Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Ishsizlik darajasi ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi



Download 0,5 Mb.
bet54/119
Sana12.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#884005
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119
Bog'liq
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi

Ishsizlik darajasi ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.



Ishchi kuchi soni
Ishsizlik darajasi = Ishsizlar soni
x 100

«Ishchi kuchi»ga ishlay oladigan va ishlashni hohlagan barcha kishilar kiradi. Ishchi kuchi - ishlovchilar va faol ish izlovchilardan iborat bo’ladi. Boshqacha aytganda, band bo’lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi. Ishsizlarga ish bilan band bo’lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqda tegishli xizmat muassasalariga (mehnat birjalariga) bildirgan kishilar kiradi. Mehnat qilishga layoqatli bo’lib, ishlashni hohlamagan va ish izlashga harakat qilmaganlar ishsizlar tarkibiga kirmaydi. O’zbekistonda ishsizlik darajasi quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi.





Respublikada ishsizlik darajasi, 1995-2000 y1.


6-jadval.



Ko’rsatkichlar

Yillar

1995

1996

1997

1998

1999

2000

2002

1.

Ishsizlar soni (ming kishi).

31,0

33,9

35,4

40,1

45,2

42,0

40,3

2.

Ishsizlik darajasi

0,4

0,4

0,4

0,5

0,5

0,4

0,4

2002 yilda Respublika bandlik xizmati muassasalariga ishga joylashtirish bo’yicha 448,2 ming kishi murojat qilgan bo’lsa, shu yili «Bandlik» dasturini bajarish doirasida 322,2 ming yangi ishchi o’rinlari vujudga keltirilgan


Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham hisobga olish zarur bo’ladi. Chunki ishsizlikning o’zi haddan tashqari yuqori darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari, ishlab chiqarilmagan mahsulot bilan taqqoslanib baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha uchun etarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo’lmasa tovar ishlab chiqarish potentsial imkoniyatining bir qismi yo’qotiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo’qotish yalpi milliy maxsulot YaMM hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaMMning potentsial YaMMdan kam bo’lgan hajmi sifatida ko’rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, YaMM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo’ladi.
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaMM hajmining orqada qolishi o’rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu nisbat G’arbda Ouken qonuni sifatida tanilgan bo’lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo’lsa, YaMM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko’rsatadi. 1:2,5 yoki 2:5 bo’lgan bu nisbat, ishsizlikning har qanday darajasi bilan bog’liq ravishda mahsulotning mutloq yo’qotilish hajmini hisoblash imkonini beradi. Masalan, faraz qilamiz, 2003 yil ishsizlik darajasi 7,5 foizga etgan yoki ko’zda tutilgan 4 foizli tabiiy darjadan 3,5 foiz yuqori bo’lgan. Bu 3,5 foizni Ouken koeffitsientiga 2,5 ko’paytirib, shu yili

1 Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi statistika departamenti ma’lumotlari.



YaMM hajmining orqada qolishi 8,75 foizni tashkil qilishini aniqlaymiz. Boshqacha aytganda agar 2003 yil to’liq bandlilik sharoitida ishsizlikning tabiiy darajasi ta’minlanganda, YaMM haqiqiy darajasidan 8,75% ga ko’paygan bo’lur edi. Agar 2003 yil nominal YaMM 330 mlrd. so’m bo’lgan deb faraz qilsak, ishsizlikning tabiiy darjasiga erishilmaganligi sababli iqtisodiyot 29 mlrd. so’mlik (330 *8,75) mahsulotni yo’qotgan bo’ladi.
Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potentsial hajmidan ortib ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past bo’lgan davrlarda ro’y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo’shimcha smenalarini jalb qilish, kapital uskunalardan o’rnatilgan normativdan yuqori darajada foydalanish, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o’rindosh ishlarda band bo’lish kabilar buning asosiy sabablaridir.
Ishsizlik – bu nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy oqibatlarga ham ega bo’ladi. Turg’unlik depressiya fazasi ishchi kuchining faoliyatsizligiga sabab bo’ladi, faoliyatsizlik esa malakaning yo’qolishiga hamda ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklarga olib keladi.

    1. Download 0,5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish