242
Shu bilan birga shahar muhitini etnomadaniy belgilarsiz tasavvur etish ham yuqoridagi izlanishlarda ko‘zga
tashlanadi. SHaharni badiiy-estetik bezatishda o‘ziga xoslik, betakrorlik, etnomadaniy an’analarga
muvofiqlikni izlash emas, balki nasl- nasabsiz, milliy belgisiz «sotsialistik shaxs» va «sotsialistik san’at»
yaratishga intilish ustun turadi.
SHubhasiz, yuqoridagi uchta fundamental ahamiyatga ega talab shahar dizayni haqida tasavvurlar uyg‘otdi,
shahar-inson aloqalarini badiiy-estetik mohiyat bilan boyitishga etakladi. Toshkentda Kamoliddin Behzod
nomidagi milliy rassomchilik va dizayn institutining ochilishi O‘zbekistonda dizayn san’atini alohida ilm-
fan, ijodiy faoliyat sifatida o‘rganish imkonini berdi.
Respublikamizda dizayn haqidagi qarashlar endi shakllanmoqda, «shahar dizayni» tushunchasi ham endi
qo‘llanilmoqda. Bu borada olib borayotgan ilmiy izlanishlarimiz bizni quyidagi fikrlarni bildirishga
undaydi.
Shahar dizayni shaharsozlik, arxitektura, shahar infrastrukturasi va landshaftining tarkibiy kismi sifatida
qaralishi, quriladigan har bir inshoot, shakllantiriladigan infrastruktura esa badiiy-estetik mohiyatga
betakror, rang-barang, qiziqarli ko‘rinishiga ega bo‘lishi lozim. Buning, uchun shaharsozlar, arxitektorlar
dizaynerlar bilan ijodiy hamkorlik o‘rnatishi darkor.
Shahar dizayni rang-barang sohalar bilan bog‘liq ijodiy faoliyat turidir. U arxitektura, yo‘l transporti, savdo-
sotiq, madaniy- maishiy xizmatlar uyushtirish, kommunikatsiya, mebelshunoslik, ijtimoiy boshqarish va
tabiiy ravishda, san’atning barcha janrlarini, turlarini bilishni talab etadi. Shuning uchun «SHahar dizayni»
kursini ishlab chiqish va mutaxassislar tayyorlash jarayoniga joriy etish maqsadga muvofiqdir. Shahar
dizayni atrof-muhitga shahar dizayn inson triadasi sifatida yondashishga undaydi. Mazkur konsepsiya
markazida shahar va inson manfaatlarini o‘zining ijodiy faoliyatida uyg‘unlashtiruvchi mutaxassis –
dizayner turadi. Aynan ushbu mutaxassis insonda ijtimoiy muhitdan, undagi badiiy-estetik va etnomadaniy
qadriyatlardan to‘la qoniqish hissini uyg‘otadi, o‘z shahrini sevib, uni yanada go‘zal qilib, yaratib yashashga
undaydi.SHahar dizaynida zamonaviy, g‘arbona va an’anaviy, sharqona san’at janrlarini, turlarini
uyg‘unlashtirish imkoni kattadir. Ushbu janrlarni, turlarni sintezlashtirish mutaxassisni erkin, keng
izlanishlarga undaydi va uning asarlarini ommalashtiradi, hayotiy qiladi. Demak, shahar dizayni badiiy-
estetik ijodni ijtimoiy hayotga, amaliyotga yaqinlashtiradi, izlanishlarga pragmatik yo‘nalish beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |