Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy qiymat ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
YaMM (IMM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o’sish sur’ati;
YaMM (IMM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
YaMM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
Iqtisodiy o’sishni aniqlashda har uchala ko’rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.
Masalan: agar diqqat markazida iqtisodiy potentsial muammosi tursa, birinchi ko’rsatkichdan foydalanish ko’proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko’proq ikkinchi ko’rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko’rsatkichga ustivorlik beriladi.
Odatda iqtisodiy o’sish % (foiz) da o’sishning yillik sur’ati sifatida aniqlanadi. Masalan, agar o’tgan yili real YaMM 60 mlr. so’mni va joriy yilda 70 mlr. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, o’sish sur’atini joriy yildagi real YaMM ning bazis davrdagi hajmiga bo’lish yo’li bilan aniqlash mumkin. Bu holda o’sish sur’ati 16,6% ni (70/60*100) tashkil qiladi.
Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini xarakterlaydigan ko’rsatkichlar (real YaMM va aholi jon boshiga real YaMMning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib, ular
birinchidan mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o’sishini to’liq xarakterlab berolmaydi;
ikkinchidan, real YaMM va aholi jon boshiga YaMMning o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi, – uchinchidan, iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy o’sishning alohida tomonlarini xarakterlovchi ko’rsatkichlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya’ni uning unumdorligi.
xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi.
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o’rtasidagi nisbat.
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o’sishning jahon amaliyotida keng qo’llaniladigan boshqa ko’rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo’yicha hisoblab chiqilgan YaMM ko’rsatkichi asosida tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |