Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar



Download 2,68 Mb.
bet11/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o’rganadi.

Boshqacha qilib aytganda bu fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish hisoblanadi.



Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning ichki o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.

Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqealikning umumlashgan nazariy ifodasi bo’lib, u ob’ektiv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xarakterga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularning hoxish irodasiga bog’liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va shart-sharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda mavjud bo’lmaydi, balki aynan ularning faoliyati, xatti -harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo’ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning mazmunini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, ulardan o’zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim bo’ladi. Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar kishilarning xohish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo’jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi.

Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo’lib, tarixiydir va o’zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog’liq bo’lib kishilik jamiyati mavjud bo’lganda paydo bo’ladi va amal qiladi.

Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

1.Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o’sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xarakteri va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar;

2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo’lgan davrlarda mavjud bo’ladi.

3. Maxsus o’ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarning mazmunini ham ochib beradi.

Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.

Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Ular nihoyatda ko’p va xilma-xildir. Bozor, pul, tovar, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit, bank va boshqa shu kabi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo’la oladi. Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy tushunchalar, iqtisodiy hodisalarning mazmunini ifoda etadi.



Bir iqtisodiy qonun ikki yoki bir nechta ilmiy tushunchalar bo’lishi mumkinki, ularni bilmasdan turib shu iqtisodiy qonunning mazmunini tushunish va uning tabiatini bilish ancha qiyin. Masalan, talab qonuni mohiyatini bilib olishimiz uchun baho va talab tushunchalari mazmunini bilishimiz zarur bo’lsa, tovar, pul, qiymat, baho, mehnat, kabi tushunchalarning mazmuni bilan tanish bo’lgandan keyin , qiymat qonunini tushunib olish mumkin. Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.


  1. Download 2,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish