Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Soliq tizimi va uning vazifalari



Download 353,62 Kb.
bet62/119
Sana30.04.2022
Hajmi353,62 Kb.
#597741
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   119
Bog'liq
NSkSU8TVnhBlj6LY637

Soliq tizimi va uning vazifalari




Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo’lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq - bu byudjetga majburiy to’lovlar shakli.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);

  • ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);

  • iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).

Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o’sishi o’z navbatida soliqlarning o’sishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi.
Hozirgi davrda umumiy tendentsiya bo’lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o’sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.

  1. Aholi sonining o’sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o’zgarmay qolgan taqdirda ham, aholining o’sgan qismini ijtimoiy ne’matlar va hizmatlar bilan ta’minlash qo’shimcha mablag’larni zarur qilib qo’yadi.

  2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush darajasining ortishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.

  3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o’sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko’p miqdordagi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish havo, suv va erning ifloslanishi shaklidagi qo’shimcha xarajatlarning o’sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muhit muammosini hal qilishda asosiy rol davlat zimmasiga tushadi.

  4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan ijtimoiy sug’urtani rivojlantirish, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot, tekin tibbiyot yordamlari davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy joy qurilishi kiradi.

  5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligining ta’minlash xarajatlari hajmining o’sishi.

Hozirgi davrda davlatning soliq siyosatini O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi.
Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to’lovchilari soliq undirishning ob’ektlari, soliq to’lash tartibi, soliq to’lash bo’yicha imtiyozlar, soliq to’lash bilan bog’liq ravishda kelib chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonunlari bilan aniqlanadi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy printsiplar asosida amalga oshiriladi:

  • barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog’liq bo’lmagan holda soliq undirishning majburiyligi;

  • soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;

  • samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo’jalik yuritishning progressiv shakllari uchun soliq normalarining rag’batlantiruvchi rolini ta’minlash;

  • soliq to’lovi bo’yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.

Soliq stavkasini belgilash bir qator printsiplarga asoslanadi.

  1. Naflilik printsipi - har xil kishilardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.

Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R)` deyiladi yoki,



D
R= R *100%



  1. To’lovga layoqatlilik printsipi - soliq miqdori soliq to’lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilish zarur.

  2. Adolatlilik printsipi - daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo’yicha teng bo’lgan kishilar teng miqdorda soliq to’lashi zarur.

Soliq bo’yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida o’rnatiladi. Soliq imtiyozlarining amaliyotda quyidagi turlari keng tarqalgan:

  • ob’ektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;

  • soliq to’lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush fahriylarini) ozod qilish;

  • soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;

  • soliq olinadigan summadan chegirish;

  • soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum miqdorga kamaytirish).

Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi.
Soliq stavkasi va daromadlar o’rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o’sib boruvchi), proportsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo’linadi.

  1. Agar soliqning o’rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan o’sib borsa, progressiv soliq hisoblanadi.

  2. Daromadlar o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi.

  3. Proportsional soliq o’rtacha soliq stavkasi daromad hajmiga bog’liq bo’lmagan holda o’zgarishsiz qolishini taqazo qiladi.

Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot tannarxiga qo’shilish usuli (to’g’ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi.
Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko’rsatib, iqtisodiy faollikni tartibga solishning vositalaridan biri rolida ham chiqadi.
Bunda davlat butun xo’jalik kon’yunkturasiga umumiy ta’sir ko’rsatish maqsadida, soliq mexanizmidan keng foydalanadi. Davlat iqtisodiyotdagi turg’unlik holatini bartaraf qilish uchun imtiyozli soliqlar yordamida kapital quyilmalarni rag’barlantiradi, hamda shu orqali iste’molchilik va investitsion tovarlarga yalpi talabni kengaytirish uchun ancha kulay sharoit yaratadi. Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o’sishiga olib kelishini birinchi bo’lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning mulohazalariga ko’ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish, ularning kapital qo’yilmalariga bo’lgan rag’batini susaytiradi, fan texnika taraqqiyotini to’xtatadi, iqtisodiy o’sishni sekinlashtiradi va bular oxir oqibatda, davlat byudjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavka (norma) si o’sishi o’rtasidagi bog’liqlikning grafikda tasvirlanishi “Laffer egri chizig’i” nomini oldi. (7-Chizma).






Download 353,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish