tarkibiy ishsizlik
deb nomlanuvchi ikkinchi kategoriyaga
osonlik bilan o’tadi. Vaqt o’tishi bilan iste’molchilik talabi va texnologiya tarkibida
muhim o’zgarishlar ro’y beradi, bu o’z navbatida ishchi kuchiga bo’lgan umumiy
talab tarkibini o’zgartiradi. Bunday o’zgarish natijasida kasblarning ayrim turlariga
talab kamayadi yoki umuman talab bo’lmaydi. Oldin mavjud bo’lmagan boshqa
yangi kasblarga talab ortadi. Ishchilar bunga tez moslasha olmasligi va uning tarkibi
ish joylarining yangi tarkibiga to’liq javob bermasligi sababli tarkibiy ishsizlik kelib
chiqadi.
Shunday qilib, tarkibiy ishsizlikni iste’molchilik talabi va texnologiyadagi
o’zgarishlar tufayli iqtisodiyot tarmoqlarida ruy beradigan tarkibiy siljishlar keltirib
chiqaradi. Friktsion va tarkibiy ishsizlik ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |