Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Takrorlash uchun savollar



Download 0,5 Mb.
bet91/119
Sana12.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#884005
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119
Bog'liq
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi

Takrorlash uchun savollar:


    1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalarini ayting. Kreditning sudxo’rlikdan farqi nimada?

    2. Qanday kredit turlarini bilasiz? Tamoyillarini-chi?

    3. Bank foizi bilan ssuda foizi nimasi bilan farqlanadi?

    4. Protsent normasiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?

    5. Kredit tizimi bilan bank tizimining qanday farqi bor? Ularning tarkibini guruhlang.

    6. Pul multiplikatori qanday amal qiladi, tushuntiring. Nima sabablan u pulni ko’paytiruvchi rolini o’ynaydi? Uni qanday hisoblaymiz?

    7. Davlat krediti boshqa kredit turlaridan qanday farqlanadi?

    8. Markaziy bank qanday bank, boshqa banklardan nimasi bilan farq qiladi?

    9. Markaziy bank pul muomalasini qanday tartibga soladi? Bunda qanday usullardan foydalanadi?

    10. Markaziy bankning “arzon” va “qimmat” pul siyosatining farqi nimada va ular qachon qo’llaniladi?



Asosiy adabiyotlar:


1,2,3,4,5,6,7,12,13,16,21.

Qo’shimcha adabiyotlar:


6,8,9,12,16,29.

17-MAVZU. BOZOR IQTISODIG’TINI TARTIBGA SOLISH. DAVLATNING IQTISODIY ROLI.


REJA:

  1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli hakidagi nazariya va qarashlar.

  2. Iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari.

  3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari.



    1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar.


Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko’p omilli ko’rsatkich bo’lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq bo’lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo’li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erilishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xarakterli xisoblanadi.


Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sababalarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega bo’ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat kilishga majbur kiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb xisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib - qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to’lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo’lgan milliy iste’molchilar yutqazadi.

  1. Smitning "Tinch qo’yish" nazariyasi, 1923 - 1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqazo qildi.

Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Djon M.Keynsning "Ish bilan bandlilik, protsent va pulning umumiy nazariyalari" nomli kitobida o’z aksini topdi (1936). Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.
Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda krizisga qarshi siyosat o’tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat tsiklining o’zgarishini yo’qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugallangan nazariya sifatida AQShda amalga oshirildi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko’rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo’lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko’proq oshib borishi ro’y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishni muhim maqsadi sifatida nafaqat tsikliga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni ta’minlash, balki iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag’batlantirish tan olinadi.
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvini nima belgilab beradi?- degan savol tug’ilish tabiiy.
Birinchidan, davlat o’ziga milliy iktisodiyotda bozor vositasida o’z - o’zini tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali bajarish mumkin bo’lmagan vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta’minlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Ikkinchidan, bozor iqtisodi sharoitida hususiy ishlab chiqarish va iste’mol bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug’diradi.
Bu oqibatlar bevosita uchinchi shaxs manfaatida aks etadi va demak kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta’sir qiladi. Masalan, chiqitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu kompaniya yoki individual ishlab chiqarishga) foydali, atrof muhitni ifloslanishiga olib kelishi esa boshqa kishilar uchun qo’shimcha salbiy oqibatga ega.
Davlat yakka tadbirkor yoki istemolchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo’shimcha ijobiy samarani rag’batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog’liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro’y beradiki, individual istemolchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qilishning oqibatlarini ob’ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni kengaytirish va aksincha sog’liq uchun zarar tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o’z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari yuqori aktsiz (egri) solig’ini o’rnatilib, bir tomondan o’zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni sotib olish talabini cheklaydi.
To’rtinchidan, davlat o’z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to’lovga qobil talabini qondirishga teng imkoniyatni ta’minlaydi. Ammo bu bozorning milliy
boylikni ijtimoiy - adolatli taqsimlashni ta’minlashini bildirmaydi. Bunday sharoitda davlat aholining kam ta’minlangan qatlamini turmush darajasi haqida G’
amxo’rlik qilishi, pulsiz (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko’rsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga oladi.
Beshinchidan, hozirgi sharoitda iqtisodiy o’sishning barqaror izchilligini rag’batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.

    1. Download 0,5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish