Iste’molchining kutishi
. Iste’molchilik sarflari hajmidagi o’zgarish,
iste’molchining narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o’zgarishlarni
oldindan bilishiga bog’liq. Masalan, agar odamlar kelajakda o’zlarining real
daromadi ko’payadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko’proq qismini
sarflashga tayyor bo’ladi. Natijada bu davrda iste’molchilik sarflari ko’payadi,
jamg’arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda
o’zlarining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste’molchilik sarflari
va demak, yalpi talabi qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |