Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash



Download 353,62 Kb.
bet97/119
Sana30.04.2022
Hajmi353,62 Kb.
#597741
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   119
Bog'liq
NSkSU8TVnhBlj6LY637

Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.


Dun¸dagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o’rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo’ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.


O’z-o’zidan aniqki, iqtisodiy o’sish daromadlarning ko’payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o’sib boradi. Daromadlarning mutloq miqdori ko’payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko’rsatmasligi mumkin.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amali¸tida Lorents egri chizig’idan foydalaniladi \1-rasm\ “Oilalar ulushi” ¸tiq chiziqda, “daromadlar ulushi” esa tik chiziqda joylashgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati \burchakni teng ikkiga bo’luvchi\ chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko’rsatadi. 20% oilalarning barcha daromadlarning 20%, 40%-40%, 60%-60% daromadlarni olishini bildiradi va h.k.
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorents egri chizig’i o’rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi.
Bu farq qanchalik katta bo’lsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo’lsa, bunda Lorents egri chizig’i va bissektrisa o’qi bir-biriga mos kelib farq yo’qoladi.
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko’proq qo’llaniladigan ko’rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 10% ancha yuqori ta’minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o’rtacha daromadi o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi.
Yalpi daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini xarakterlash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko’rsatkichi qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich qanchalik katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo’ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko’rsatkich 0 (nol)ga intiladi.
Bozor iqtisodi¸tiga o’tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu ko’rsatkich o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodi¸tda o’rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar kategoriyasi bo’yicha yuqori tengsizligi tarkib topadi.
Jumladan O’zbekistonda o’rtacha oylik nominal ish haqiga nisbatan alohida tarmoqlarda ish haqi darajasining o’zgarishi quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi.

Download 353,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish