Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Markaziy bank va uning asosiy vazifalari



Download 353,62 Kb.
bet87/119
Sana30.04.2022
Hajmi353,62 Kb.
#597741
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119
Bog'liq
NSkSU8TVnhBlj6LY637

Markaziy bank va uning asosiy vazifalari.


Kredit tizimida bosh rolni Markaziy bank o’ynaydi. Markaziy bank banklar bankidir. Markaziy bank tijorat banklari ichida XVIII-XIX asr, kapitalizmning dastlabki bosqichidayok ajralib turgan. Davlat faqat Markaziy bankkagina pul emissiyasini topshirgan. Ba’zi Markaziy banklar boshidayoq davlat muassasasi tarzida tashkil etilgan. Masalan, Nemis federal banki, Avstraliya Rezerv banki. Boshqalari ikkinchi jaxon urushidan so’ng milliylashtirilgan. Masalan Frantsiya, Angliya, Yaponiya, Kanada, Gollandiya banklari. Ba’zi MB lar hozirgacha davlat, xususiy mulk asosida faoliyat yuritadi. Masalan: AQSh Federal rezerv (tizimi) sistemasi, 1913 yilda tashkil topgan.


MB, Davlat banki, lekin ba’zi mamlakatlarda tijorat-aktsionerlik banki tarzida ish yuritadi. Bunda bosh aktsioner bo’lib davlat maydonga chiqadi. Masalan: Shvetsariya banki.
MB, eng avvalo davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshiradi. MB qator vazifalarni bajaradi, ular ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: MB banklarini ro’yxatga oladi. Ularga ruxsatnoma beradi. Ana shundan keyingina bank o’z faoliyatini boshlashi mumkin.
MB tijorat banklarini faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga soladi. MB faoliyatini tarkibiy qismi monitoring - ssudaga berilgan pulni olingan maqsad bo’yicha ishlatishini nazorat qilish, olingan mablag’larini muddatida qaytarish imkonini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tijorat banklarini barqaror bo’lishini ta’minlash maqsadida qator majburiy normativlar o’rnatadi:

  1. Ustav fondini minimal miqdorini belgilaydi.

  2. Bankning o’z mablag’lari bilan bank aktivlari o’rtasida nisbatni, balans likvidliligini ko’rsatkichini belgilash.

  3. MB da saqlanadigan majburiy rezerv normalarini belgilash.

  4. Tijorat banklari o’rtasida korrespondentlik schyotlari orqali hisob-kitob ishlarini tashkil etadi.

Tijorat banklari MB ga moliyaviy hisobot topshiradi. U bunga majbur. Markaziy bank Moliya vazirligi bilan hamkorlikda sug’urta va rezerv fondlarini hosil qilish tartibini ishlab chiqadi.
MBning asosiy aktiv operatsiyalari - bu qimmatbaho qog’ozlar chiqarish va ssuda berishdir.
Qimmatbaho qog’ozlar chiqarish. Davlatning qimmatbaho qog’ozlari bu xazina veksellari, obligatsiyalar bo’lib, ular daromadlarning muhim manbai. Bozor iqtisodiyoti sharoitida obligatsiyalar daromad manbai sifatidagina emas, ko’proq tijorat banklari rezervlari miqdoriga ta’sir etishi va bu bilan mamlakatdagi pul massasi miqdoriga ta’sir etish vositasi sifatida maydonga chiqadi.
MB ssudalari. Aktivlarni joylashtirishni boshqa yo’li - bu ssuda berish. MB hukumatga qarz beradi.
Ma’lumki, YaMM ning yarmi va undan ko’prog’i mamlakatlarning davlat byudjetlarida jamg’ariladi. Bu mablag’lar MB ning hisob schetlarida yig’iladi va ulardan xarajat qilinadi. Shuning uchun MB hukumat, muassasa va tashkilotlarning,
milliy hokimiyatlarining hisob varaqalarini yuritadi. Ularda mablag’larni jamlaydi va to’lovlarni bajaradi. Bank davlatga qisqa va uzoq muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini sotib olish yo’li bilan kredit beradi. MB tijorat banklariga ham ssuda beradi. Boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ssuda berilmaydi. MB hamma banklarga qarz olish uchun teng sharoit yaratishi kerak. Ssuda asosan uch maqsadga qaratiladi: rezerv majburiyatlarini bajarish, mavsumiy ssudalar, hamda moliyaviy ahvoli beqaror banklarga shu holatdan chiqib olish uchun yordam berish.
Bundan tashqari MB aktivlarida chet el valyutasi bo’lib, xalqaro valyuta bozorlarida dollar, marka, yena, kabilardan valyuta interventsiyasi o’tkazish vositasi sifatida foydalanadi. MB davlat topshirig’i bo’yicha oltin va chet el valyutasi bilan operatsiyalar o’tkazadi.
O’zaro talabnoma va majburiyatlarni hisobga olishda, ya’ni kliringga asoslangan naqd pulsiz hisob-kitoblar MBning muhim vazifasidir.
MB ning passiv operatsiyalari.

  1. Hukumatning oldi-berdi operatsiyalariga xizmat ko’rsatadi, depozitlaridan o’z majburiyatlarini to’laydi, o’z depozitlarini soliqlar hamda zahiralarini banklar va aholiga qimmatbaho qog’ozlar sotib to’ldirib turadi.

  2. Tijorat banklari rezervlarini saqlash.

MB nuqtai nazaridan tijorat banklari rezervlari - bu uning tijorat banklari oldidagi majburiyatlari bo’lib, MB uchun passivlar hisoblanadi.

  1. Banknota chiqarish, boshqacha aytganda pul emissiyasi. Bunday xuquqga faqat MB ega. U banknotlar tarzida qog’oz pullar emissiya qiladi. Ular muomilaga kiritilgach qo’ldan qo’lga o’tib uning egalarini tovarlar va xizmat bilan ta’minlash

majburiyati tarzda yuzaga chiqadi.
MB har qanday miqdorda pul emissiya qilishi mumkin. Lekin u o’z vazifasini chiqargan pullarini iqtisodiy rivojlanishga mos tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan bo’lsagina bajarishi mumkin. Banknotlar MB ning o’ziga nisbatan qarz majburiyatlari sifatida qaraladi. Undan tashqari MB ning o’z kapitali bor. U bankning

  1. mulki, b) schyotlari, v) protsent shaklida olgan foydasidir.

MB ning soddalashtirilgan balans sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin.


Download 353,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish