Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Ommaviy iste’mol jamiyati



Download 2,68 Mb.
bet32/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

Ommaviy iste’mol jamiyati. Bu bosqichda ommaviy iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ustuvor ahamiyatga ega bo’ladi. Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari rivojlanadi. Uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish etakchi o’ringa chiqadi. Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati iste’mol uchun ishlaydi. Bu kontseptsiyada rivojlanish asosini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi tashkil etadi.

Jahon iqtisodiy adabiyotida ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni tasniflashga madaniylashgan yondashuv ham o’z urniga ega. Unga ikkita belgi asos qilib olinadi:

  1. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning hukmron shakli.

  2. Iqtisodiy faoliyatni boshqarish, uyg’unlashtirsh va tartibga solish mexanizmi.

Shu asosda bozor, buyruqli, aralash va an’anaviy iqtisodiy tizimlar ajratiladi.

Mulkning tarkibi jihatidan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar ikkiga: monostrukturali hamda polistrukturali tizimlarga ajratiladi. Bunday yondashuvda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar bir mulk shaklining hukmron bo’lishi yoki bir mulk shakli hukmronligini inkor qilish nuqtai nazaridan qaraladi.

Monosturkturali, ya’ni bir mulk shakli hukmron bo’lgan tizim mulkiy monopoliyaga asoslanadi. Bu hukmronlik xususiy mulk yoki davlat mulkining hukmronligi bilan ajralib turadi. Yakka mulk monopoliyasiga tayangan iqtisod monotizm yoki monoiqtisod bo’ladi. Qadimiy Sharqda u davlat mulkiga asoslangan «osiyocha ishlab chiqarish usuli» bo’lib, ishlab chiqarish omillari davlat qo’lida to’plangan. Er, suv, har xil inshootlar, hatto ish kuchi ham davlatniki bo’lgan.

G’arbda esa monoiqtisodiyot asosan xususiy mulk monopoliyasiga tayangan. U qadimgi dunyo va o’rta asrlarda quldorlar va feodallarning mulkiy hukmronligi va ishlab chiqaruvchilarning tobeligi tarzida namoyon bo’lgan.

Klassik kapitalizmda ulardan farqli ravishda, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida ishlab chiqaruvchilar shaxsan qaram bo’lmagan. Lekin mulkdan mahrum holda tirikchilik qilish uchun mulk egalari qo’ygan shartga rozi bo’lib ishlashga majbur bo’lgan.

Klassik kapitalizmning o’ziga xos belgisi bu mulkning individual, yakka kapitalistik xususiy mulk shakliga kirishidir. Jamiyat a’zolarining bir toifasi mulk egasi, ikkinchi toifasi mulksiz bo’lgani uchun ular o’rtasida noteng munosabatlar yuzaga keladi. Ya’ni yaratilgan mahsulotdan mehnat omilini ulushi – ish haqi uning haqiqiy ulushiga qaraganda kam to’lanadi. Jamg’arish kapital to’plab boylik orttirish bo’lganidan unga katta e’tibor beriladi. Shuning uchun ishlab chiqarish vositalarini yaratadigan sohalarning ustuvorligi ta’minlanadi.

Klassik kapitalizm XVIII asrning oxiridan XX asr ikkinchi yarmigacha davom etib, o’zidan avvalgi quldorlik va feodalizmdan muhim afzalligi – mehnat unumdorligini oshirish qobiliyati bilan ajralib turadi. Uning tarixiy o’rni shundaki, bu tizim industrial ishlab chiqarishga asos yaratadi.

Monoiqtisodiyotning o’ziga xos shakli davlat mulk monopoliyasiga asoslangan sotsialistik tizimdir. U davlatning iqtisodiyot ustidan qattiq nazorat o’rnatishiga asoslangan. Ishlab chiqarish vositalari, barcha jamiyat a’zolariniki deb, e’lon qilingan bo’lsada, mulkni tasarruf qilish davlat qo’lida bo’lgan. Iqtisodiy faoliyat davlat tomonidan markazdan turib rejalashtiriladi va boshqariladi. Davlat belgilagan reja quyi bo’g’inlar, korxonalar uchun majburiy bo’lib, uni bajarish shart bo’lgan. Davlat narx-navo ustidan qattiq nazorat o’rnatgan. Narx davlat qo’mitasi tomonidan belgilangan. Yaratilgan mahsulot, olingan daromadlar ham davlat belgilagan qattiq tartib asosida taqsimlangan. Ish haqi miqdori ham davlat tomonidan belgilangan. Kredit berish, tashqi aloqalar ham davlat monopoliyasi bo’lgan. Davlat mulkidan tashqari jamoa mulki ham mavjud bo’lsada, u ham davlatlashtirilgan. Jamoa xo’jaliklari eng avvalo, davlat erida faoliyat yuritganlar, moddiy resurslarni davlatdan olib, ishlab chiqarilgan mahsulotni davlatga u belgilangan narx bo’yicha sotgan. Davlat rejasiga binoan ish yuritgan. Jamoa mulki amalda davlatga qaram bo’lgan.

Aholi daromadlari past bo’lsada shaxsiy mol-mulk cheklangan, uni daromad olish yo’lida ishlatish ma’n qilingan. Xususiy mulkka ruxsat berilmagan.

Bunday iqtisodiy tizim totalitar, rejali iqtisodiy tizim deb ham yuritilgan. Uning asosiy maqsadi iqtisodiyotni xar taraflama davlatlashtirishdir.

Bu monotizimning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, hamma resurslarni davlat qo’lida to’plash, ularni katta qismini jamg’arish imkonini beradi. Siyosiy ma’muriy yo’l bilan yaratilgan milliy daromadning asosiy qismini tortib olib, jamg’arish jadallashtiriladi. Bunda kapitalistik monotizmi echib ulgurmagan jamg’arish muammosini totalitar sotsialistik tizim bajaradi. Shuning uchun bu tizim nisbatan iqtisodiyot agrar ishlab chiqarish ustun, industrlashtirish orqada bo’lgan mamlakatlarda o’rnatilganligi bejiz emas.

Keyingi rivojlanish bosqichida monoiqtisod o’rniga poliiqtisod keladi. Polistrukturali tizim asosini turli – tuman mulkchilik va ayrim mulk shaklining ustuvorligini inkor qilish tashkil etadi. Bunday tizimda mulkiy muvozanat hosil bo’ladi hamda hamma mulk shakllarining rivojlanishi uchun bir xil sharoit yaratiladi. Albatta, monoiqtisodiyotning poliiqtisodiyotga o’tishi darhol yuz bermaydi.

Rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon 20-yillardan boshlangan bo’lsa, sobiq sotsialistik mamlakatlarda 80-yillardan boshlandi.




Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish