Toshkent moliya instituti iqtisodioyot fakulteti menejment yo



Download 115,96 Kb.
bet1/2
Sana13.06.2022
Hajmi115,96 Kb.
#663258
  1   2
Bog'liq
Pul va Banklar TA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIOYOT FAKULTETI
MENEJMENT YO’NALISHI


PUL VA BANKLAR FANIDAN
MUSTAQIL ISH


Mavzu: Tijorat banklarining masofaviy xizmatlari

Bajardi:Turdimuhammadov Abror


Mavzu: Tijorat banklarining masofaviy xizmatlari



Masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish turli bank operatsiyalarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya.
Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.
Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning xarakteriga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin:
- informatsion;
- tranzaksion.
Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o‘rtasida turli axborotlarning masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta’minlanadi.
Respublikamizda soʻnggi yillarda bank tizimini rivojlantirish, ayniqsa, sohaga zamonaviy IT-texnologiyalarni keng joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish qaratilgan konstruktiv choralar koʻrilmoqda. Bu boradagi jarayonlar joriy yildan boshlab yana-da tezlashtirildi. Bu bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼkidlab oʻtganidek, "Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qoʻllash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy taʼminotlar boʻyicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolmoqda.
2020-yildan boshlab har bir bankda keng koʻlamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida eʼtiborimiz markazida boʻladi".
Xususan, oʻtayotgan yilda bank tizimida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Oʻz navbatida banklarning xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi yoʻlida, masalan, Milliy bank va Ipoteka bank oʻz yevrobondlarini chiqarish ustida ish olib bormoqda.
Zero, davlatimiz rahbari aytib oʻtganidek, “Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga oʻrgatishdan iborat”.
Bu yoʻlda banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ularning dasturiy taʼminotini tubdan yangilash, “kredit tarixi” axborot tizimini toʻliq ishga tushirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, izchil amalga oshirilyapti. Yurtimizda banklarning masofaviy xizmatlarini koʻrsatish sifati va koʻlamini kengaytirishda Prezidentimizning 2018-yil 9-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni dasturilamalda toʻlov tizimini yana-da rivojlantirish, shu jumladan, masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanish hamda yangi texnologiyalardan foydalanish asosiy vazifa etib belgilandi. 
Oʻzbekiston Respublikasi bank-moliya tizimida soʻnggi yillarda aynan shunday zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash sohada birmuncha qulaylik va yangiliklar yaratayotgani shundan dalolat beradi.
Jumladan, yurtimizda mijozlarga taklif etilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan “Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “SMS-banking” hamda “Mobil-banking” shakllari mijozlar tomonidan keng foydalanilmoqda. Sababi, ularning barchasi har ikkala tomonning oʻzaro manfaatli sheriklik asosida faoliyat yuritishida qoʻl kelmoqda.
Tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni soʻnggi 7 yil ichida salkam 83 barobarga oshgan. Yaʼni 2011-yil 1-yanvar holatiga koʻra 24 545 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2017-yil 1-yanvarga kelib bu koʻrsatkich 2 042 111 nafarga yetgan. 
Shuningdek, internet tarmogʻidan foydalanayotgan aholi soni ham keskin koʻpaymoqda. Bu esa masofaviy xizmatlar koʻrsatish tizimi zimmasiga yana-da katta vazifalar yuklaydi.
Binobarin, xalqaro standartlarni qoʻllagan holda texnologik platformani modernizatsiyalash natijasida plastik karta egalariga elektron tijorat SMS-xabarnomalari, pul oʻtkazmalari va shu kabi boshqa zamonaviy xizmat turlarini joriy etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, texnologik platforma mobil aloqa yoki internet mavjud boʻlgan har qanday joyda plastik kartochka boʻyicha tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimining qoʻllanish doirasi kengayib boryapti, tadbirkorlar oʻrtasida keng ommalashib, tijorat banklari tomonidan koʻrsatilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni birgina 2017-yilning oʻziga kelib 2 milliondan oshib ketdi. Vaholonki, bu koʻrsatkich 2011-yilda 25 ming nafarga ham yetmasdi. Joriy yilda esa foydalanuvchilar soni keskin koʻpaydi(bu boʻyicha aniq statistikani topishning imkoni boʻlmadi).
Masofaviy bank xizmatlari ulardan foydalanadigan mijozlarning huquqiy maqomiga koʻra, yuridik va jismoniy shaxslarga moʻljallangan masofaviy bank xizmatlariga tavsiflanishi mumkin.
Hozirda yuridik shaxslarga “Korporativ internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi zamonaviy xizmatlar koʻrsatilmoqda.
Yuridik shaxslar uchun “Internet banking” xizmati koʻlamini kengaytirish ham doimiy eʼtiborda turibdi.
Banklarning amalga kiritilgan tariflariga muvofiq, “Korporotiv internet banking” xizmatiga ulanish hamda “e-key” xavfsizlik kalitlarini taqdim etish bepul. Oylik abonent toʻlovi esa eng kam ish haqining 20 foiz miqdorida belgilangan. 
Masalan, bu borada ATB “Qishloq qurilish bank” ni olib koʻraylik. 2018-yilning 1-fevral holatiga koʻra mazkur moliya muassasasining “Korporativ internet-banking” xizmatidan foydalanuvchi mijozlar soni 2998 nafarni tashkil qilgan edi. Ularning soni yildan yilga oʻsib boryapti. Buning afzalliklari nimada?
Gap shundaki, “Korporotiv internet-banking” xizmatidan foydalangan holda, mijozlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishi mumkin:
- Bank muassasasiga kelmagan holda, toʻlovlarni masofadan, uydan yoki ofisdan bajarish;
- Mijozga zarur boʻlgan kunlik, oylik va yillik hisobotlarni (htms, xls) chiqarish hamda chop etish;
- Koʻp foydalanadigan maʼlumotlar, sana, valyutalar kursi va bank amaliyot kuni va tizimi maʼlumotlarini onlayn kuzatib borish;
- Toʻlov topshiriqnomalarining saqlangan tayyor shablonlaridan foydalanib, toʻlovlarni tezkor ravishda bajarish;
Shu bilan bir qatorda, “Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” xizmatlari yuqori oʻsishga ega boʻlib, 2011-yildan 95-martaga oshib, 2017-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, “Bank-mijoz”, “Internet-banking” xizmatidan foydalanuvchilar soni 135,629 mingtani tashkil etadi. 2011-yilda bu koʻrsatkich 1,424 mingtani tashkil etgan edi.
Yuridik shaxslar uchun “SMS-xabarnoma” xizmati uchun tarif miqdorlari “Toʻliq xizmat”, “Qoldiq xizmat” kabi turlarga tabaqalashtirilgan boʻlib, oylik abonent toʻlov mos ravishda eng kam oylik ish haqining 15, 10 va 5 foiz miqdorida belgilangan.
Bundan tashqari, "Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi toʻlov tizimlari faoliyatlari tashkil etilgan va ular koʻmagida uyali aloqa operatorlari, kommunal toʻlovlar, internet provayderlar xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish, savdo-servis korxonalariga pul mablagʻlarini oʻtkazish bevosita bank hisobidan internet-magazinlardan onlayn xaridlarni amalga oshirish hamda kartadan-kartaga mablagʻ oʻtkazish imkoniyatlari yaratildi. Aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh mablagʻlarini bank sektoriga jalb etish hamda bank daromadliligini oshirish va xizmat turlarini koʻpaytirish maqsadida mamlakatimiz banklarida “Internet-banking”, “Bank mijoz”, “SMS-Banking” va “Mobil-banking”, ular uchun moʻljallangan “Click”, “MBANK”, “UzCard”, “UPAY”, “Payme” ilovalari yana-da rivojlantirilmoqda.
Bularning barchasi mijozlar bank uchun emas, balki bank mijozlar uchun tamoyilini masofadan turib ham taʼminlashda katta ahamiyat kasb etadi. Elimizning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilish esa eng asosiy vazifadir. Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.

Download 115,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish