2. Kredit turlari va tamoyillari.
Kredit turlari xilma-xil, ularga turli jihatdan yondashish mumkin.
- Qarz oluvchilarning asosiy guruhlariga ko’ra: korxonalar, aholi, davlat krediti;
Ko’zlangan maqsadga ko’ra: iste’mol, qishloq xo’jaligi, savdo, investitsiya, byudjet kreditlari.
Berilgan vaqtiga ko’ra: qisqa (1 yilgacha), o’rta (1 yildan 5 yilgacha), uzoq (5 yildan ortiq) muddatli kreditlarga bo’linadi.
Funktsiya qilish sferasiga ko’ra, kredit ikki turga bo’linadi: oborot kapitalini tashkil etish, uni tor ma’noda kredit deb yuritiladi. Hamda asosiy kapital olish uchun sarflanadigan, odatda uni ssuda deb yuritiladi.
Overdraft – bank mijoziga kunlik foiz to’lash sharti bilan hisob raqamidagi mablag’i etmagan hollarda shartlashilgan miqdorda qarz berib, bank kreditini ta’minlanishini talab qilmasligi mumkin. Bunda bank mijozi hisobiga kelib tushgan pulni darrov o’z hisobiga o’tkazib olmaydi. Mijoz qarzni o’ziga qulay paytda to’laydi.
Kontokorrent shaklida qarz berganda bank moliyaviy jihatdan barqaror deb topgan mijozlariga oborot mablag’lari uchun kreditni qattiq cheklamasligi mumkin.
Avans-Evropa mamlakatlarida bankning har xil shartga ko’ra (overdraft, kontokorrent ham shunga kiradi) qarz berishi.
Kreditni qaytarish ta’minlanganligiga ko’ra ham ikki turga bo’linadi: ta’minlanmagan yoki blankli (overdraft, kontokorrent) va ta’minlangan kredit;
Kredit berish usuliga ko’ra: kompensatsion ya’ni o’z mablag’larini to’ldirish uchun hisob schyotiga (varaqasiga) o’tkaziladigan va to’lov to’g’ridan-to’g’ri qarzni qaytarish, haq to’lash topshirilgan kredit;
Kredit qaytarilishiga ko’ra: to’lash muddati uzaytirilgan, bo’lib to’lanadigan, hamda biri to’la qaytariladigan kreditlarga bo’linadi. Qarz hajmi va muddatini cheklanishi darajasiga ko’ra limitlangan va limitlanmagan kreditlarga bo’linadi. Kreditning qaysi turi bo’lmasin, qanday shaklda berilishidan qat’iy nazar, kredit berishning asosiy tamoyillariga rioya qilinishi kerak. Ular quyidagilar:
Belgilangan muddatda qaytarilib berilishi. Bu faqat kreditning tamoyiligina emas, balki uning xususiyati, mohiyatini ifodalaydi. Uni pul berishning boshqa shakllari subsidiya, dotatsiya kabilardan farqi ham shunda, qaytarish bo’lmasa kredit munosabatlari ham bo’lmaydi.
Muddatliligi. Kredit berishning bu tamoyili avvalgi tamoyil bilan chambarchas bog’langan. Kredit shartnomasi tuzilayotgan paytda qaytarish sharti bilan birga muddati ham ko’rsatiladi. Qarz mablag’laridan foydalanganligi uchun to’lanadigan haq ham uning muddatiga bog’liq.
Kreditdan foydalanganlik uchun haq to’lash tamoyili. Qarz olib, birovning mablag’ini ishlatib turgani uchun ma’lum miqdorda foiz to’lanadi. Ssuda kapitali bozorida foiz darajasi muhim rol o’ynaydi, bozordagi vaziyatni belgilaydi. Protsent stavkasi shakllanishiga bozor omillari, eng avvalo, talab va taklif, undan tashqari Markaziy bank hisob stavkasi, banklararo kredit
bozoridagi protsent stavkasi, depozitlar stavkasi ta’sir etadi. Depozitlar bo’yicha stavka qancha yuqori bo’lsa, kredit uchun ham shuncha yuqori bo’ladi.
Moddiy jixatdan ta’minlanganligi. Qarz oluvchi ham, qarz beruvchi ham qarzga olingan mablag’ni qaytarilishiga ishonch, ya’ni real imkoniyati borligini ifodalaydi. Agar kredit berish uchun real tovar moddiy boyliklar zahirasi hisobga olinsa, shuning o’zi kreditning ta’minlangani bo’ladi. Agar kredit sezonli xarajatlarni qoplash uchun berilsa, bu xarajatlar real moddiy boyliklar qiymatiga kirishi ko’zda tutiladi. Kredit savdo bitimlari uchun berilsa, shartnoma tuzilib, qarz egasiga qaytarilishi hisobga olinadi.
Kredit berishda garov olish alohida o’rin tutadi. Kafolatli shartnoma asosida kredit jismoniy shaxslar, dexqon xo’jaliklari, fermerlar, ijarachilarga berilishi mumkin. Bunday shartnomaga ko’ra kafolatchi qarzni qaytarilishiga kafil bo’ladi, moboda qarz olgan qaytara olmasa, kafil bo’lgan shaxs to’lashi kerak bo’ladi. Qarz shartnomasi sug’urta kompaniyalari javobgarligi asosida ham tuzilishi mumkin.
Maqsadliligi. Kredit qat’iy ravishda aniq maqsad uchun beriladi. Bank kredit berish uchun qarz olayotgan uni nima maqsadda olayotgani, undan qanday foyda olishi mumkinligini tahlil qiladi.
Tadbirkorlar uni «biznes-reja»da ko’rsatishadi. Kredit berayotganda bank albatta uni hisobga oladi, kreditni qaytarmaslik xatarini belgilaydi.
Kredit berishga tabaqalashgan xolda yondashish. Bu tamoyil turli qarz oluvchilarga individual tarzda yondashishni ifodalaydi. Bank qarz berib, qaytarib olmaslik xatarini hisoblab chiqib, har bir mijoz uchun qarz berish yoki bermaslik masalasini har tomonlama tahlil etib hal etadi.
Kreditning tarixiy rivojlanish jarayonida turli shakllari kelib chiqib, ularning eng asosiylari tijorat va bank kreditidir. Tijorat krediti - bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo’jalik sub’ektlarining bir-biriga tovar shaklida beradigan kreditidir. Bunda tovarlar qarzga beriladi. Ko’pincha tijorat krediti veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan hujjatlashtiriladi. Tijorat krediti cheklangan tarzda qo’llaniladi. Uni keng tarzda qo’llanishiga quyidagilar to’sqinlik qiladi:
qarz beruvchini rezerv mablag’i, rezerv fondini cheklanganligi;
tovar shaklida kreditni ishlatilishini cheklanganligi. Aytaylik korxona material qarz olgan bo’lsa, uni faqat ishlab chiqarish vositasi xom-ashyo sifatida ishlatishi mumkin, uni ish xaqi tarzida ishlata olmaymiz;
v) bu qarz ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan korxonalardan ularni iste’mol qiladiganlarga berilishi mumkin, aksincha emas. Tijorat kreditining bu cheklanganligi bank krediti yordamida xal etiladi.
Bank krediti - bu moliya kredit muassasalari (banklar, fondlar, assotsiatsiyalar) tomonidan har qanday xo’jalik sub’ektlari (tadbirkorlar, korxonalar, tashkilotlar va boshqalar)ga pul shaklida - ssuda tarzida beriladi. Bank krediti qisqa (1 yilgacha), o’rta (1 yildan 5 yilgacha) va uzoq (5 yildan ortiq) muddatga berilishi mumkin. Kredit faqat tovar muomalasi (aylanishini)ga xizmat ko’rsatib qolmay, kapital jamg’arilishga ham xizmat ko’rsatadi. Bank krediti bitimlar hajmi, muddati, yo’nalishi bo’yicha cheklanmaganligi jihatidan tijorat kreditidan farq
qilishi, uni kreditning asosiy va ustun shakliga aylantiradi. Kreditning ulardan tashqari quyidagi shakllari mavjud.
Iste’mol krediti. Iste’mol krediti aholi ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan. U tovar yoki pul shaklida bo’lishi mumkin. Bu kredit eng avvlo uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlarni sotib olish uchun beriladi. U tovarlar sotilayotgan magazinlar tomonidan to’lov muddatini kechiktirish yoki bank tomonidan shu maqsad uchun ssuda berilishi tarzida bo’lishi mumkin. Odatda bu kredit uchun belgilanadigan foiz yuqori bo’ladi. Hozirgi paytda imtiyozli kreditlar ham berilmoqda. Masalan, AQSh da banklar iste’molchilarga kredit kartochkalari beradi, ularga narxi 2500 dollarga qadar tovarlar xarid etiladi, xarid puli banklarga magazinlar bergan schyotga qarab to’lanadi. Bunday kredit g’oyat imtiyozli bo’ladi, uning foizi boshqa qarz foizidan ancha kam bo’ladi, hatto foizsiz ham bo’lishi mumkin. Talabalarga o’qish haqini to’lashlari uchun maxsus qarz beriladi. Bu qarz uchun foiz eng ko’p bo’lganda 8 foiz qilib belgilanadi, qarz yiliga 2500 dollar, oxirgi kursda esa 5000 dollar miqdorda beriladi. Bunday qarzni talaba o’qishni tugatib pul topgach o’zadi. Hozirgi paytda, yakka uy joylar qurish uchun uzoq muddatli kreditlar-pul shaklidagi iste’mol kreditlaridir. Respublikamizda ham hozirgi paytda uy-joy qurish, oliy o’quv yurtlarida o’qish uchun imtiyozli kredit berish keng qo’llanilmoqda.
Ipoteka krediti; ko’chmas mulk (er, bino, uy-joy kabilar)ni garovga qo’yib olinadigan kredit. Odatda ipoteka kreditidan asosan qishloq xo’jaligida asosiy fondlarni yangilash uchun yirik kapital quyilmalarni qoplash uchun foydalaniladi.
Davlat krediti; Davlat bir tomondan qarz oluvchi, ikkinchi tomondan qarz beruvchi sifatida maydonga chiqadi.
Bunda davlat krediti paydo bo’ladi. Davlat aholidan, firma, korxonalar, tashkilotlar, banklardan qarz oladi. U davlatning qarzdorlik guvohnomasi bo’lib, u vaqti kelganda qarzni uzish va foiz tqlashni kafolatlaydi. Ularni markaziy va mahalliy xokimiyatlar chiqaradilar. Qarz va uning foizi byudjet hisobidan qoplanadi. Davlat qarzni eng avvalo byudjet tanqisligini qoplash uchun oladi. AQShda davlat obligatsiyalari emissiya tufayli davlat qarzi 3 trln. dollardan ortib ketdi. Kredit munosabatlarida davlat faqat qarzdor vazifasini o’tamay, qarz beruvchi rolini ham bajaradi. Davlat o’z mablag’lari hisobidan bankda qarz fondini tashkil etadi, xazinadan qarz beradi. Xazina qarzi davlat byudjetidan, korxona va firma, tashkilotlarga ularning moliyaviy sanatsiyasi (sog’lomlashtirish) uchun sarflanadi.
Bu qarz ham ma’lum muddatga, qaytarib berish va foiz to’lash sharti bilan beriladi. Foiz g’oyat imtiyozli bo’lib daromad olishni ko’zlamaydi. Davlat o’z qarzidan voz kechishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |