11.2.26. Iste’mol tovarlari va xizmatlar kishilar tomonidan bevosita iste’mol qilinganda qanday iste’mol ro‘y beradi?
a) unumli iste’mol;
b) shaxsiy iste’mol;
c) ijtimoiy iste’mol;
d) unumsiz iste’mol;
e) davlat iste’moli.
12.2.27. Insonlarning mehnat qilish layoqati, ya’ni ularning jismoniy va aqliy qobiliyati qanday nomlanadi?
a) mehnat;
b) ishchi kuchi;
c) mehnat resursi;
d) jami ishchi kuchi;
e) mehnat salohiyati.
13.2.28. Inson tomonidan mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar (mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar va h.k.) qanday nomlanadi?
a) ishlab chiqarish vositalari;
b) mehnat vositalari;
c) mehnat predmetlari;
d) iqtisodiy resurslar;
e) ishlab chiqarish omillari.
14.2.29. Insonning maqsadga muvofiq faoliyati o‘zlashtirishga qaratilgan narsalar qanday ataladi?
a) xom ashyolar;
b) material va yarimtayyor mahsulotlar;
c) mehnat vositalari;
d) mehnat predmetlari;
e) ishlab chiqarish vositalari.
15.5.46. Quydagilardan qaysi biri bozor raqobatining yetuklik darajasiga ko‘ra turkumlanishini anglatadi?
a) moliya bozori;
b) sof raqobatli bozor;
c) milliy bozor;
d) davlat savdosi;
e) chakana savdo bozori.
Do'stlaringiz bilan baham: |