Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 353,62 Kb.
bet82/119
Sana30.04.2022
Hajmi353,62 Kb.
#597741
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   119
Bog'liq
NSkSU8TVnhBlj6LY637

Sof foydani bankning o’z kapitaliga nisbati bank foydasi normasini ifodalaydi. Bank foyda normasi ikki omilga; tadbirkorlarning foyda normasi va ssuda protsenti darajasiga bog’liq.
Professor. P. Samuelson va V. Nordxaus “Ekonomiks” da shunday yozishgandi: “Agar firma maksimal foyda olmoqchi bo’lsa, shunday protsentni tanlashi lozimki, foyda normasi protsent stavkasiga qaraganda yuqori bo’lishi kerak”.

foiz stavkasi
r 10
5
0 50 100
150 talab
  1. rasm


r


10

5
0 50 100


150 talab
  1. rasm


foiz stavkasi

Banklarga qo’yilgan omonatlarga belgilangan protsent, aholi pulini qay miqdorda bankka qo’yishi, qimmatbaho qog’ozlar shaklida va naqd pul shaklida saqlashini belgilaydi.


Ssuda kapitaliga talab va taklif asosida muvozanatlashgan ssuda protsenti belgilanadi.
Odatda bozor va o’rtacha protsent normasi farqlanadi. Bozor protsenti normasi bozordagi ma’lum vaqt mobaynida belgilangan protsent bo’lib, bozor konyunkturasiga bog’liq. U iqtisodiyotdagi o’zgarishga: yuksalish yoki tushkunlikka tushishiga qarab tebranib turadi. O’rtacha protsent normasi uzoq muddat davomida uning o’zgarish harakatini ifodalaydi.
Ssuda kapitaliga bo’lgan talab va taklifga qator omillar ta’sir qiladi; - Ishlab chiqarish hajmi; - Jamg’arilgan pul hajmi - ya’ni jamiyatdagi barcha sinflar va tabaqalar jamg’armasi; - Ishlab chiqarish tsikllarini tebranishi; - Ishlab chiqarishning mavsumiy sharoitlari; - Inflatsiya sur’ati; - Davlat tomonidan foiz stavkasini boshqarilishi; - Xalqaro omillar;

  1. - rasmda M1 shartnomasida pulga talab protsent stavkasiga bog’liq bo’lmay, boshqa omillarga: tovarlar narxi summasi, pul birligi oborotining tezligiga bog’liq bo’lganda, talab chizig’i y o’qiga parallel bo’ladi. b)-rasmda jamg’arish uchun pulga talabning protsent stavkasi bilan bog’liqligi ifodalangan. Protsent stavkasi qancha yuqori bo’lsa, naqd pul holida jamg’arib saqlash shuncha qimmatga tushadi. Shuning uchun pulni bankda saqlashga intilish kuchayadi. Foiz stavkasi past bo’lganda, aksincha likvidliligi eng yuqori 100 % bo’lgan naqd pul shaklida saqlashga intilish kuchayadi. Shu bilan birga qarz oluvchilar uchun aksincha protsent stavkasi yuqori bo’lsa pulga talab shuncha kam, aksincha bo’lsa yuqori bo’ladi. v) rasmda pulga bo’lgan umumiy talab va protsent stavkasi muvozanati ko’rsatilgan.

G

Stavka %


GA

M d M


Pulga umumiy talab Dm bilan taklif Sm o’rtasidagi muvozanatni pul bozorida protsent stavkasi belgilaydi. Misolimizda rA ekan.


Kapital bozorida kapitalning muvozanat narxi ya’ni to’lanadigan protsent bir tomondan kapitalning me’yoriy unumdorligi (me’yoriy daromad) ning pasayishi, ikkinchi tomondan boy berilgan imkoniyatlar, me’yoriy xarajatlar xullas bozor qonuniyatlari asosida shakllanadi.
Protsent stavkasini belgilashda qarz berishni xatarlilik darajasi ham katta rol o’ynaydi. Iqtisodiy faoliyatdagi xavf - xatarning mavjud bo’lishi, bu bozor iqtisodiyotiga xos. O’z pulini qarzga berar ekan uning egasi doimo tavakkal qiladi. Chunki hisobga olinmagan omillar bo’lishi mumkin, yoki hisobga olingan taqdirda ham siyosatning o’zgarishi, soliqlar va boshqalarni o’zgarishi va boshqalar sodir bo’lishi mumkin. Ssuda berilayotganda xavf - xatar qancha yuqori bo’lsa, shuncha protsent stavkasi yuqori bo’ladi. Bu ayniqsa qimmatbaho qog’ozlar bozorini tahlil qilganda aniqroq bo’ladi. Chunki qimmatbaho qog’ozlarni ishonchliligi, daromadliligi doimo bank protsentiga teskari proportsional.
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy echimlarning alternativ (muqobilligi), ya’ni pul egasining ular orasidan o’zi uchun eng optimalini tanlash imkoniyatiga ega ekanligi bozor iqtisodiyotini afzalligini yana bir bor ko’rsatadi. Protsent belgilashda vaqt omili juda muhim rol o’ynaydi. Pul egasi o’z pulini shu kundagi ehtiyojiga sarflamay qarzga berayapti. Uni nima majbur qiladi?
Iqtisodiyot nazaryasi shuni ta’kidlaydiki inson doimo hozirgi kundagi ne’matlardan foydalanishni, kelajakdagi iste’moldan yuqori baholaydi. Bu xalq maqollarida ham o’z ifodasini topgan: ”Osmondagi turnadan, guldagi chittak yaxshi”, ”Yutganim o’zimniki, chaynaganim gumon”. Qanday tizim bo’lishidan qat’iy nazar, insonning ana shu fazilati o’zgarmas ekan. Insonni xozir qondirishi mumkin bo’lgan ehtiyoji keyinga qoldirmasdan qondirishga, ne’matlardan foydalanishga intiladi. Bunga sabab eng avvalo insonning xayoti cheklangan, o’lim haq uni qachon yuz berishini bilmaymiz. Turli ne’matlarni iste’mol qilishni keyinga surish bilan ulardan umuman foydalanmasligimiz mumkinligi xavfiga yo’l qo’yamiz, chunki kelajakda nima bo’lishi noma’lum. Bundan kelib chiqadiki pul egasini ana shu xatarga yo’l qo’yib o’z resurslarini bugungi kunda tasarruf qilishni boshqa birovga berishni taqdirlangandagina u qarz berar ekan. Taniqli iqtisodchi P.Xeyne protsent bu insonlar boshqalar puli hisobiga resurslardan hozirda foydalangangani, ya’ni o’zi ishlab daromad olib, keyin shu resurslarni sotib olish o’rniga hozirda foydalanishi imkoniga ega bo’lgani uchun to’lanadigan xaq deydi.
Protsent darajasiga bulardan tashqari quydagilar kiradi;

      • Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan olinadigan naf;

      • Qarz to’lash muddati va sharti;

      • Qarz qanday pul bilan erkin konvertrlanadigan valyutadami yoki oddiy valyutada bo’lishi.

      1. Download 353,62 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish