2. Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari.
Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri hisoblanadi.
Inflyatsiya tushunchasi birinchi marta g’arbiy Amerikada, (1861-1865
yillardagi fuqarolar urushi davrida) ishlatila boshlagan va qog’oz pul muomalasining
ko’payib ketishi jarayonini bildirgan. Iqtisodiy adabiyotlarda inflyatsiya tushunchasi
XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.
Inflyatsiya – bu qog’oz pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda
tovar narxlarining o’sishidir.
Inflyatsiya bozor xo’jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish
nomutanosibliklari tug’diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.
Qog’oz pul tovarlarga, oltinga va o’z qadrini, barqarorligini saqlab qolgan chet
el valyutalariga nisbatan qadrsizlanadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. Masalan,
iste’molchilik tovarlariga narx indeksi 2000 yil 113, 6; 2002 yil - 118,3 ga teng bulsa,
inflyatsiya sur’ati quyidagicha bo’ladi.
Inflyatsiya sur’ati =
%
1
,
4
100
*
6
,
113
6
,
113
3
,
118
=
−
Kelib chiqish sabablari va o’sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha
turlari mavjud.
I.
Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o’zgarishi jami talab
ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning
real hajmini ko’paytirib ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud
resurslar to’liq foydalanilgan bo’ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning
oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.
II.
Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi
taklifning o’zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish
xarajatlarining o’sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya, mahsulot birligiga qilinadigan
xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi.
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va
mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o’z navbatida
narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xom ashyo va
energiya narxlarining o’sishi hisobiga ortib boradi.
Inflyatsiyaning a) me’yoridagi; b) o’rmalab boruvchi v) giper inflyatsiya kabi
turlari ham mavjud. Inflyatsiyaning birinchi turida baholar yiliga 10 foizgacha,
ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida, astronomik miqdorda o’sishi
kuzatiladi.
Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya
farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish
mumkin, kutilmagan inflyatsiyani oldindan aytib bo’lmaydi. Birinchi xolda
inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib uni sezilarli darajada
yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o’sishi natijasida
mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro’y berishi mumkin.
108
Do'stlaringiz bilan baham: |