Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat
ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish
natijalari hajmi hamda tarkibining o’zaro mos kelishligini xarakterlaydi.
Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va makro)
har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Bu barcha muvozanatliklarni shartli ravishda
umumiy va xususiy muvozanatliklarni ajratib ko’rsatish mumkin (5-chizma). Umumiy
muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to’liq darajada ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |