Oltinchidan, tadbirkorlar, katta puldorlar qo’lidagi pullar.
Bulardan tashqari: davlat byudjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus mablag’ ajratiladi. Undan tashqari MB qo’shimcha emissiya tufayli moliya-kredit muassasalariga kreditlar berishi mumkin.
Ma’lum vaqt mobaynida bo’sh pullar uning egalariga xech qanday daromad keltirmaydilar, shuning uchun kam miqdordagi foiz bilan ham qarz berish foydali bo’lib qoladi. Natijada ana shu bo’sh pullar ssuda kapitaliga aylantiriladi. Bunda banklar muhim rol o’ynaydi. Ular yuqori foiz bilan pulga muhtoj bo’lgan biznesmenlar, tadbirkorlar va boshqalarga o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi. Hozirgi sharoitda xo’jalikni moliyalashtirishda qarz mablag’larini ulushi oshib borishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. Ularning ulushi ayniqsa kapital quyilmalar hajmida ko’payib bormoqda. Bunday tendentsiya Yaponiya, Italiya, Frantsiyada yaqqol ko’zga tashlanadi. Masalan: Yaponiya firmalari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflagan mablag’larni 4/5 qismi chetdan jalb qilingan, ya’ni qarz olingan. Respublikamiz iqtisodiyotiga ham shunday tendentsiya xos.
2. Kredit turlari va tamoyillari.
Kredit turlari xilma-xil, ularga turli jihatdan yondashish mumkin.
- Qarz oluvchilarning asosiy guruhlariga ko’ra: korxonalar, aholi, davlat krediti;
Ko’zlangan maqsadga ko’ra: iste’mol, qishloq xo’jaligi, savdo, investitsiya, byudjet kreditlari.
Berilgan vaqtiga ko’ra: qisqa (1 yilgacha), o’rta (1 yildan 5 yilgacha), uzoq (5 yildan ortiq) muddatli kreditlarga bo’linadi.
Funktsiya qilish sferasiga ko’ra, kredit ikki turga bo’linadi: oborot kapitalini tashkil etish, uni tor ma’noda kredit deb yuritiladi. Hamda asosiy kapital olish uchun sarflanadigan, odatda uni ssuda deb yuritiladi.
Overdraft – bank mijoziga kunlik foiz to’lash sharti bilan hisob raqamidagi mablag’i etmagan hollarda shartlashilgan miqdorda qarz berib, bank kreditini ta’minlanishini talab qilmasligi mumkin. Bunda bank mijozi hisobiga kelib tushgan pulni darrov o’z hisobiga o’tkazib olmaydi. Mijoz qarzni o’ziga qulay paytda to’laydi.
Kontokorrent shaklida qarz berganda bank moliyaviy jihatdan barqaror deb topgan mijozlariga oborot mablag’lari uchun kreditni qattiq cheklamasligi mumkin.
Avans-Evropa mamlakatlarida bankning har xil shartga ko’ra (overdraft, kontokorrent ham shunga kiradi) qarz berishi.
Kreditni qaytarish ta’minlanganligiga ko’ra ham ikki turga bo’linadi: ta’minlanmagan yoki blankli (overdraft, kontokorrent) va ta’minlangan kredit;
Kredit berish usuliga ko’ra: kompensatsion ya’ni o’z mablag’larini to’ldirish uchun hisob schyotiga (varaqasiga) o’tkaziladigan va to’lov to’g’ridan-to’g’ri qarzni qaytarish, haq to’lash topshirilgan kredit;
Kredit qaytarilishiga ko’ra: to’lash muddati uzaytirilgan, bo’lib to’lanadigan, hamda biri to’la qaytariladigan kreditlarga bo’linadi. Qarz hajmi va muddatini cheklanishi darajasiga ko’ra limitlangan va limitlanmagan kreditlarga bo’linadi. Kreditning qaysi turi bo’lmasin, qanday shaklda berilishidan qat’iy nazar, kredit berishning asosiy tamoyillariga rioya qilinishi kerak. Ular quyidagilar:
Belgilangan muddatda qaytarilib berilishi. Bu faqat kreditning tamoyiligina emas, balki uning xususiyati, mohiyatini ifodalaydi. Uni pul berishning boshqa shakllari subsidiya, dotatsiya kabilardan farqi ham shunda, qaytarish bo’lmasa kredit munosabatlari ham bo’lmaydi.
Muddatliligi. Kredit berishning bu tamoyili avvalgi tamoyil bilan chambarchas bog’langan. Kredit shartnomasi tuzilayotgan paytda qaytarish sharti bilan birga muddati ham ko’rsatiladi. Qarz mablag’laridan foydalanganligi uchun to’lanadigan haq ham uning muddatiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |