Aholi daromadlari – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda
olgan daromadlari miqdori.
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari
summasi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg’arma maqsadlarida
foydalanish mumkin bo’lgan daromad.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholining hayot
kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi
hamda ular ehtiyojlarining bu ne’matlar bilan qondirilish darajasidir.
Lorents egri chizig’i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni
xarakterlaydi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam
ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni
iqtisodiyot qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan
siyosat.