Iqtisodiy tsikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani, eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Internal nazariya iqtisodiy tsikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar tug’diradi deb hisoblaydi.
Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati, ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy tsiklni tug’diruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.
Agar bir yoki bir necha tarmoqda, mashina - uskunalarga talabning keskin ortishi keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa, to’liq tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi.
Boshqa ichki omillardan quyidagilar ajratib ko’rsatiladi:
shaxsiy iste’molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi;
ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosatining o’zgarishi;
Iqtisodiy tsikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish ko’pam to’g’ri emas. Iqtisodiy tsikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar oqibatida kelib chiqishi mumkin emas.
Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari.
Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko’rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, bayramlar arafasidagi xarid qilish, iste’molchilik tovarlarining faollik sur’atida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo’jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo’ladi.
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya’ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning ortishi yoki pasayishiga bog’liq. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSh) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o’sish bilan xarakterlansa, boshqalari uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos.
Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko’plab nazariy qarashlar mavjud bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |