Shunday qilib, iqtisodiyotni tartibga solishni faqat avtomatik ravishda
barqarorlashtiruvchi vositalar yordamida amalga oshirish mumkin emas, shu sababli
davlatning diskretsion siyosati bunga zaruriy to’ldiruvchi hisoblanadi.
Diskretsion fiskal siyosat - bu milliy ishlab chiqarish real hajmlarini o’zgartirish, bandlik darajasini ushlab turish va inflyatsiya ustidan nazoratni o’rnatish hamda iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida soliqlar bilan birga, davlat xarajatlarini ongli ravishda manipulyatsiya qilish tushuniladi. Diskretsion fiskal siyosatining asosiy dastaklari quyidagilar hisoblanadi:
•
faqat sarf-xarajatlar bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy ishlar va boshqa dasturlari;
•
davlat buyurtma va xaridlari;
•
davlat investitsiyalari;
•
transfert yoki qayta taqsimlash turidagi xarajatlarni o’zgartirish;
Davlat tomonidan davlat byudjeti xarajatlari va daromadlarini o’zgartirish orqali milliy
iqtisodiyotga ta’sir etish siyosati