Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari



Download 0,5 Mb.
bet96/161
Sana20.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#393037
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   161
Bog'liq
iqtisodiyotnazariyasi uzl 1d55d

5. O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari

Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo’lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o’z ichiga oladi.

Shunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o’zgarishlarni o’tkazish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o’sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiy xarakter kasb etib butunlay barham topdi. Respublikada yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning oldingi yillarga nisbatan pasayishi 1992 yil 11,1 foiz, 1993 yil 2,4 foiz, 1994 yil 3,5 foiz, 1995 yil 4,0 foizni

tashkil qildi va 1996 yil 1,6 foiz, 1998 yil 4,4 foiz; 2000 yilda 4,0 2002 yilda 4,2 foiz o’sishga erishildi1 . Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda soliq tizimi o’ziga xos vazifalarni – xazinani to’ldirish, qayta taqsimlash va raqbatlantirish vazifalarini to’la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat, xalq xo’jalik vazifalarini hal etish uchun zarur bo’lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YaMMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o’zgartirish, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga ragbatlantiruvchi ta’sir ko’rsatishdir.

Bu vazifalarni real bajarishi uchun amaldagi soliq tizimini anchagina isloh qilish talab qilinadi.

Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil – korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o’z mablaglarini ishlab chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag’larni to’ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa oqibat natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.

Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig’idan foydadan undirilgan soliqqa o’tish ko’zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko’payishi bilan birga, ayni vaqtda mehnatkashlar ish haqini ko’paytirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni rag’batlantiruvchi iqtisodiy muhit yaratiladi.


1 O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi ma’lumotlari.

Korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga erishishda qo’shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi.

Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o’zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo’yiladi.



Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun er, er osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to’lov o’rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo’nalishidir.

Respublika ahamiyatiga ega bo’lgan soliqlar bilan mahalliy soliq o’rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillash-tirishning eng muhim yo’nalishidir.

Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi.



Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to’lov majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish