Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
Umumdavlat byudjeti bilan birga hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) byudjeti ham mavjud bo’ladi. Bu mavjud moliyaviy resurslarni ancha to’laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Hokimiyat quyi organlari byudjetining daromadlari o’z hududidagi korxonalar daromadidan, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi. Ularning daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar hisobiga ham to’ldiriladi.. Hokimiyat quyi organlari byudjet mablag’lari tegishli hududda ta’lim, sog’liqni saqlash, obodonchilik, yo’l qurilish va shu kabilarga sarflanadi. Davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug’urtasi umumdavlat moliyasining keyingi bo’g’ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to’lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag’lari mol-mulkiy sug’urtasiga va shaxsiy sug’urtaga pul to’lashni ko’zda tutadi. Shaxsiy sug’urta aholining pul jamg’armalarini tashkil qilishning shakllaridan biri bo’lib ham xizmat qiladi. 1 Jadval ma’lumotlari O’zbekiston respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga tayangan holda tuzilgan. Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy siyosiy va ma’rifat ishlari bilan shug’ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o’z ichiga oladi. Kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va boshqa ilmiy ma’rifiy jamiyatlarning ham o’ziga xos moliyasi mavjud bo’ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai, tashkilot a’zolarining kirish puli va badallari, tijorat faoliyatidan kelgan daromad, xomiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag’lardan iborat bo’ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondlari ham alohida o’rin tutadi. Bu fondlar turli xo’jalik sub’ektlari va aholining pul mablag’larini aniq bir maqsad yo’lida birlashtiradi va ishlatadi. Mazkur fondlarga respublikamizda amal qilib turgan “Mahalla”, “Navro’z”, “Orol” va “Ulug’bek” fondlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’urta (ijtimoiy sug’urta, tibbiy sug’urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi. Download 0,5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |