2-jadval
Xalqaro fond birjalarida listing uchun dastlabki va har yillik toʻlovlar.5
№
|
Fond birjasi nomi
|
Listing uchun dastlabki toʻlovalar
|
Har yillik badallar
|
1
|
NASDAQ
|
70 000 – 250 000 AQSH dollari
|
20 000 – 50 000 AQSH dollari
|
2
|
Gongkong fond birjasi
|
150 000 – 650 000 Gongkong dollari
|
145 000 – 1 188 000 Gongkong dollari
|
3
|
London fond birjasi
|
6,4 mln. dan – 369,7 mln. funt sterlingacha
|
4 200 – 41 400 funt sterling
|
4
|
Nyu York fond birjasi
|
75 mln. AQSH dollarigacha 0,0048 koef.; 75-300 mln. AQSH dollari 0,00375koef.; 300 mln. AQSH dollaridan 0,0019 koef.
|
Bozor kapitalizatsiyasining 0,00093 koef., minimum 38 000 AQSH dollari
|
5
|
Moskva fond birjasi
|
105 000 – 265 000 rubl
|
15 000 rubl
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, xalqaro
fond birjalarida aksiyalarni joylashtirish bo‘yicha xarajatlar nisbatan
yuqori. Lekin shuni ham alohida ta’kidlashimiz lozimki, IPOni tashkil
etish va o‘tkazish yuqori miqdordagi xarajatlarni talab qilsada, shunga
mos ravishda yuqori miqdordagi kapitalni ham jalb qilish imkonini
beradi.
Umuman ta’kidlash mumkinki, IPO – bu kompaniyaning strategik
rivojlanishining bir bosqichi hisoblanadi, chunki bunda kompaniya informatsion
shaffof va yirik investorlar uchun yetarlicha tushunarli boʻladi. Kompaniya
aksiyalarining birinchi ochiq savdoga chiqishi (IPO) jarayoniga tayyorgarlikning
koʻp vaqt olishiga qaramasdan, natijada kompaniya rivojlanishining yangi, sifat
bosqichiga oʻtiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining qimmatli qogʻozlarini respublika
hududidan tashqarida joylashtirish va ularning muomalada boʻlishi Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 avgustdagi 239-son qarori bilan
tasdiqlangan “qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi
toʻgʻrisida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Unga koʻra rezidentning qimmatli qogʻozlari, agar Oʻzbekiston
Respublikasi qonunchiligida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston
Respublikasi hududidan tashqarida ushbu turdagi (toifadagi, tipdagi) chiqarilgan
qimmatli qogʻozlar umumiy sonining 25 foizidan ortiq boʻlmagan hajmda
joylashtirilishi va muomalada boʻlishi mumkin.
Rezidentning qimmatli qogʻozlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida joylashtirilishi va ularning muomalada boʻlishi, agar Oʻzbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa,
tegishli mamlakatning xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisidagi
qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Rezidentning qimmatli qogʻozlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida ular joylashtirilishiga va muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻyiladigan
mamlakat qonunchiligiga muvofiq xorijiy depozitariy tomonidan chiqariladigan
depozitar tilxatlar shaklida joylashtiriladi va muomalada boʻladi.
Rezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida
joylashtirilgan qimmatli qogʻozlariga boʻlgan mulk huquqi Oʻzbekiston
Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Markaziy depozitariy tomonidan
tasdiqlanadi.
Rezidentning – respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega
boʻlgan, davlat ulushi bor boʻlgan xoʻjalik jamiyatining qimmatli qogʻozlarini
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish va ularning
muomalada boʻlishi Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalarida aksiyalar
davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi
tomonidan oldindan koʻrib chiqiladi.
Rezidentning qimmatli qogʻozlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida joylashtirishda ushbu qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlar faqat
ularni joylashtirishdan emitentning respublika tijorat bankidagi hisob-kitob
raqamiga mablagʻlar tushganligi emitent tomonidan Markaziy depozitariyga
tegishli bildirishnoma yuborish yoʻli bilan tasdiqlangandan keyin ularni
ifodalaydigan depozitar tilxatlar egalariga oʻtadi.
Markaziy depozitariy xorijiy depozitariy bilan tuzilgan tegishli shartnoma
asosida depozitar tilxatlar egalariga rezidentning taqdim etiladigan qimmatli
qogʻozlari mavjudligini tasdiqlaydi.
Xorijiy depozitariy emitent-rezidentning qimmatli qogʻozlari egalari
reestrida qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchisi sifatida hisobga olinadi.
IPO natijasida kompaniyalarning koʻplab rahbarlari va mulkdorlari
milliarderlarga aylanadilar. Soʻnggi yillar davomida bir nechta kompaniyalar
tomonidan oʻtkazilgan IPO operatsiyalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi va
natijada ular oʻz faoliyatlari uchun katta miqdordagi mablagʻlar jalb qila oldilar.
Quyida butun fond bozori tarixidagi eng yuqori oʻntalikka kirgan aksiyalarni
birlamchi ochiq joylashtirish operatsiyalari haqidagi ma’lumotni keltiramiz:
3-jadval.
Jahon tarixidagi sodir boʻlgan eng katta 12 ta IPO kompaniyalar va tushgan summasi.6
№
|
Kompaniya nomi
|
Jalb qilingan kapital miqdori
|
Faoliyat sohasi
|
1
| Ant Financial |
34,5 mlrd. AQSH dollari
|
Fintex kompaniya
|
2
| Saudia Aramco |
29,4 mlrd. AQSH dollari
|
Neft kompaniya
|
3
| Alibaba Group Holding Limited |
25 mlrd. AQSH dollari
|
Onlayn tijorat (Internet savdo)
|
4
| Soft Bank |
23,5 mlrd. AQSH dollari
|
Bank sohasi
|
5
| Agricultural Bank of China Ltd. |
22,1 mlrd. AQSH dollari
|
Bank sohasi
|
6
| Industrial and Commercial Bank of China |
21,9 mlrd. AQSH dollari
|
Bank sohasi
|
7
| AIA Group Limited |
20,5 mlrd. AQSH dollari
|
Sugʻurta kompaniyasi
|
8
| General Motors Company |
20,1 mlrd. AQSH dollari
|
Avtomobil sohasi
|
9
| NTT DOCOMO, Inc. |
18,4 mlrd. AQSH dollari
|
Telekommunikatsiya
|
10
| Visa Inc. |
17,9 mlrd. AQSH dollari
|
Fintex kompaniya
|
11
| Enel |
17,4 mlrd. AQSH dollari
|
Elektroenergetika sanoat kompaniyasi
|
12
| Facebook |
16 mlrd. AQSH dollari
|
Ijtimoiy tarmoq
|
12.Facebook
Facebook aksiyalari atrofidagi shov-shuv IPO oʻtkazgunga qadar bir necha oy davomida koʻplab investorlar diqqat-e’tiborida turadi. Shunday taassurot yuzaga keldiki, goʻyoki dunyodagi har bir investor ijtimoiy tarmoqning bir qismiga egalik qilishni hohlardi. Bu jarayon 2012-yilda IPO oʻtkazish belgilangan kunda texnik muammo yuzaga kelib savdolar yarim soatga kechikkanligi bilan ham tarixga kiradi. Operatsiya esa Facebook kompaniyasiga Oculus va WhatsApp
kompaniyalarini oʻziga qoʻshib olish uchun yoʻnaltirilgan 16 milliard AQSH dollarini jalb qilish imkonini berdi.
11.Enel S.p.A
Enel italyan elektroenergetika kompaniyasi dunyodagi eng yirik energetika kompaniyalaridan biri sanaladi. Oʻz qarzlaridan chiqish uchun kompaniya IPO oʻtkazishga qaror qiladi. Aksiyalar bahosining sezilarli oʻsishi yuz bermasada aksiyalarni ochiq joylashtirish kompaniyaga 16,5 milliard AQSH dollari keltiradi. Keyinchalik bu operatsiya investorlar uchun umidsizlikka sabab boʻladi va 2007-yilda kompaniya aksiyalari birjadan muomaladan chiqariladi.
10.Visa Inc.
2008-yil kuz oylarida jahon moliyaviy inqirozi ayni avj olgan bir paytda Visa kompaniyasi IPO oʻtkazish boʻyicha jiddiy tayyorgarlik koʻrish bilan birga uni muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Natijada 2008-yil oxirida kompaniya 17,9 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ jalb qilishga erishadi. Barcha investorlar bu kompaniya butun dunyo boʻyicha 1,5 milliarddan ortiq kredit kartalariga xizmat qilishini bilardi. Birinchi yilning oʻzidayoq birjadagi Visa aksiyalari bahosi 219 foizga oʻsishi kuzatiladi.
9.NTT DOCOMO
NTT DOCOMO, Tokioda joylashgan telekommunikatsion soha ishtirokchisi, 1998-yil 22-oktyabrda 18,4 milliard dollardan ozroq mablag to'plagan holda ommaviy bozorga chiqdi. NTT Goldman Sachs Asia anderrayterligida oʻtkaziladi va ilgari NYSE ro'yxatiga kiritilgan edi. 2018-yil 13-aprelda NTT o'zlarining Amerika depozitar aktsiyalarini (ADS) Nyu-York fond birjasidan rasman o'chirib tashladi.
8.General Motors
General Motors (NYSE: GM) debyuti bir yil oldin bankrotlik to'g'risidagi ariza bilan chiqqandan so'ng, 2010-yil 16-noyabrda bo'lib o'tdi. AQShda joylashgan ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchisi o'zining birinchi ommaviy savdolarida 20,1 milliard dollar yig'di. Bu AQShda joylashgan har qanday kompaniya uchun eng yirik IPO. General Motors Chevrolet, Buick, GMC va Cadillac avtomobillariga egalik qiladi.
7.AIA Group Ltd.
Gonkongda joylashgan investitsiya va sug'urta kompaniyasi bo'lgan AIA (OTC: AAIGF) 2010-yil 21-oktyabrda jamoatchilikka taklif qilindi. U 20,5 milliard dollardan ko'proq mablag yig'di va umume'tirof etilgan eng yirik mustaqil, ommaviy ro'yxatga olingan hayot sug'urtasi guruhiga aylandi.
6.Industrial and Commercial Bank of China
ICBC banki yoki Xitoyning sanoat va tijorat banki (Shanxay fond birjasi va Gonkong fond birjasida ro'yxatga olingan) 2006-yil 20-oktyabrda ommaga chiqib, jami IPO qiymati 19,1 milliard dollarni tashkil etdi. 2007-yil 19-yanvarda ICBC kompaniyaning IPO ni 21,9 milliard dollarga ko'tarishiga imkon beradigan umumiy tanlov opsiyasidan foydalanib, dunyoda oltinchi yirik IPOga aylandi.
5.Agricultural Bank of China
AgBank China Ltd deb ham tanilgan qishloq xo'jaligi bankidir, bu barcha davrlarning beshinchi eng yirik IPO si hisoblanadi. AgBank 2010 yil 7-iyulda ommaga chiqib, 19,2 mlrd. Dollar yig'di. Alibaba singari, AgBank ham IPO hajmini 22,1 mlrd dollarga oshirdi. AgBank Xitoyning "Katta to'rtligi" banklarining a'zosidir.
4.SoftBank Corp.
SoftBank Corp shunchaki Yaponiyada eng katta IPO o'tkazish bo'yicha rekord o'rnatdi. SoftBank Group Corp telekommunikatsiya korporotsiyasi qo'shimcha aktsiyalarni sotgandan so'ng 23,5 milliard dollar yig'di va rekord darajadagi 25 milliard dollarlik 2014 Alibaba IPO ga yaqinlashdi va bu hozirgi kunga qadar toʻrtinchi o'rinni egalladi. Qimmatli qog'ozlar oʻsha patda ko'rsatilgandek, har biri 1500 iyenaga (13 dollar) baholanadi.
3.Alibaba Group Holding Ltd.
Xitoyda joylashgan ko'p tarmoqli elektron tijorat kompaniyasi Alibaba Group Holding Limited (NYSE: BABA) 2014 yil 18 sentyabrda ulkan 21,8 milliard dollarni tashkil qiladigan umumiy qiymati 25 milliard dollarga yetgan IPO oʻtkazadi. Texnologik kompaniyalar an'anaviy ravishda NASDAQ ro'yxatiga kiritilgan bo'lsalar-da, Alibaba o'zining debyuti uchun Nyu-York fond birjasini (NYSE) tanladi va IPO ni Credit Suisse underrayterligi ostida oʻtkazilib yoziladi.
2.Saudia Aramco
Oʻtgan yilning oxirida yaʻni dekabr oyida Saudiyaning neft qirol kompaniyasi oʻzining IPO sini oʻtkazdi, hamda umumiy hisobda 29,4 milliard A.Q.Sh dollarini jalb qila olib, eng koʻp mablagʻ jalb qilgan korporatsiya sifatida tarixga kiradi. Saudiya Arabistoni rasmiylari buni muvaffaqiyatli chiqish deb eʻtirof qilishdi. Lekin bu koʻzlangan 100 millarddan ancha kam summa edi. Va IPO boʻyicha eng katta mablagʻ yigʻish rekordi Saudiya kompaniyasiga uzoqqa bormadi va u roʻyxatimizdagi birinchi oʻrindagi kompaniya tomonidan zabt etildi.
1.Ant Group
Shu yilning soʻngi oylarida Shanxay va Gong Kong fond birjasida boʻlib oʻtgan IPO natijasida eng koʻp mablagʻ jalb qilish rekordi yangilandi. Alibaba ning bir qismi sifatida hamda Jek Ma tomonidan boshqarilayotgan moliyaviy texnologiyalar korporatsiyasi oʻtgan ommoaviy savdolarda 34,5 milliard AQSH dollari yigʻishga erishdi, hamda bozor kapitalizatsiyasini 313 milliard dollarga yetkazdi. Korporatsiyaning asosiy mahsuloti bu AliPay toʻlov tizimi hisoblanadi. Shu tariqa roʻyxatdagi gigant IPO larni koʻpi aynan Xitoyga tegishli ekanini koʻrishimiz mumkin.
Kompaniyalarning aksiyalarini joylashtirish bo‘yicha listing uchun to‘lovlardan tashqari fond birjalari tomonidan belgilab qo‘yilgan alohida talablar ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim. Masalan, Nyu-York fond birjasida kompaniya aksiyalarini listingdan o‘tkazish uchun oxirgi moliya yili bo‘yicha soliqlar to‘lngunga qadar daromad 2,7 million AQSH dollaridan, oxirgi ikki yil davomidagi foyda 3 million AQSH dollaridan, moddiy aktivlarning sof qiymati
18,0 million AQSH dollaridan, aksiyalar kurs qiymati 19 million AQSH dollaridan, oxirgi olti oy davomida emitent aksiyalari savdolarining o‘rtacha oylik hajmi 100 ming AQSH dollaridan kam bo‘lmasligi, shuningdek 100 ta va undan ortiq aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar soni kamida ikki mingtani tashkil etishi shart. London fond birjasi tomonidan esa kompaniyalar tijorat, moliyaviy va
boshqaruvga oid axborotlarining ochiqligi bilan birga bozor kapitalizatsiyasi 700 ming funt sterlingdan kam bo‘lmasligi, muomalaga chiqarilgan aksiyalar erkin muomalada bo‘lishi, kamida 25 foiz aksiyalar kompaniya direktorlari hisoblanmagan aksiyadorlarga tegishli bo‘lishi, birorta ham aksiyador 30 foizdan ortiq ovozga ega bo‘lmasligi talab etiladi.
Demak, har bir fond birjasida oʻziga xos majburiyatlari va badal summalari mavjud boʻlib, bu mamlakatning yaʻni fond bozorning qonunlari va talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Biz yuqorida aksiyalarni ommaviy tarzda joylashtirish yaʻni, IPO oʻtkazishni bosqichlarini va uni dunyo amaliyotidagi har xil misollari bilan tanishdik. Keyingi rejada esa, xuddi shu amaliyotning yurtimizda qay tarzda amalga oshirilishi bilan tanishib chiqamiz.
Mamlakatimizda aksiyalarni IPO tarzida joylashtirish
amaliyoti.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 268-sonli qarori bilan mamlakatimizda ham aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyalarni birlamchi ochiq joylashtirish (IPO) va aksiyalarni ikkilamchi ochiq joylashtirish (SPO) operatsiyalarni o‘tkazish tartibi belgilandi. Shuningdek bunday amaliyotlardan davlat mulkini xususiylashtirishda keng foydalanish masalasi qo‘yildi. Respublikamizda birinchi marta quyidagi aksiyadorlik jamiyatlari bo‘yicha IPO va SPO o‘tkazilishi belgilandi: “Kvarts” Aksiyadorlik jamiyati, “Qo’qon mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyati.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 268-sonli Qarori bilan IPO o‘tkazishning tavsiyaviy bosqichlari ham belgilangan bo‘lib, ular ketma-ketligi quyidagi jadvalda keltirilgan (4-jadval):
4-jadval7
I PO o’tkazish jarayonining birinchi bosqichi
5-jadval
IPO o’tkazish jarayonining ikkinchi, uchinchi hamda to’rtinchi
bosqichlari
Umuman yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aksiyalarni ochiq obuna tarzida xalqaro fond birjalarida joylashtirish, ya’ni IPO operatsiyalarining tashkiliy xususiyatlariga doir quyidagi xulosalarni alohida keltirib o‘tish mumkin:
Birinchidan, aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish nisbatan yuqori miqdordagi xarajatlarni, ko‘p vaqtni talab qilsada katta miqdordagi kapitalni ham jalb qilish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida yangidan-yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.
6-jadval8
I PO o’tkazish jarayonining beshinchi hamda oltinchi bosqichlari
Uchinchidan, potensial investorlarni jalb qilish maqsadida taqdimotlar o‘tkazish jarayonida investor faoliyati tashkil etilgan davlatda soliqqa tortish darajasini ham hisobga olish lozim. Chunki dividendlarga nisbatan soliq yuki yuqori bo‘lgan davlatlarda aksiyalar sotib olish orqali daromad ko‘rishga intilish darajasi nihoyatda past bo‘ladi.
To‘rtinchidan, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini xalqaro fond birjalariga ochiq joylashtirish amaliyotini tashkil etishda listing talablaridan biri hisoblangan dastlabki to‘lovlar va har yillik to‘lovlar darajasini hisobga olish lozim. Chunki bunday to‘lovlarning amalga oshirilishi aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligi talab etiladi.
Beshinchidan, xalqaro yetakchi fond birjalarining IPO bo‘yicha talablariga mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha aksiyadorlik kompaniyalarining ham javob bera olmasligidan kelib chiqqan holda mintaqaviy fond birjalarini rivojlantirish yoki talablari nisbatan qulayroq bo‘lgan fond birjalariga aksiyalarni joylashtirish bo‘yicha strategik moliyaviy rejalar mamlakat miqyosida qabul qilinishi va amalga oshirilishi maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.9
Yuqoridagi barcha nazariyalarni, ya’ni aksiyalarni qanday o’tishi bosqichlari, uni sotib olish, sotish masalalari, fond bozoriga kirib borishidan tortib to aksiyador dividend olishigacha bo’lgan jarayonini yurtimizdan “Kvarts” aksiyadorlik jamiyati hamda jahondan Saudiya Arabistonining “Saudia Aramco” korporatsiyasi IPO o’tkazilish jarayoni hamda tahlili bilan keltirilgan ilovada amaliy jihatdan ko’rib chiqamiz. (1-ilovaga qarang)
Xulosa
Xulosa o’rnida ta’kidlab o’tish joizki, so’ngi 3 yilda o’tkazilayotgan islohotlar aynan fond bozorini rivojlantirishni, davlat ulushini kamaytirib, xususiylashtirishni oshirish masalalariga katta e’tibor berilayotgani ham aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarni IPO tarzida ommaviy joylashtirishga keng yo’l ochilayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, aksiyadorlik jamiyatlari uchun huquqiy jihatdan soddalashtirilgan tartib bo’lgani, ya’ni qonunchilikdagi o’zgarishlar hamda ularni optimizatsiya qilingani katta yutuq bo’ldi desak bejiz emas.
Kelajakda O’zbekistonda ham IPO lar sonini yanada kengaytirish hamda aksiyadorlar hajmini oshirish, Respublikada fond bozorini ulushini ko’paytish uchun birinchi navbatda quyidagilarga yanada e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo’ladi: aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, qimmatli-qog’ozlarning qanchalik daromadli ekanligini turli xil instrumetlar orqali, masalan, ommaviy axborot vositalari, roadshoular, katta treninglar orqali propaganda qilish, tezroq xususiylashtirish masalalarini yanada soddalashtirish, oddiy IPO haqida ma’lumotdan tortib to aksiya sotib undan daromad ko’rishgacha bo’lgan jarayonni raqamlashtiruvchi platforma yaratish.
Demak xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, IPO korxona uchun yuqori darajada kerakli hamda uning obro’-e’tibori, imijini oshiruvchi, professional tarzda mablag’ jalb qiluvchi instrumentdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli farmoni
“Qimmatli qog`ozlar еmissiyasi va еmissiyaviy qimmatli qog`ozlar chiqarilishlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish qoidalari” to’g’risida: Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 7-avgustda 650-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 7-maydagi 2020-08-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2000-7, 29.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y.,10/20/2000-7/0696-son)
Korporativ moliya: Darslik. Elmirzayev S. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019-yil, 364 b.
Elmirzayev S. Zamonaviy korporativ boshqaruv: Darslik / -T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 416 b.
Korporativ boshqaruv: O’quv-uslubiy majmua. Yusupov I.I, Matyusupov B. – T.: Urganch davlat universiteti, “Iqtisodiyot” kafedrasi, 2019-yil., 320 b.
http://www.ey.com – Ernst & Young Global Limited
https://www.kun.uz/uz - O’zbekistondagi va dunyodagi so’ngi yagiliklar portali
https://www.statista.com – Xalqaro ma’lumotlar, statistika va tahlillar bazasi
https://www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
www.openinfo.uz – Korporativaxborotlar yagona portal
https://cmda.gov.uz/ - Kapital bozorni rivojlantirish agentligi rasmiy veb-sayti
https://www.kvarts.uz – Kvarts aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb sahifasi
https://www.norma.uz/ - O’zbekistondagi barcha qonunlar va hujjatlar portali
https://www.coursehero.com/ - Ilmiy va kutubxona portali
Do'stlaringiz bilan baham: |