Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari



Download 0,5 Mb.
bet100/161
Sana20.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#393037
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161
Bog'liq
iqtisodiyotnazariyasi uzl 1d55d

Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari.

Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri hisoblanadi.

Inflyatsiya tushunchasi birinchi marta g’arbiy Amerikada, (1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida) ishlatila boshlagan va qog’oz pul muomalasining ko’payib ketishi jarayonini bildirgan. Iqtisodiy adabiyotlarda inflyatsiya tushunchasi XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.

Inflyatsiya – bu qog’oz pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o’sishidir.

Inflyatsiya bozor xo’jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug’diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.

Qog’oz pul tovarlarga, oltinga va o’z qadrini, barqarorligini saqlab qolgan chet el valyutalariga nisbatan qadrsizlanadi.

Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. Masalan, iste’molchilik tovarlariga narx indeksi 2000 yil 113, 6; 2002 yil - 118,3 ga teng bulsa, inflyatsiya sur’ati quyidagicha bo’ladi.


Inflyatsiya sur’ati =

118,3  113,6 *100 4,1%



113,6

Kelib chiqish sabablari va o’sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlari mavjud.



  1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o’zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko’paytirib ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan bo’ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.

  2. Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o’zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya, mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi.

Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o’z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xom ashyo va energiya narxlarining o’sishi hisobiga ortib boradi.

Inflyatsiyaning a) me’yoridagi; b) o’rmalab boruvchi v) giper inflyatsiya kabi turlari ham mavjud. Inflyatsiyaning birinchi turida baholar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida, astronomik miqdorda o’sishi kuzatiladi.

Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyatsiyani oldindan aytib bo’lmaydi. Birinchi xolda inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o’sishi natijasida mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro’y berishi mumkin.


      1. Download 0,5 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish