanki, inson faqatgina tabiat yaratgan narsalarnigina foydaliroq tarzda ehtiyojlarini qondirishga moslashtiradi. Masalan, yog’ochdan stol yasaydi yoki xom ashyo materialini shunday joylashtiradiki, uni tabiatga nisbatan ko’proq foydali bo’lishini oxiriga etkazadi. Shu nuqtai nazardan ayirboshlash, ishlab chiqarishga o’xshab, ne’matlarni ma’lum makonda «ko’chib yurishni» ta’minlab, inson ehtiyojlarini to’laroq qondirishga xizmat qiladi. Bu jihatdan agar boylikni faqat moddiy, qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ko’radigan narsa sifatida emas, balki inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish nuqtai nazaridan qarasak, ayirboshlash ham boylikning ko’payishiga xizmat qiladi.
Boylik faqat moddiy ishlab chiqarishda yaratiladi, deb ta’kidlash xizmatlar ko’rsatishni nazar-pisand qilmaslikka oxir-oqibat bu soha rivojlanishining sekinlashishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |